Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Didaktik maqsad nutqiy aloqa taktikasining axborotni berish ko‘rinishi



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə168/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   182
to\'plam tayyor

Didaktik maqsad nutqiy aloqa taktikasining axborotni berish ko‘rinishi
Ergasheva Nigora Kurbanovna, Far.DU

This article speaks about communicative-speaking tactics. The tactic of the speech-communication strategy to correct the concept of the universe is to formulate the worldview. An "extended response" plan is used for didactic purposes, proving the student's questions, and using evidence. Thus, the message given by the recipient is convinced that the information is correct.


В этой статье рассказывается об коммуникативно-говорящей тактике. Тактика стратегии речевого общения для исправления концепции Вселенной состоит в том, чтобы сформулировать мировоззрение. План «расширенного ответа» используется для дидактических целей, проверки вопросов учащегося и использования доказательств. Таким образом, сообщение, данное получателем, убеждено в правильности информации.

Didaktik maqsad nutqiy aloqa taktikasining axborotni berish ko‘rinishi o‘qituvchining yangi o‘quv materialini tushuntirish paytida amalga oshiriladi. Bunda ishning samaradorligini adresatga xabar berish, ma’lumotni yetkazish, anglash kuchiga mos ravishda uzatish belgilaydi. Axborotni uzatish taktikasida aloqaning axborotli, qaydli shakllari ikki aloqa yo‘nalishida axborot yetkazish va dalillash vazifasini bajaradi: axborot haqida xabar berish(1) va axborot manbasi haqida xabar(2).


Nutqiy-aloqa strategiyasining olam haqidagi tushunchalarini to‘g‘rilash taktikasi dunyoqarashni shakllantirishni maqsad qilib olgan. Didaktik maqsadda o‘quvchining savollariga isbot, dalillar kabilarni qo‘llash orqali “kengaytirilgan javob” rejasi ishlatiladi. Shu tariqa adresantni berilayotgan xabar, axborotlarning rost ekanligiga ishontiriladi. Taktikada aloqa aktlari miqdori ishlatiladi va axborotlashtirish va dalillash paytida: dunyoqarashni ifodalash jarayonida umumiy subyektiv pozitsiyani tasdiqlash(1) yoki rad etish(2)da amalda sinab ko‘riladi. Masalan, (1) Strategiyani birinchi taktika orqali amalga oshirish uchun biz aniqlagan holatni keltirish mumkin: o‘quvchi oldidagi partada o‘tirgan qizning sochidan tortib, uning jahlini chiqaradi. Qizning yonida o‘tirgan o‘quvchi bola birdan o‘giriladi-da: “Kallavaram, nima qilyapsan?!” deya qichqirganicha darslik bilan orqadagi o‘quvchining boshiga tushiradi. Keyin o‘qituvchining gapini eshitadi: “Ali, sening ishing menga ma’qul, qizlarni xafa qilish yaxshi emas, ammo darslik bunaqa ishlarga yaratilmagan. Umuman olganda sen o‘zingni haqiqiy erkakdek tutding, bu Toxirga saboq bo‘lsin!”.
Didaktik ma’noda tushunishni nazorat qilish kommunikativ-nutqiy taktikasi o‘rganilganni umumlashtirishda amalga oshiriladi va adresatning, o‘quv materiali o‘quvchilar tomonidan qay darajada muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganligi, to‘g‘ri qayd qilingani va adekvat qabul qilinganini aniqlash niyati bilan intensional o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Bu taktika kommunikativ akt-konstativlar va deklarativlarni qo‘llaydi va manipulyatsiyalovchi hamda xabar beruvchi diskurslarda ikki asosiy taktik kommunikativ yo‘lda amalga oshiriladi: tushunmaslikka ko‘rsatish(1) va ma’lumotga aniqlik kiritish(2).
Tashabbusni nazorat qilish kommunikativ-nutqiy taktikasi didaktik dialog doirasida amalga oshiriladi, kommunikativ vaziyatda adresatni so‘zlayotganning yetakchi rolini saqlab qolish niyati bilan intensional bog‘liq bo‘ladi va koordinator(o‘qituvchi) tomonidan uning davom etishiga ta’sir ko‘rsatish uchun kommunikatsiya ishtirokchilari orasida “nutq huquqiga” ma’lum bir tartibga o‘tishini ko‘zlaydi. Pedagogning dars davomida dialogga maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsata olishi aniq-ravshan bo‘lib, didaktik kommunikatsiyaning aksariyat ishtirokchilari(o‘quvchilar) buni intuitiv xis qiladilar. Tashabbusni nazorat qilish taktikasi kommunikativ akt-regulyativlardan foydalanadi va mustahkamlovchi va manipulyatsiyalovchi diskurslarda, to‘qqizta asosiy kommunikativ yurishlarda amalga oshiriladi: tashabbusni uzatish, tashabbusni majburan qabul qildirish, tashabbusni saqlab qolmoq, tashabbusga erishmoq, tashabbusni qo‘lga olmoq, , tashabbusni tutib qolmoq, tashabbusni rag‘batlantirmoq, tashabbusdan bosh tortmoq, suhbatni tugatish. Mavzuni nazorat qilish kommunikativ-nutqiy taktikasi ham didaktik dialog doirasida amalga oshiriladi, diskursning ma’lum bir qismida( “tematik gomogenli”) adresatni so‘zlayotganning yetakchi rolini saqlab qolish niyati bilan intensional bog‘liq bo‘ladi. Bu taktikada kommunikativ akt-regulyatorlar va savol-javob birligi qo‘llaniladi hamda mustahkamlovchi, manipulyatsiyalovchi va evristik diskurslarda, ikki asosiy taktik kommuniktiv yurishlarda amalga oshiriladi: istalayotgan mavzuga “yo‘naltirish” (1) va majburan qabul qildirilgan mavzudan bosh tortish(2).
Faoliyatni nazorat qilish kommunikativ-nutqiy taktikasi darsda o‘rganilgan o‘quv materialini mustahkamlash, mashqlar bajarish, laboratoriya ishlari, masalalarni yechish va h.k. jarayonlarida amalga oshirilib, adresatni keng ekstrakommunikativ kontekstda “amaliy” kommunikatsiyaning kechishini boshqarishi bilan intensional bog‘liq bo‘ladi. Bu taktika kommunikativ akt-regulyatorlar va informativlardan foydalanadi hamda volyuntativ va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi(instruktiv) diskurslarda ikki asosiy taktik yurishlarda amalga oshiriladi: harakatni bajarishni talab qilish(1) va harakatni bajarishni ta’qiqlash(2)
Umuman olganda, ta’lim jarayonida aloqadan o‘zni olib qochish, o‘qituvchi uchun xos emas: u baribir o‘quvchilarning faoliyati va fikrlariga javob qaytarishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Demyankov V.Z. Kognitivnaya lingvistika kak raznovidnost interpretuyushego podxoda.M.,1994.
2. Safarov Sh.S . Kognitiv tilshunoslik. Jizzax, 2006
3. Whitney W. V. Language and the study of language, London,pp170-174. 2008

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə