Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

Soliqlarning o'ziga xos 

, . 
T . 

° 
J

ning mohiyatim chuqurroq ang-
e 91 an 
lash uchun unga xos umumiy
belgilami aniqlash lozim boTadi. Masalan, kredit iqtisodiy 
kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miq- 
dorda ustama haq (foiz) toTash kabi umumiy belgilarga 
egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatim kengroq 
yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kate­
goriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu 
belgilar soliqlaming boshqa to ‘lovlardan farqlash uchun 
xizmat qiladi.
Soliqlaming belgilari borasida iqtisodchi olimlar tom o­
nidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. 
Q.Yahyoyev
soliqlami umumiy belgilari sifatida quyidagilami ko‘rsatadi.
1. 
Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo Tib, bunda davlat 
soliq toTovchining bir qism daromadlarini majburiy badal 
sifatida budjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis
l l


tasdiqlab bergan Soliq kodeksining qoidalari asosida amal- 
ga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan 
davlat tom onidan kafolatlanadi.
2. Soliqlar xazinaga — davlat budjetiga tushadi. Ammo 
boshqa turdagi to ‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jam - 
g'armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi.
3. Soliqlar qat’i belgilangan va doimiy harakatda 
boTadi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda boTgan soliqlar 
mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha 
q at’i va uzoq yillar o ‘zgarmasdan harakat qiladi.
4. Davlatga toTangan soliq summasi to ‘lovchining o ‘zi- 
ga toTiq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul toTovidir.1
Rus iqtisodchisi 
A. Medvedev
o‘zining «Soliqlami qan- 
day rejalashtirmoq kerak?» nomli kitobida soliqlarga xos 
bo‘lgan ikki belgini, ya’ni 
majburiylik
va 
ekvivalentsizlik
kabi belgilami qayd etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliqlaming umumiy bel- 
gilarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. 
Soliq to ‘lovchi daromadining u yoki bu summasini
davlatga to ‘lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar
yoxud xizmat olmaydi.
Alohida olingan soliq to ‘lovchi 
tom onidan to’langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladi- 
gan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to ‘g‘ridan to‘g‘ri bogTiqlik 
mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra soliq 
narxdan, mxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘im- 
laridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy 
to ‘lovlar hisoblansada, biroq ham ma vaqt davlat tomonidan 
ko'rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi bilan 
bogTiqdir.
Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga oli- 
nadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o'rtasida bevosita, 
har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi 
soliq toTovchilar uchun soliqqa tortishni yuk sifatida baho- 
lashlariga sabab bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar hisobidan 
qilinadigan davlat xarajatlarining yo'nalishini m a’qullashlari 
ham mumkin.
Alohida olingan soliq toTovchi, odatda, jamiyat va 
o'zining ko‘rgan foydasi yoki manfaatini to‘lagan soliqlari 
bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqi-
1Y
ahyoyev Q.
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.: «G 'afur G'ulom», 
2000-y. 10-bet.
12


batda fiiqarolaming bir qismi soliqlar toTashdan bo‘yin 
tovlashga, o ‘z daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‘z 
fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlami samarali va oshkora 
tarzda ishlatsa ham da fuqarolaming aksariyat qismi davlat­
ning iqtisodiy ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mab- 
lagTari hisobidan pul bilan ta ’minlashga rozi boTgandagina 
yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi.
2. 
Soliqlar majburiy tojovlar hisoblanadi.
Soliqlaming 
toTiq miqdorda va o ‘z vaqtida toTanishi uchun javobgarlik 
soliq toTovchilar zimmasiga yuklangan boTsada, ular ix- 
tiyoriy emas, majburiy ravishda toTaydilar, davlat soliq 
toTashdan bo‘yin tovlaganlami qonunchilikda belgilangan 
tartibda jazolaydi.
3. 
Davlat foydasiga soliq to ‘lash orqali daromadning
awaldan belgilab qo ‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda
k o ‘zda tutilgan qismi undirib olinadi.
Ko‘pgina davlatlarda, 
shu jumladan, 0 ‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlami 
belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat qonun 
chiqamvchi hokimiyat yoki uning tom onidan vakolat beril- 
gan davlat organlari haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yil- 
gan. 0 ‘zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash 
yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kim haqli emas. 
ToTovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega 
boTishi soliqlaming bosh tavsifi hisoblanadi.
4. 
Soliqlaming yana bir belgisi ularning davlat yoki
mahalliy budjetga kelib tushishidir,
ya’ni soliqlar budjetdan 
tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlaiga kelib tush- 
maydi.
5. 
Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida
davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o ‘rtasida mulkchi-
likni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir.
Soddaroq qilib aytganda, korxonalar va aholidan olinadigan 
soliqlar, aslida ular mulkining m a’lum bir qismini davlat 
hisobiga o ‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarga tegishli boTgan mulk daromad shaklida 
majburiy toTov boTib, davlat mulkiga aylanadi.
Yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos boTgan umumiy 
belgilar ularning iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qila­
di. Shu o‘rinda soliqlaming umumiy belgilarini toTiqroq va 
aniqroq, batafsil yoritishi mumkin boTgan, har qanday iqti­
sodiy vaziyatlarda o ‘zgarmaydigan optimal umumiy belgi­
larini yaratish muammosi hal etilishi lozimdir.
13


Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: 
moliya, kredit, sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy 
o ‘xshashlikka ega, ya’ni ulaming barchasi pulli munosabat- 
lam i ifodalaydi. Lekin soliqlaming o ‘ziga xos yuqorida 
qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlami 
boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat 
qiladi.
0 ‘z -o ‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Soliqlam ing iqtisodiy mohiyati de ga nd a nimani tushunasiz?
2. Iqtisodchi olimlar tom onidan soliqlarga berilgan tariflarni 
o'zig a xos jihatlarini tushuntirib bering.
3. Soliqlam ing obyektiv zarurligi nim alarda ko’rinadi?
4. Soliqla m ing boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi nim alar- 
dan iborat?
5. A da m Sm it o'zining qaysi asarida ilk bo r soliqlam ing tam oyil- 
larini asoslab be rgan?
6. O . O lim jonov soliqlarga qan day ta ’rif bergan?
7. Soliqla m ing xususiyatlarini tushuntirib bering.
8. Soliqlarga oid bilimlarni olimlar tom onidan turlicha talqin eti- 
lishi sabablari nim ada?
9. Soliqlar belgilarining mohiyatini tushuntirib bering.
10. Soliqning ekvivalentsizlik belgisining mohiyatini tushuntiring.

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə