Soliqqa tortish


• 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlaming



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

• 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlaming
o‘mini belgiiovchi asosiy omillardan yana biri — hozirgi
kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromad-
larini jalb qiluvchi mukammal soliq toTovini yuzaga
keltirish.
Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tad­
birkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish 
jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini 
hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta 
korxona o‘mida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga 
asoslangan korxonalar paydo boTadi. Mukammal soliq 
mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini 
aniqlashda jiddiy xatoliklaiga yo‘1 qo‘yilishi mumkin.
19


0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik 
korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar 
o ‘miga budjetga ixchamlashtirilgan soliq toTash imkoniyati 
vujudga keldi. 0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda 
ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tad- 
birkorlar uchun davlat tomonidan ko‘rsatilgan katta yordam 
boTdi.
Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida 
ushbu rivojlanish jarayonlarini ta ’minlash maqsadiga 
bo‘ysunuvchi vazifalami bajaradi. Soliqlaming funksiyalari 
esa ana shu vazifalami bajarishga xizmat qiladi. Shunday 
ekan, soliqlaming funksiyalari va vazifalari o ‘rtasidagi aniq 
farqli jihatlami o ‘rganish va soliq munosabatlarini tashkil 
etish mobaynida bu chegaralami asoslashni qayd etib o'tish 
lozim.
Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlar- 
ning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega. 
Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilami kiri- 
tish mumkin:

Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga
zaruriy moliyaviy resurslar ta ’minlab berish.
Soliqlaming 
fiskal funksiyasi ushbii vazifani hal qilish maqsadlariga xiz­
mat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga 
qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bogTiq. Bu ko'rsat- 
kich qanchalik yuqori boTsa, soliqlaming fiskal funksiyasi 
shunchalik faol boTadi. Ammo soliqlaming ushbu vazifasi 
faqat iqtisodiy jarayonlami qamrab olmaydi, balki davlat­
ning noishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham 
davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini 
keltirib chiqaradi.

Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini
yaratishga ko ‘maklashish.
0 ‘zbekiston Respublikasida soliq­
laming ushbu vazifasi ni bajarishi o ‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda 
sarmoyalaming asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga 
yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi 
foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sar- 
moyalami bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga 
yo‘naltirishning qudratli vositasi boTishi kerak.

Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish.
Soliqlar 
deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi.
20


Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim 
vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stav- 
kalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasay- 
tirish ishchi kuchining taklifi bilan bogTiq salbiy oqibatlar- 
ning oldini olishi mumkin. 70—80-yillarda Shvetsiyada 
soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda 
qoTlash malakali ishchilaming boshqa mamlakatlar tomon 
migratsiyasiga olib kelgan.

Iqtisodiy o ‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromad­
lami taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari
o ‘rtasidagi muvofiqlikka erishish.
Amaldagi soliqlarga bar- 
qarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi 
soliqlaming uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga 
zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yil- 
malarini amalga oshirar ekan, ular o'zlarining soliq 
majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari 
barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan boTishi kerak. Soliqqa 
tortish tizimida mustahkam ishonch boTmagan taqdirda 
uzoq muddatli investitsiyalaming harakati susayadi.
Soliqlaming budjetga ijobiy ta ’siridan tashqari, muhim 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan 
faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, 
tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh 
qilinishi yangi paydo boTgan tijorat strukturalarini 
moliyaviy jihatdan qoTlab-quwatlash zaruriyatini yuzaga 
keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo‘h 
orqali hal etish mumkin.
Shunday qilib, soliqlaming vazifalari ulami amalga 
oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o ‘rta va uzoq 
muddatli vazifalarga boTinadi. Bu vazifalar mazmuniga 
ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budje- 
tining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlami qondirishga, balki 
davlat daromadlarini budjetning o‘rta muddatli rejada 
hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini 
amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.
0 ‘z -o ‘zini nazorat qilish uchun savollar
1. Soliqlam ing qanday funksiyalari mavjud?
2. Soliqlam ing funksiyalari va vazifalarini farqlab bering.
3. Soliqlaming fiskal funksiyasini tushuntirib bering.
4. Soliqlaming tartibga soluvchilik funksiyasini tushuntirib b e ­
ring.
5. Soliqlam ing rag'batlantiruvchi funksiyasini tushuntirib bering.
21


6. Soliqla m ing nazorat funksiyasini tushuntirib bering.
7. Soliqla m ing axborot bilan ta'm inlash funksiyasini tushuntirib 
bering.
8. Soliqla m ing o'rnini belgilovchi asosiy omillarni ko'rsatib 
o ‘ting.
9. A g ra r sektordagi islohotlami muvaffaqiyatli am alga oshirishda 
soliqlam ing o ‘rni qanday?
10. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi kichik biznes 
subyektlarini rivojlantirishda soliqlam ing o ‘rni qan day aham iyatga 
ega?

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə