Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

1.3. SOLIQ ELEMENTLARI
Soliq elem entlari haqida gap 
Soliqqa tortish tizimi va 


, t •
 

. . .
uning elementlari 
borganda ko pm cha adabiyotlar-
da soliqqa tortish tizimi haqida 
so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda soliqqa tortish tizimi soliq ti- 
zimiga nisbatan tor tushuncha boTib, aslida soliq tizimi 
tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha 
munosabatlami qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa 
soliqlami undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabat­
lam i o ‘z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi 
qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yoTi bilan 
belgilangan hamda ijro hokimiyati tom onidan soliqlami 
tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasi- 
dan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand 
o ‘zgarmas boTib ko‘rinsada, uning shakl-shamoyili va 
yo‘nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaver- 
sa, soliq siyosatining mazmuniga bogTiq boTatJiJ Chunki
soliqqa tortish tizimi o ‘z ichiga tarkiban soliq elementlari, 
soliqlami tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu 
elementlaming qay darajada talqin etilishi esa bevosita 
davlat siyosati yo‘nalishiga bogTiq“. Masalan, soliq element- 
lariga kimvchi soliq stavkasining qaysi turlarini ko'proq 
amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, soliqlami 
undirishning qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish 
asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bogTiq. 
Binobarin, shu m a’noda xuddi soliqlami vazifalari kabi 
soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o‘ziga xos tarz- 
da amal qilishi va tashkil etilishi mumkin.
^ 'D e m ak , davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning 
maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlami tashkil
22


etish usuUari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa 
tortish tizimi deb ataladi.
Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan 
soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan 
tushunchalar boTib, ular soliq toTovchilar va davlat bud- 
jeti o'rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon 
boTadi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlami to‘liq va 
teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklami har bir 
kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlana- 
di. Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqti­
sodiy hodisalami izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushun- 
chadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizi­
mining muhim tarkibiy qismi boTib, uning o‘zi ham kichik 
tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha 
iqtisodiy kategoriyalami yaxlit holdagi harakatini bildiradi.
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat 
boTib, ular tarkiban: 
soliq subyekti, soliq obyekti, soliq pred-
meti, soliq manbayi, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq
imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to ‘lash muddatlari, soliq
yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari
kabi tushunchalam i qamrab oladi. Quyida soliq elementla- 
rining har biriga qisqacha to ‘xtalib o ‘tamiz.
tSoliq subyekti —
soliq toTash majburiyati yuklangan 
yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda 
soliq subyekti — bu soliqqa oid munosabatlami tashkil 
etuvchi tom onlaming o ‘zaro majmuasi boTib, unda bir 
tom ondan soliq toTovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar), 
boshqa tom ondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq 
xizmati organlari — Davlat soliq qo‘mitasi, soliq boshqar- 
malari, tum an va shahar davlat soliq inspeksiyalari qat- 
nashadi. 0 ‘z faoliyatida barcha yuridik va jismoniy shaxslar 
soliq subyekti sifatida namoyon boTmaydi. Chunki, bu 
yerda soliqlardan batamom ozod etiluvchi yuridik va jis­
moniy shaxslar mavjudki, ular soliq subyekti sifatida soliq 
munosabatlarida ishtirok etmaydilar.

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə