Soliqqa tortish


SOLIQQA TORTISH TAMOYILLARI



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

1.4. SOLIQQA TORTISH TAMOYILLARI
Soliqlaming funksiyasini o ‘rganish ulaming iqtisodiyot- 
dagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq 
munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish
uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Ko‘p- 
lab iqtisodchilar soliqqa tortish iqtisodiyotning ravnaqiga 
olib kelishi m umkin boTgan tamoyillami qayd etishgan.
Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar 
boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk 
bor asoslab bergan:
1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda 
o ‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromad- 
lariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.
2. H ar bir odam toTaydigan soliq aniq belgilab qo‘yil- 
gan boTishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq 
miqdori, toTanadigan vaqti va tartibi uni toTovchiga ham, 
boshqa har qanday odamga ham birday aniq va m a’lum 
boTishi zarur.
3. H ar bir soliq toTovchiga har jihatdan qulay boTgan 
vaqtda va tartibda undirilishi kerak.
4. H ar bir soliq shunday tarzda o ‘matilishi kerakki, 
bunda soliq toTovchining hamyonidan ketadigan pul davlat 
budjetiga kelib tushadigan m ablag‘ga nisbatan ortiq 
boTishiga mumkin qadar yo‘1 qo‘yilmasin.
Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish sa- 
marali tizimining quyidagi tamoyillarini ta ’riflab o ‘tish 
mumkin:
44


Soliqqa tortishning 
Soliqqa tortishning yetarlilik ta-
yetarlilik tamoyili 
moyüiga muvofiq soliqqa tortish
darajasi shunday boTishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq 
xo‘jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa 
tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobili- 
yati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish 
uchun zarur boTgan moliya resurslari to ‘planishini ta ’m in- 
lashi lozim. Shuni ham ta ’kidlab o ‘tish lozimki, soliq 
stavkalari soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki 
soliq toTovchi soliq toTar ekan, davlat tom onidan bepul 
xizmatlardan bahramand boTgani holda ayni chog‘da o ‘zi- 
ning ba’zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat um u­
miy foydalanish yoTlarining holati yaxshi saqlanishini 
ta ’minlash bilan soliq toTovchining transport xarajatlarini 
kamaytiradi, bepul maorif, sogTiqni saqlashni ta ’minlash 
bilan yollanma xodimlaming xarajatlarini qisqartiradi, 
demak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytiigan boTadi. 
Shunday qilib, toTangan soliqlaming faqat xizmatlar ko‘ri- 
nishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki ko‘rsat- 
kichi hisoblanadi. U m um an olganda, yetarlilik tamoyili 
soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilin­
gan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qat’i ravishda uyg‘un- 
lashtirishni taqozo etadi.

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə