Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

Soliqlarm undirish 
J
,
usullari 
dinshnmg uchta usuli mavjud:
1. 
Kadastrli.
2. 
Daromad manbayidan.
3. 
Daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklarat-
siya boÿicha).
Birinchi usul bevosita real soliqlami hisoblash uchun 
foydalaniladigan obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)- 
ning bahosi va o‘rtacha daromadliligi to ‘g‘risidagi m a’- 
lumotlarga ega boTgan kadastr yoki reyestrdan foydalani- 
lishini taqozo etadi.
Yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xilda- 
gi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va 
boshqa belgilariga ko‘ra gumhlanadi. Har bir guruh uchun 
maydon birligining qator yillar uchun o‘rtacha daromadlili­
gi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon 
birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga 
tenglashtiriladi.
Soliqni toTashning kadastrli usulining o ‘ziga xos xusu- 
siyati sifatida shuni ajratib ko‘rsatish kerakki, soliqning 
toTanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bogTiq 
boTmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin 
qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baho- 
lanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarida 
yer soligT stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar 
ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy 
baholash qiymati bo‘yicha kompleks tarzda baholash asos 
qilib olingan.
42


Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan 
o‘rtacha daromadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jid- 
diy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko‘p 
jihatdan tarixiylik tusiga ega boTishi mumkinki, undan soliq 
tizimi uncha rivojlanmagan holatda qo‘llaniladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida yer soligT kadastrli usulda 
undiriladi. Bunda yerlaming unumdorligi (boniteti) hisob- 
ga olingan holdagi yer soligT stavkalari 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Prezidenti qarori asosida har yili yangidan tas- 
diqlanadi.
Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni 
toTaydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi. 
Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan daromad 
soligT shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning 
daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni 
toTashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgal- 
teriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq 
hisob-kitob qilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok 
etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha fiskal agent yoki soliq 
agenti sifatida qaraladi.
Soliqning daromad manbayida toTanishi shuni angla- 
tadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo‘yicha toTashdagi singari 
soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki 
uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga toTovni amalga 
oshiradigan fiskal agentlar toTov manbalari (korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar)da 
hisoblaydilar va ushlab qoladilar.
Uchinchi usul soliq toTovchilaming soliq idoralariga 
deklaratsiyalami, ya’ni ulaming olgan daromadlari va o‘z- 
lariga tegishli boTgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy ba- 
yonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq dekla- 
ratsiyasi va amaldagi sohqqa tortish stavkalari asosida 
toTanishi lozim boTgan soliq miqdorini nazorat qiladilar. 
Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyati- 
dan, dehqon (fermer) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan 
daromadlar, shuningdek, intellektual faoliyat bilan shu- 
g‘ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san’at asarlarining 
mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namu- 
nalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tor- 
tiladi.
43


1. Soliq elementlari tarkibiga nimalar kiradi?
2. Soliq obyekti nima?
3. Soliq agenti de g a nd a kimlarni tushunasiz?
4. Soliq stavkalari nima va u qanday turlarga bo 'linadi?
5. Proporsional soliq stavkalariga m isollar keltiring.
6. Progressiv soliq stavkalariga qaysi soliq turlarini kiritish m u m ­
kin?
7. Soliq imtiyozlari qa n da y turlarga bo'linadi?
8. Soliq imtiyozlari q a n day m ezonlar asosida belgilanadi?
9. Soliq undirishning qa n day usullari m avjud?
10. Soliqlam i kadastrli undirishning o'zig a xos q an day xususiy- 
atlari m avjud?
0 ‘z -o ‘zini nazorat qilish uchun savollar

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə