Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

Yahyoyev Q.
Soliq. T.: «Mehnat», 1997-y. 20-bet.
2 0 ‘sha joyda.

Gataulin Sh.
Soliqlar va soliqqa tortish. T.: 1996-y. 74-bet.

Malikov T.
Soliqqa tortishning dolzarb masalalari. T.: 2000-y. 76-bet.
36


Soliqlaming va ular bo‘yicha beriladigan imtiyozlaming 
mavjudligi doimo davlat vujudga kelishi bilan bogTanib 
kelingan. Buyuk Sohibqiron Amir Temur tuzuklarida 
ta’kidlanishicha «Soliqlar davlatning iqtisodiy tayanchi va 
namoyon boTishidir».1
Agar, Temur tuzuklarida berilgan soliqqa tortish tamo- 
yillariga nazar tashlaydigan boTsak, ularning asosini ham 
soliqqa tortishda beriladigan imtiyozlar egallaydi. Unga 
muvofiq soliq toTovchilardan soliqlami aralashli undirish 
soliq siyosatining diqqat markazida turadi. «Temur tuzuk­
larida» keltirilishicha «Kimki biron sahroni obod qilsa yoki 
poliz qilsa, yoki biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud biron xarob 
boTib yotgan yemi obod qilsa, birinchi yili undan hech 
narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan 
berganini olsinlar, uchinchi yili (esa oliq-soliq) qonun- 
qoidasiga muvofiq xiroj yig‘ilsin».2 Bundan ko'rinadiki, 
soliqlardan beriladigan imtiyozlar bevosita/davlatni (xazi- 
nani) iqtisodiy qudratiga bogTiq boTib, unda soliq im­
tiyozlari bilan budjet (xazina) daromadlarini shakllantirish- 
ning o‘zaro bogTiqligi aks ettirilgan.
Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotida soliq imtiyoz- 
larining tutgan o‘mi ingliz iqtisodchisi J. Keyns nazariyasi- 
da alohida o‘rinni egallaydi. Keynschilar tomonidan soliq 
tizimi, aniqrogT soliq imtiyozlari makroiqtisodiyot sharoiti- 
da iqtisodiyotni tartibga solishning tarkibiy elementi sifati­
da hamda davlatning tadbirkorlar manfaatiga ta ’sir etish va 
budjetning daromad qismini toTdirish borasidagi muhim 
iqtisodiy qurol sifatida qaraladi. Ikkinchi jahon urushidan 
keyin g‘arb davlatlarida neoklassik yo‘nalish, institutsio- 
nal — ijtimoiy yo‘nalish talablariga mos tarzda soliqqa tor­
tish tizimida imtiyozlar nazariyasiga ancha e’tibor berildi. 
Mazkur iqtisodiy maktablar nazariy yondashuvlaridagi tub 
farqlar boTishiga qaramay ularning vakillari umumiy tarzda 
soliq imtiyozlari orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirish va 
uni tartibga solish vositasi sifatida qaraganlar. Iqtisodiyotni 
boshqarishda soliq imtiyozlari rolini ular quyidagicha ifo- 
dalar edi: agar u yoki bu davlatning iqtisodiyoti ortiqcha 
ishlab chiqarish bilan xususiyatlanuvchi o‘sish davrini o‘ta- 
yotgan boTsa, u holda davlat soliq imtiyozlarini kamay-
1 Temur tuzuklari. T.: «Cho'lpon», 1991-y. 98-bet.
1
0 ’sha joyda.
37


tirish, ya’ni soliqlami ko‘paytirish, soliqqa tortishni ku- 
chaytirish orqali korporatsiyalar bo‘sh mablagTarini ko‘p- 
roq budjetga jalb qilish lozim, deb hisoblaganlar. Agar 
mamlakat iqtisodiyoti turg‘unlik holatini kechirayotgan 
boTsa, iqtisodiyotni jonlantirish uchun qo‘shimcha sarmoya 
jalb qilish lozim. Bunda soliq imtiyozlaridan ham keng foy­
dalanish zarurati tugTladi, degan xulosaga kelishgan. Bu 
holatda iqtisodchilar davlatga, soliq miqdorini kamaytirish, 
soliq imtiyozlarini ko‘paytirishni maslahat beradilarki, bu 
narsa budjetga qo‘shimcha mablagTar va kapital qo‘yil- 
malar uchun mablagTar tug‘ilishiga imkoniyat tug‘diradi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bosh­
qa dastaklari qatori soliq siyosati talab va taklif o‘rtasidagi 
mutanosiblikka erishish orqali iqtisodiyotda barqaror 
taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan. G‘arb iqtisodchilari 
soliq tizimining ahamiyatini davlat faoliyatini amalga 
oshirish uchun uni zarur moliyaviy mablagTar bilan ta’min- 
lash sifatida ifodalanuvchi sof fiskal vazifa bilan cheklab 
qo‘ymaydilar. Ularning soliq imtiyozlari nazariyasida 
soliqlami tartibga solish vazifasiga katta e’tibor beradilar. 
Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning 
muhim quroli sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqti­
sodiy xulq-atvoriga davlat ta’sirini ifodalaydilar. Ammo 
bunda soliq imtiyozlari asosiy vosita sifatida qaralishi keng 
nazarda tutilgan.
Soliq imtiyozlarini belgilash asosida ishlab chiqarishni 
rag‘batlantirish, chet el investitsiyalari kirib kelishini 
ta’minlash, ijtimoiy himoyalashni tashkil etish, turli 
sohalami rivojlanishiga aktiv ta’sir etish muammosi yotadi. 
Shu o‘rinda soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari xalqaro 
soliq munosabatlariga mos kelishi hamda xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarda davlatning faol ishtirok etishida mosla- 
shuvchan boTishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni tartiblash 
va boshqarish jarayonida bir qator vositalardan foydalani- 
ladiki, bunda soliq tizimining soliq stavkalari va imtiyozla­
ridan foydalanish eng samarali va oson usullardan biri 
boTib yuzaga chiqadi.
Soliq imtiyozlaridan ishlab chiqarish jarayonini bosh- 
qarishda, investitsiyalami rag‘batlantirishda va boshqalarda 
keng foydalaniladi.
38


Soliq imtiyozlari rag‘batlantirish va samarali qoTla- 
nilishiga qarab quyidagi ko‘rinishlarda ifodalanishi mum­
kin:
• soliqlardan butunlay ozod qilish;
• yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish;
• soliq toTashdan vaqtincha ozod etish;
• soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish;
• soliqdan qisman ozod qilish;
• xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish;
• eksportga imtiyozlar berish va boshqalar.
Soliq imtiyozlari vositasida iqtisodiyotni boshqarish, 
davlatni shunday faoliyati bilan bogTiqki, u takror ishlab 
chiqarish jarayonida vujudga kelgan nomutanosiblikni 
yo‘qotish uchun sharoit yaratadi. Boshqacha qilib aytgan- 
da, agar soliqlaming ba’zi tizimi ishlab chiqarishni tartibga 
solishning davlat strategiyasini aniqlasa, taktikasi soliq 
imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozlarini 
soliq subyekti, soliq obyekti, soliqlami undirish vositalari, 
muddatlari nuqtayi nazaridan bir necha guruhlarga 
(turlarga) boTish mumkin.
Soliq imtiyozlarini turli xil asoslar bo‘yicha guruhlash 
mumkin. MaTumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi- 
ni huquqiy bazasi takomillashib bormoqda. Hozirga qadar 
qabul qilingan barcha soliqqa oid qonun hujjatlariga e’tibor 
beradigan boTsak, ularning barchasiga soliq imtiyozlarini 
belgilash bo‘yicha umumiy o‘xshashliklar mavjudligiga 
guvoh boTish mumkin. Ya’ni, barcha qonun hujjatlarida 
soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda 
namoyon boTdi:
• soliqdan batamom ozod etish;
• soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish;
• soliq bazasini kamaytirish tarzida berilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida, boshqa
qonunlarda va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror- 
larida belgilangan soliq imtiyozlarini quyidagicha guruhlash 
mumkin (1.3.3-chizmaga qarang).
1.3.3-chizmadan ko‘rish mumkinki, 0 ‘zbekiston Res­
publikasi soliq qonunchiligida soliq imtiyozlarining eng 
so‘nggi turi bu soliq solish usulini tanlash huquqidir. Bu 
imtiyoz faqat Soliq Kodeksiga muvofiq berilgan boTib, 
awalgi soliq qonunchiligida bu imtiyoz ko‘zda tutilmagan 
edi. Bu imtiyoz turining mohiyati, asosan, kichik biznes
39


subyektlariga soliq solishning u yoki bu turini tanlash 
huquqi berilganligi bilan ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish sharoitida soliq tizimini 
takom illashtirib borishda, xorijiy m am lakatlarda soliq 
stavkalarining qoT lanish m exanizm idan foydalanish, 
soliqlam i toTiq va o ‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qi­
lish tajribalarini o ‘rganish maqsadga muvofiq boTadi.
•^2-J-chizma.

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə