Soliqqa tortish



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

Soliq bazasi —
soliq obyektining soliq stavkasi qoTlani- 
ladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat 
sohq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq 
stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bogTiq. 
Sohq bazasining miqdori qonunchihkda soliqqa tortilishi 
lozim boTgan soliq obyektidan ruxsat etiladigan chegir- 
malarga bogTiq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Soliq 
bazasini soliq toTovchilaming mazkur toifasiga taqdim eti­
ladigan soliq imtiyozlariga muvofiq ravishda kamaytirishga 
mxsat etiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, soliq bazasi 
soliq obyektidan katta yoki kichik boTishi mumkin. 
Masalan, soliq toTovchiga soliqdan imtiyozlar ko'zda tutil- 
gan boTsa, bunday sharoitda soliq bazasi soliq obyektidan
25


kichik, soliq obyekti qonunchilik bilan kengaytiriladigan 
boTsa undan katta boTishi mumkin.
Soliqqa tortish birligi
— bu obyektning oTchov birligi. 
Masalan, daromad yoki mol-mulk soligTda obyektning 
oTchov birligi boTib uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer 
solig‘ida oTchov birligi boTib kv. m yoki gektar hisoblana­
di.
i Soliq stavkasi —
obyektning har bir birligi uchun davlat 
tomonidan belgilab qo'yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq 
elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali dav­
lat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir 
etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital 
zarur sohalarga yo'naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin.
Soliq imtiyozlari
— soliq toTovchilarga soliqlar bo‘yicha 
turli xil yengilliklar boTib, ular vaqtinchalik va doimiy, 
toTiq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi 
mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexa- 
nizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliq bazasini hisoblash usullari.
Soliq bazasini hisob- 
lashning ikki xil usuli mavjud boTib, ular 
kassa usuli
va 
hisobga olish usullaridir.
Kassa usulida soliq toTovchida 
soliqlami toTash majburiyatlari daromad olganidan keyin 
vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan 
yoki sotishdan tushum qachon kelib tushishidan qat’i nazar 
tovarlami jo‘natilishi o‘z navbatida soliqlami toTash 
majburiyatlarini vujudga keltiradi.
Soliqqa tortish usullari
uch xil ko‘rinishda amalga oshi- 
riladi. Ular quyidagilarga: soliqqa tortishning 
kadastrli,
deklaratsiya
va 
manba oldidan soliqqa tortish
usullariga ajra- 
tiladi.
Soliqlami to‘lash muddatlari va tartiblari.
Soliq qonun- 
chiligida har bir soliq turining budjetga toTash muddatlari 
belgilangan. Soliqni toTash muddatlari deganda soliq 
toTovchilaming davlat budjeti oldida soliq majburiyatlari- 
ning bajarish muddati ifodalanadi. Soliqni toTash muddat­
lari o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega: 
avans
(bo'nak) to jovlari va haqiqiy daromad olinganidan keyingi
to ‘lovlar.
Soliqni toTash tartibida esa: soliqni yo‘naltirilganligi 
(budjetga yoki budjetdan tashqari fondlaiga), soliqni toTash
26


vositasi (milliy valuta, so‘mda yoki boshqa mamlakatlar 
milliy valutasida. 0 ‘zbekiston Respublikasi soliq qonun- 
chiligiga muvofiq soliqlar faqat milliy valuta — so‘mda 
toTanishi mumkin) hamda soliqni toTash shakllari (naqd 
pul yoki naqd pulsiz) ifodalanadi.
Soliq yuki —
soliq toTovchining muayyan vaqt 
oralig‘idagi faoliyati natijasida toTagan soliqlarining 
yigTndisini ifodalaydi. Bunda soliq toTovchilaming toTay- 
digan barcha sohqlar va soliqsiz majburiy toTovlarining 
yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq toTovchilar 
zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha 
murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq 
og‘irligi aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soüq 
toTovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki 
soliqni. toTovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)lami 
iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi 
yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir 
yilda budjetga toTangan barcha majburiy toTovlar yig‘indisi 
bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z nav- 
batida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya dara- 
jasiga, davlatning vakolatli funksiyalarni qoTlashiga, 
qolaversa, bozor munosabatlarining rivojlanishini va ijti­
moiy harakat doirasiga bevosita bogTiq boTadi.
Soliqlami yuridik va jismoniy shaxslardan undirish 
jarayonida beriladigan imtiyozlar natijasida soliq yukini 
soliq toTovchilaming biridan ikkinchisiga yuklash jarayoni 
kuzatiladi. Shu o‘rinda soliq bo‘yicha soliq toTovchilarga 
soliq yukini tartiblash yoki mantiqan aytganda me’yor- 
lashtirish muammosi yuzaga keladi.
Soliq yukini ifodalashning bir qancha ko‘rinishlari 
mavjud: makrodarajadagi soliq yuki, mezodarajadagi soliq 
yuki va mikrodarajadagi soliq yuki. Soliq yuki makrodara- 
jada ifodalanganda butun mamlakat miqyosida ifodalanib, 
asosiy ko‘rsatkich sifatida muayyan vaqt oralig'ida davlat 
budjetiga kelib tushgan soliqlar yigTndisini ana shu vaqt 
oralig‘ida yaratilgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki mil­
liy daromad (MD)ga nisbati olinadi. Mezodarajada ifo­
dalanganda alohida olingan soha, tarmoq yoki sektorga 
to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifodalansa, mikrodarajada esa 
aniq bir olingan subyektga to‘g‘ri keladigan soliq yuki ifo­
dalanadi.
27



Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə