Soliqqa tortish


)  mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

1) 
mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda
;
YF=SST-IT, bu yerda:
YF — yalpi foyda, SST — sotishdan olingan sof tu­
shum, IT — sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tan- 
narxi;
2) 
asosiy faoliyatdan olingan foyda;
AFF=YF-DX+BD-BZ, bu yerda:
AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda, DX — davr 
xarajatlari, BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daro­
madlar, BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.
3) 
umumxojalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar);
UF=AFF+MD-MX,
bunda: UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD — moliyaviy faoliyatdan daromadlar; MX — moliyaviy 
faoliyat xarajatlari;
4) 
soliq to ‘languncha olingan foyda;
STF=UF+FP-FZ,
bunda: STF — soliq toTaguncha olingan foyda; FP — 
favqulodda vaziyatdan olingan foyda; FZ — favqulodda 
vaziyatdan ko‘rilgan zarar.
Yilning sof foydasi, korxona foyda solig‘ini va undan 
keyin obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan- 
tirish soligTni toTagandan so‘ng korxonanig o‘zida qoladi.
Jami daromaddan chegirmalar. 
Soliq toTovchining 
xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida che- 
girib tashlanadi. Xarajatlar haqiqatda qaysi soliq davrida 
amalga oshirilgan boTsa, o‘sha davrda chegiriladi. Soliq 
kodeksiga ko‘ra (141-modda) xarajatlar chegiriladigan va 
chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga boTinadi.
76


Chegirib tashlanadigan xarajatlarga moddiy xarajatlar, 
mehnatga haq toTash xarajatlari, amortizatsiya xarajatlari 
hamda Soliq kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan 
boshqa xarajatlar kiradi.
Soliq solinadigan bazaga kiritiladigan, ya’ni chegiril- 
maydigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
— moddiy qimmatliklaming tabiiy kamayish normala- 
ridan ortiqcha yo'qotishlar va buzilishlar;
— xodimlarga beriladigan yoki soliq toTovchining umu- 
miy ovqatlanish ehtiyojlari uchun yordamchi xo'jaliklar 
tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
bo‘yicha narxdagi farqlar (zararlar);
— xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug'urta 
turlari bo'yicha ajratmalar bo‘yicha belgilangan normalar- 
dan ortiqcha xarajatlar;
— nodavlat Pensiya jamg‘armalariga ajratmalar;
— xo‘jalik boshqaruvi oiganini saqlab turish uchun 
ajratmalar;
— umumiy ovqatlanish korxonalari yoki boshqa chet 
tashkilotlarga joylami bepul berish xarajatlari, ushbu kor­
xonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar ko‘rsa- 
tish qiymatini toTash;
— yillik moliyaviy hisobotni bir hisobot davrida bir 
martadan ortiq auditdan o‘tkazish xarajatlari;
— soliq toTovchining faoliyatida talab etilmaydigan 
kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash xarajatlari;
— xodimlarga bepul ko'rsatiladigan kommunal xizmat­
lar, beriladigan oziq-ovqatlar, tovarlar, mahsulotlar va 
boshqa qimmatliklar yoki soliq toTovchining xodimlari 
uchun ishlar hamda xizmatlami bajarish qiymati, ularga 
bepul beriladigan uy-joy haqini toTash xarajatlari (yoki uy- 
joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompen- 
satsiyasi summalari);
— xodimlarga qo'shimcha berilgan ta’tillarga toTangan 
haq va ular yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
normalardan ortiqcha kompensatsiyalar, bundan noqulay 
va o'ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek, og‘ir va 
noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ayrim 
tarmoqlaming xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq 
belgilangan qo‘shimcha ta’tillar uchun toTangan haq mus- 
tasno;
77


— xodimlaming ovqatlanishi, yo‘1 haqi, davolanishi 
uchun, davolanish va dam olishi uchun yoTlanmalar, eks- 
kursiyalar va sayohatlar uchun, sport seksiyalari, to‘garak- 
lari, klublaridagi mashg'ulotlarga, madaniy-tomosha, jis­
moniy tarbiya va sport tadbirlariga borishi uchun, obunaga 
hamda xodimlaming shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarga 
qilingan xarajatlaming o‘mini qoplash yoki toTash va bosh­
qa shunga o‘xshash toTovlar;
— pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan 
mehnat faxriylariga bir yoTa toTanadigan nafaqalar;
— xodimlarga toTanadigan moddiy yordam (xodimning 
mehnatda jarohatlanishi yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha 
tarzda shikast yetkazilishi yoxud xodim oila a’zosining 
vafoti munosabati bilan beriladigan yoki xodimning vafoti 
munosabati bilan oila a’zolariga beriladigan moddiy yor­
dam bundan mustasno);
— ishlab chiqarishda shikastlanganlik tufayli mehnat 
layoqatini yo‘qotganlik munosabati bilan tegishli vakolatli 
organlaming qarorlarisiz haqiqatdagi ish haqigacha toTa­
nadigan toTovlar;
— ekologiya, sogTomlashtirish hamda boshqa xayriya 
jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sogTiqni saqlash, 
ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlariga, mahalliy davlat hokimiyati 
organlariga, fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari- 
ga badallar kiritish;
— ishlab chiqarish jarayoni bilan bogTiq boTmagan 
sogTiqni saqlash va dam olishni tashkil qilish tadbirlariga 
xarajatlar;
— mahsulot ishlab chiqarish bilan bogTiq boTmagan 
ishlami (xizmatlami) (shaharlar va shaharchalami obodon- 
lashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va 
boshqa turdagi ishlar) bajarishga sarflangan xarajatlar;
— atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilami joy- 
lashtirganlik qonun hujjatlarida belgilangan normalardan 
ortiqcha boTganligi uchun kompensatsiya toTovlari;
— kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazar­
da tutilgan stavkalardan ortiqcha toTov muddati o‘tgan 
hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo‘yicha foizlar;
— loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchi- 
liklami, shuningdek, obyekt yonidagi omborga tashib 
keltirilguniga qadar yuz bergan buzilishlar va deforma-


tsiyalami bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar, korroziyaga 
qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish o‘tkazish 
(asbob-uskunalami qismlarga ajratish) xarajatlari, ushbu 
xarajatlami kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun 
javobgar bo‘lgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobiga o‘mini qoplash 
mumkin boTmagan miqdordagi boshqa shunga o‘xshash 
xarajatlar;
— bayram sanalari va muhim sanalar, jamoat faoliya- 
tidagi yutuqlar munosabati bilan xodimlami rag‘batlantirish 
hisoblanadigan bir yoTa mukofotlar;
— sud chiqimlari;
— aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklar va kamomaddan 
yoki aybdor tomon hisobidan zarur summalaming o‘mini 
qoplash mumkin boTmaganda ko'rilgan zararlar;
— soliq toTovchining asosiy vositalari va boshqa mol- 
mulkining (aktivlarining) chiqib ketishidan (balansdan 
chiqarilishidan) ko‘rilgan (buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar. Quyi­
dagi zararlar bundan mustasno:
a) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida mol- 
mulkni bepul topshirishdan ko'rilgan zararlar;
b) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv 
tadbirlari tizimining texnik vositalarini bepul topshirishdan 
hamda ulardan bepul foydalanish va ularga xizmat ko‘rsa- 
tishdan ko‘rilgan zararlar;
d) 
uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalami rea- 
lizatsiya qilishdan ko'rilgan zararlar;
— xo‘jalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatla- 
rini buzganlik uchun toTangan yoki tan olingan jarimalar, 
penya hamda boshqa turdagi sanksiyalar;
— davlat ulushlarini boshqarish bo‘yicha boshqaruv- 
chi kompaniyalar, davlat ishonchli boshqaruvchilari va 
ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini hamda 
ularga mukofotlar toTash, shuningdek, kompaniyalaming 
boshqa professional boshqaruvchilariga mukofotlar toTash­
ga doir xarajatlar.
stavkalari har yili Vaziriar Mah- 
M aK ten lm tl^ar 
kamasining ; oki 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining keyingi yil uchun makroiqti- 
79
Yuridik shaxslaming fovda solisT


sodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari 
to ‘g£risidagi qarori bilan tasdiqlanad^-i
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligT stavkasi 
1998-yilda 36-foizni tashkil etgani holda 2001-yilda 26- 
foizga tushgan. 2002-yilga esa 24 foiz, 2003-yilda 20 foiz,
2004-yilda 18 foiz, 2005-yilda 15 foiz, 2006-yüda 12 foiz va 
2007-yilda 10 foiz qilib belgilangan.
Quyidagi jadval m a’lumotlarida 2009-yilda yuridik 
shaxslaming foydasiga soliq stavkalari keltirilgan.
3.1. l-jadval

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə