Soliqqa tortish


Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq



Yüklə 8,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/218
tarix26.10.2023
ölçüsü8,7 Mb.
#131026
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   218
1 2009 Vahobov A V Soliqlar va soliqqa

Yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq
STAVKALARI'

ToTovchilar
Soliq solina­
digan bazaga 
nisbatan %da 
soliq stavkalari
1
.
Yuridik shaxslar (2—3-bandlardagidan tashqari)
10
2.
Tijorat banklari
15
3.
Auksionlar o‘tkazishdan, gastrol-konsert faoliyati bi­
lan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik va 
jismoniy shaxslami (shuningdek, norezidentlami) 
jalb etish yoTi bilan ommaviy tomosha tadbirlarini 
tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar
35
4.
O'zi ishlab chiqargan tovarlar (ish, xizmatlar) eks- 
portining erkin almashtiriladigan valutadagi hissasi 
quyidagi miqdorlami tashkil etadigan eksport qi- 
luvchi korxonalar uchun (0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1997-yil 12-oktyabrdagi PF-1871 
sonli farmoni bilan tasdiqlangan xomashyo tovarlari 
ro‘yxatidagilar bundan istisno)
Sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha
belgilangan 
stavka 30% ga 
pasaytiriladi
Sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan yuqori
belgilangan 
stavka 50% ga 
pasaytiriladi
5.
1-bandda ko'rsatilgan xizmat ko'rsatish sohasi kor­
xonalari uchun plastik kartalar qo'llab haq toTangan 
xizmatlar hajmi bo‘yicha
belgilangan 
stavka 10% ga 
pasaytiriladi
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024- 
sonli qarori.
80


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini 2006- 
yildagi 12 foizdan 2007-yilda 10 foizga tushirilishi korxo­
nalar ixtiyorida taxminiy hisob-kitoblaiga ko‘ra qo'shim cha 
37 mlrd so‘m ni tejash imkonini beradi va u korxonalar- 
ning investitsion faolligini yanada aktivlashtirishga xizmat 
qiladi.
Amaldagi soliq qonunchiligiga koTa norezident soliq 
toTovchining daromadini chet elga oTkazilayotganda 10 
foiz miqdorida foydaga soliq undiriladi.
; / Doimiy muassasa bilan bogTiq boTmagan 0 ‘zbekiston 
Respublikasida faoliyat ohb borgan norezidentning daro­
madi hech qanday chegirmasiz daromad manbayida quyi­
dagi stavkalarda soliqqa tortiladi:
• dividendlar va foizlardan — 10 foiz;
• sug‘urta mukofotlari, sug‘urtalash va qayta sug‘urta- 
lash — 10 foiz;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar bilan 
xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiya va transport xiz- 
mati (fraxta daromadi) — 6 foiz;
• royalti, ijara daromadlari, xizmat ko'rsatish, shu jum - 
ladan, boshqaruv xizmati, maslahatlar va boshqa daromad­
lar — 20 foiz.
Yuridik shaxslarga toTanadigan dividendlar va foizlar 
toTov manbayida 10 foizli stavka bilan soliqqa tortiladi. 
J
Soliqqa tortish maqsadida dividend deb, aksiyalardan va 
boshqa xo‘jaliklar subyektlarining ustav kapitalidagi qat- 
nashish ulushidan olgan daromadlari tushuniladi.
Foizlaiga esa depozit qo'yilmalar, qarz majburiyatlari va 
boshqa qimm ath qog‘ozlardan olgan daromadlar kiradi.
Manbayida soliqqa tortilgan va dividend, foiz olgan 
norezident jam i daromadidan tegishli tartibda belgilangan 
hujjatlami taqdim etgan taqdirda chegirma ohsh huquqiga 
ega boTadi.
Soliq kodeksining 158-moddasiga ko'ra yuridik shaxs­
lardan olinadigan foyda solig‘ini toTashdan quyidagi 
yuridik shaxslar ozod etiladi:
1) nogironlaming jam oat birlashmalari, «Nuroniy» 
jam g‘armasi va « 0 ‘zbekiston chemobilchilari» assotsia- 
tsiyasi mulkida boTgan, ishlovchilari umumiy sonining 
kamida 50 foizini nogironlar, ikkinchi jahon urushi yilla- 
ridagi urush va m ehnat faxriylari tashkil etgan yuridik
81


shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minlash-sotish va 
tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 
mustasno. Mazkur imtiyozni olish huquqini belgilayotgan- 
da xodimlaming umumiy soniga shtatda turgan xodimlar 
kiritiladi;
2) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab 
chiqarish ustaxonalari;
3) jazoni ijro etish muassasalari;
4) ichki ishlar organlari huzuridagi qo‘riqlash boTin- 
malari.

Yüklə 8,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə