va siyosiy tanglik vujudga kelsa, biz jamiyatning hamma
sohalari tanazzulga uchragan,
degan fikrga kelishimiz mumkin. O’z navbatida begonalashuv jarayoni qanchalik
kengaysa, tanazzul ham chuqurlashib boraveradi. Masalan,
ishlab chiqarish jarayonida
mehnatning taqsimlanishi rO’y beradi. Bir qarashda bu taraqqiyot uchun qO’yilgan katta
qadamdir.
Lekin bunda ijtimoiy mulkka asoslangan shunday ishlab chiqarish munosabatlari
shakllanadiki, uning asosida bevosita ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish
vositalaridan
uzoqlashib, asta-sekinlik bilan
O’z mehnatining natijasidan begonalashib boradi. Endi
bu ishlab chiqaruvchi shaxs uchun mehnat unumining ham qizig’i yO’q. Marksizm
tahlimoti bO’yicha, xususiy mulk ijtimoiylashtirilgach, ishlab
chiqarish vositalariga
ishlab chiqaruvchilar umumiy egalik qilishlari kerak edi. Lekin
ijtimoiy amaliyotda
esa buning aksi bo’lib chiqdi.
Siyosiy hokimiyatni bosib
olgan proletariat ishlab
chiqarish vositalarini endi davlat mulkiga aylantiradi. 73 yillik tarix davomida bizga
uqtirib kelingan
ijtimoiy mulk mutloq davlat mulki edi, bu mulk
esa
mulkchilikning
eng jirkanch, adolatsiz turi bo’lib chiqdi. Mehnat kishisi xususiy
mulkdan begona etilgan edi.
Dostları ilə paylaş: