Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Siyosiy jabhada ham jamiyatning kO’pgina ahzolari siyosiy hokimiyatdan



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Siyosiy jabhada ham jamiyatning kO’pgina ahzolari siyosiy hokimiyatdan 
begonalashtirildi. Yahni, siyosiy hokimiyat bu – xalq hokimiyati, umumxalq 
hokimiyati, deb ehlon qilingan bo’lsada, aslida u mahlum bir guruh – elitaning 
xususiy mulkiga aylandi. Buning asosida butun bir xalq davlat siyosiy 
hokimiyatidan begonalashdi va bu begonalashgan omma bilan nomenklaturaning 
orasida ulkan jarlik paydo bo’ldi. O’z navbatida bu jarayonlar chuqur ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy tanazzulni keltirib chiqardi, totalitar davlat O’z-O’zidan 
parchalanib ketdi. Jamiyatda sog’lom muhitni yaratishda 
mahnaviyat va 
madaniyatning roli katta. Madaniy sohadagi begonalashuv ham anchagina chuqur 
salbiy oqibatlarga olib keladigan mahnaviy tanazzulni keltirib chiqaradi. CHunki u 
individlarning barkamol shaxs bo’lib shakllanishlariga salbiy tahsir ko’rsatadi. 
Agar jamiyat ahzolari O’z mahnaviyatlari, boy madaniy meroslaridan uzoqlashib 
ketib, undan begonalashsalar, ular O’zlarining 
kelib chiqishlaridan tortib, to 
O’z millatlarining milliy urf-odatlari, anhanalarini inkor qila boshlaydilar. Agarda 
yaqin O’tmishimizga murojaat etsak, ushbu mulohazalarimizning yaqqol isbotini 
ko’ramiz. Masalan, boy madaniy merosimizdan begonalashuvimiz, atoqli adib 
CHingiz 
Aytmatovning tahbiricha, bizlarni manqurtlarga aylantiray dedi, yahni 
biz O’z xalqimiz tarixi, milliy ozodlik harakatlari va ularning sarkardalari 
jasoratlaridan, dinimiz va O’zligimizdan uzoqlashib qoldik. 
Davlatimiz 
mustaqillikka erishib, madaniy begonalashuvni bartaraf etishni 
boshladik. Sotsiologiyadagi 
muhim 
begonalashuv 
hisoblangan 
ijtimoiy 
begonalashuv insonlarni muloqotdan, bir-birlaridan uzoqlashishlari natijasida yuzaga 
keladi. Inson O’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy xususiyatga egadir. O’zaro faoliyat tufayli 
paydo bo’lgan ehtiyojlar asosida insonlar doimo bir-birlari bilan 
munosabatlarda, 
muloqotlarda bo’ladilar. Muloqotning ijtimoiy mahnosi shundaki, u madaniyat shakllari 
va ijtimoiy tajribalarni uzatish vositasi 
bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə