Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Ruhiy begonalashuv-bu insonning O’z mohiyatidan 
uzoqlashishidir. 
Bu 
muammoni nemis mutafakkiri Erix Fromm juda yaxshi ishlab chiqqan. Zamonaviy 
jamiyatni E.Fromm inson mohiyatini "mashinalashtirish", "kompgpyuterlashtirish" va 
«robotlashtirish» jarayonlari tufayli begonalashuvning bir mahsuli deb tahriflaydi. 
psixologik 
va ijtimoiy begonalashuvni bir-birlariga yaqinligi shundaki, insonlar 
O’zaro 
munosabatlarda 
va amaliy muloqotda begonalashsalar, O’z-


O’zlaridan begonalashuv ham yuz beradi. CHunki insonlarning bir-birlaridan 
begonalashishlari oqibatida 
ularda ikkilanish, zerikish 
va hayotga qiziqishni 
sO’nishi vujudga kelishi mumkin. Buning natijasida insonning O’z kelajagiga, orzu-
niyatlariga ishonchi yO’qolib, u O’zini begona deb hisoblaydi 
va 
bu 
jarayon 
kO’pincha salbiy oqibatlarga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jamiyat hayotidagi turli xil begonalashuv jarayonlari 
tezroq ilmiylik va uyg’unlik asosida bartaraf qilinsagina, jamiyat ijtimoiy sog’lom 
sharoitda taraqqiy etadi va salbiy hodisalarning tahsiri O’z 
vaqtida 
bartaraf 
etiladi. 
Masalan, mehnatdan begonalashishni bartaraf etish 
uchun 
birinchi 
navbatda 
insonlarning O’z mehnatlari natijalaridan manfaatdor bo’lishlari va uning oqibatida esa 
mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan O’zgartirib, ularni qiziqish va kuch g’ayrat 
bilan ishlashlarini tashkil etish kerak. Ishlab chiqarishni boshqarishdan begonalashuv 
muammosini bartaraf etish ham juda muhim mahno kasb etadi. Buning uchun ishlab 
chiqarish munosabatlarini chuqur demokratiyalashtirish, korxona, tashkilot va 
muassasalardagi mavjud boshqaruv 
tizimlarini ijtimoiy adolat mehyorlari 
bilan 
takomillashtirish va ishchi xizmatchilarga xO’jalik egasining aniq vazifasi, huquqi hamda 
mashuliyatlarini topshirish kerak. 
Madaniyatdan begonalashuvni bartaraf etish uchun madaniy merosga munosabatni
takomillashtirib 
borish, jamiyatning har bir ahzosi mahnaviy qadriyatlardan 
yaxshi xabardor bo’lishi va madaniy qurilishga yetarli mablag’ ajratilishini tahminlash 
zarur. Ijtimoiy begonalashuvni bartaraf qilish uchun insonlarni bir-birlari bilan 
munosabatlari, muammolarini haqiqiy birdamlik va hamkorlik asosida qurish kerakki, 
shunda har bir inson boshqalar uchun kerakligini chin yurakdan his qilsin. Ruhiy 
begonalashuvni bartaraf etish 
choralari ijtimoiy begonalashuvni bartaraf etishning 
uzviy davomidir. Inson O’zini kimgadir kerakligini ruhan seza olsagina u hech qachon 
tushkunlikka tushmaydi va yakkalanish, iztirobga 
tushish xavfidan halos bo’ladi. 
Oqibatda uni O’z-O’zidan, O’z mohiyatidan begonalashuviga deyarli hech qanday sabab 
qolmaydi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə