Strategik menejment



Yüklə 7,13 Mb.
səhifə145/192
tarix27.12.2023
ölçüsü7,13 Mb.
#162753
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   192
Strategik menejment

Vaqt sarflari

Mehnat

taqsimoti variantlari

Predm etli
10
mindan ko'pro q

Detalli
5-10 min.

Yiriklashtiri lgan tex.operatsiyalar bo'yicha 2-5 min

Mayda operatsiy alar
bo'yicha

Aloxi da ish
xarakatlari bo'yicha 30 min. gacha

Asosiy ish

16

12

8

6

5

Yordam chi ish

4

6

7

8

9

transpor t

0.5

1.5

2.0

4.5

6.0

Jarayon lararo

-

0.9

1.9

2.6

3.6

Turib qolishlar

0.1

0.3

1.0

1.5

3.0

Bajaruv chining dam olishi

0.8

1.0

1.3

1.6

2.0


Ishlab chiqarish vaziyati
Tsexdagi ishchilarning ish vaqti balansi quyidagi ko'rsatkichlar bilan berilgan
(smena vaqtiga nisbatan % da).

Tayyorlov yakunlovchi bosqich

10 (normativ 6,25)

Operativ ish

49 (normativ 75,7)

Bartaraf qilib bo'lmaydigan texnologik tanaffuslar

8 (normativ 8)

Asosiy ishchilarning o'z ish joylariga hizmat ko'rsatishi:
A) uskunalarni sozlash

6 (normativ 2)

B)asboblarni tayyorlash

3 (normativ 2)

V)materiallarni etqazib berish

4 (ko'zda tutilmagan)

Dam olish va shaxsiy ehtiyojlar

9 (normativ 6)

Naryadchi va ustaning aybi bilan ish vaqtining bekor sarf bo'lishi

11 (ko'zda tutilmagan)

Asosiy ishchilar soni 78 kishi, ustalar-2 ta, naryadchi- 1ta. Mehnatni tashkil qilishni yaxshilash imkoni bo'lgan variantlarni baholang va shuning hisobiga barcha personalga nisbatan mehnat unumdorligi o'sishini hisoblang.

  1. kichik guruh uchun variant

Individual mehnatni tashkil qilish usulini saqlagan xolda asosiy ishchilarning ish joyiga hizmat qilishdan ozod etish, buning uchun kerakli bo'lgan har xil sohadagi yordamchi ishchilarni jalb etish (qanday, nechta. Har biri uchun smenadagi operativ vaqt 364 minut). Mehnat unumdorligi o'sishini hisoblang.

  1. kichik guruh uchun variant

Usta-brigadirlar va yordamchi mutahassis ishchilardan iborat ikkita yiriklashtirilgan majmuaviy brigadani tashkil etish. (Har bir brigada uchun nechta va qanday). Texnologik tanaffuslar vaqtidan qanday foydalanish kerak? Mehnat unumdorligi o'sishini hisoblang.

  1. kichik guruh uchun variant

Uchta asosiy ishchilar brigadasini va bitta ish joylariga xizmat ko'rsatuvchi brigadani tashkil qilish (uning tarkibi va sonini asoslash). Usta va mehnatga haq to'lash bo'yicha naryadchini brigadani ishlab chiqarishining qisman ishbayiga o'tqazish. Mehnat unumdorligi o'sishini hisoblang.
MUSTAQIL TA'LIM UCHUN MATERIALLAR

  1. mavzu
    KEYS STADI


Vaziyatli masalalar

  1. masala

Qanday qilib ishchilarning kayfiyatini ko‘tarish mumkin? Bu haqida ikki master o‘z fikrlarini bildirishdi. Biri: "YAxshi xazilni tez-tez ishlatib, inqilobiy, ma'qullovchi so‘z va maqtovlarni ishlataman", - dedi. Boshqasi esa: "Bular hammasi mayda-chuyda narsalar.
Xech narsa yaxshi maosh va mukofotday kayfiyatni ko‘tarolmaydi".
Bunga siz nima deysiz?

  1. Ikkinchi masterning gapiga to‘la qo‘shilaman. YAxshi maosh bo‘lsa, kayfiyat ham yaxshi bo‘ladi.

  2. Zamonaviy bu o‘z ijtimoiy holatini yaxshi tushungan va madaniyat doirasi keng bo‘lgan odam. SHuning uchun unga axloq, odob va ma'naviy sifatlar birinchi navbatda turadi, demak, birinchi master haq.

Har qaysi master o‘zicha haq, chunki ular keltirilgan omillar jamoada kayfiyat shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Moddiy rag‘batlantirish va yaxshi so‘zli bo‘lishni birga qo‘shib olib bormoq - bu har qanday rahbar uchun juda muxim narsa.

  1. masala

YOsh ishchi mehnat va ishlab chiqarish intizomini bir necha bor buzmoqda. Master u bilan suxbatlar o‘tkazdi. Jarima solishga ham to‘g‘ri keldi. YOsh ishchi ishlaydigan brigadada 12 kishi bor, ulardan biri uning do‘sti hamma narsada uni qo‘llaydi, 6 kishi jamoa ishlari bilan unchalik qiziqmaydi, ishdan so‘ng uyga ketishga shoshiladi. 5 kishi jamoatchilik topshiriqlarini bajarishadi, brigadir kasaba uyushmasi qo‘mitasi a'zosi.
YOsh ishchi bilan yana "favqulotda holat" yuz berdi. Uning axloqini baholashda siz master o‘rnida nima qilar edingiz?

  1. Brigada jamoasi yig‘ilishida yosh hodimning harakatini muxokamaga qo‘yar edim.

  2. Jamoa qatnashuvisiz o‘zim qaror qabul qilar edim.

  3. YOsh ishchining harakati muxokamasiga faqat brigada faollarini taklif qilar edim.

Boshqa javob yo‘q.

  1. masala

Boshqaruv hodimlari qanday asosiy kategoriyalarga bo‘linadi?

  1. 2-kategoriyaga: rahbarlar va muhandis - texnik hodimlar.

  2. 3-kategoriyaga: rahbarlar, mutaxassislar, hizmat ko‘rsatuvchi-yordamchi- texnik va hizmatchi personal.

  3. 4-kategoriyaga: yuqori pog‘onali rahbar (boshliq, o‘rinbosari), o‘rta pog‘onali rahbar (bo‘lim boshlig‘i, sektor va byuro boshliqlari), muhandis-texnik xodimlari va kichik hizmat xodimlari.

  1. masala

Kasaba uyushmasi etakchisini tanlash kerak. 3 ta nomzod bor. Quyida ularning harakteristikasi keltirilgan. Kimni tanladingiz?

  1. Birinchisi-a'lochi, muloyim, o‘ziga ergashtira oladigan, o‘z fikrida tura oladigan.

  2. Insonlar bilan quruq munosabatda bo‘ladigan tabiatga mijozga ega ikkinchi nomzod, vazifalarni bajarishda tezkor savolni aniq belgilab, uning bajarilishini tashkil eta oladi.

Uchinchi nomzod - jamoa fikriga tayanadigan, o‘ziga ergashtira oladigan, ko‘ngilsizliklardan uzoq yuruvchi, ayniqsa ish jarayonida odamlarning o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liq hollarda.

  1. masala

Ishlab chiqarishga kelgan yosh mutaxassislarga rahbarlarni (ustozlarni) tayinlovchi (belgilovchi) qoidalari ustida o‘ylab ko‘ring. Sizning fikringizga quyidagi berilgan uchta savoldan qaysi biri haqiqatda haq odilona (to‘g‘ri)?

  1. Ma'muriy ishlab chiqarishga kelgan har bir yosh mutaxassisga zarur bo‘lgan maxsus tayyorgarlikni o‘tagan va yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istagan eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan rahbarlarni biriktirib qo‘yish shart.

  2. Ilg‘or (etakchi) ishlab chiqaruvchilardan yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istaydiganlarni aniqlash (ko‘rsatish) zarur va ularga maxsus tayyorgarlikdan o‘tish uchun imkoniyatlar yaratib berish zarur.

Ayniqsa yosh ishchilarga biriktirilish to‘g‘risidagi savolni esa rahbarlarning o‘zlari hal etishlari lozim.
Ishga kirayotgan yosh ishchini ishlab chiqarishda rahbarning harakati bilan tanishtirish, unga yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida to‘liq axborot berish zarur. Bundan so‘ng yosh mutaxassisga o‘zi rahbarni tanlashni taklif qilish kerak.

  1. masala

Boshqaruvning mazmuni jarayon sifatida o‘zining faoliyati turlarini ifodalaydigan vazifalarda ochiladi. Ular yordamida boshqaruv sub'ekti boshqariluvchi ob'ektga ta'sir qiladi.
Tashkiliy texnik rejada ishlab chiqarishni boshqarish belgilariga ko‘ra quyidagi vazifalarga bo‘linishi mumkin: boshqaruv jarayoninig mazmuni, ishlab-chiqarish xo‘jalik faoliyati turlariga aloqadorlik (mansublik). Sanab o‘tilgan belgilar bo‘yicha hamma yirik vazifalar bir nechta qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda birgina korxona ichidagi boshqaruv mehnatining bo‘linishi ko‘p miqdorli omillarga ta'sir hiladi, shu jumladan: keng ko‘lamlilik va boshqalar. Buning asosida boshqaruv mehnatining vazifa egaligida bo‘linishi yuzaga keladi. SHunday ekan, mehnatning vazifaga bo‘linishi so‘zlari keng ma'noda o‘z ichiga ishlab-chiqarish xo‘jalik faoliyati muhiti bo‘yicha boshqaruv jarayonining alohida boshqaruv ishi va operatsiyalar turlariga bo‘linishini oladi.
Boshqaruv bo‘yicha shunday mehnat bo‘linmasini ta'minlash muhimki, unda hamma vazifalari o‘zaro aloqadorlikda va muvofiqlashgan holda bajarilishi kerak. Bu esa alohida boshqaruv vazifalarining turli boshqaruvchi tizimlarining maydonlariga oqilona qo‘shilib ketishini va bir-biriga biriktirilishini ta'minlashda yordam beradi. Bu o‘z navbatida, boshqaruv apparatida ishlaydiganlarning huquq va burchlarini aniqroq aniqlab beradi, Boshqaruv tizimini mukammallashtirib beradi.

Yüklə 7,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya