Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tilshunoslik



Yüklə 19,62 Kb.
səhifə6/6
tarix23.12.2023
ölçüsü19,62 Kb.
#155546
1   2   3   4   5   6
Hamidboyev Abdulahad

E. Sepir va B.L. Uorfning lisoniy nisbiylik konsepsiyasiga asosan, haqqoniy olam bevosita, muayyan jamiyatning til me'yorlari asosida quriladi. Bu konsepsiyaning mohiyatiga ko‘ra, dunyoda bir xil ijtimoiy voqyelikni xarakterlovchi ikkita tilni topib bo‘lmaydi. Turli jamiyatlar mavjud bo‘lgan olamlar – bitta emas, aslidagi turli tillardan foydalanuvchi har xil olamlardir. Sepir-Uorf farazidagi birinchi holat: olamni his etish til tomonidan belgilanadi. Ikkinchi holat: til madaniyatga o‘z aksini soladi (umumiy holatda, B.Uorf madaniyatga u qadar e'tibor qaratmaydi). “Nima birlamchi: til me'yorimi yoki madaniyat me'yori?” degan savolga B.Uorf o‘ylab o‘tirmasdan, til va u vujudga keltiruvchi lingvistik bog‘langan fikriy olam deb javob beradi. V.A.Zveginsev fikricha, Uorfning xatosi – uning tomonidan til, ong va voqyelik o‘rtasidagi real bog‘liqlikning buzib ko‘rsatilishida. Bu xatoni bartaraf etish esa, Sepir-Uorf farazining barbod bo‘lishi bilan barobar. Zero, Uorf o‘zining “Til” nomli kitobida “Men til va madaniyat o‘rtasidagi sababiy aloqani tan olmayman. Muayyan jamiyatning amalga oshirayotgani va o‘ylayotgani – madaniyat. Qanday o‘ylayotgani esa - til”, deb yozgandi. Sepir-Uorf farazi falsafa (Brutyan), tilshunoslik (Zveginsev, Panfilov, Vereshagin, Kostomarov, Bler)da qattiq tanqidga uchradi. Qolaversa, Sepir-Uorf nazariyasi A.Vejbitskaya tomonidan ham tahrir qilindi. Xususan, olima turli tillar orqali taqdim etiluvchi dunyoqarash sistemalari taqqos qilinmaydi, deb bo‘lmaydi. Milliy xoslangan konseptlarni semantik primitivlar tiliga o‘girish mumkin bo‘lgani holda, ularni chog‘ishtirish mumkin. A.Vejbitskayaning fikricha, har bir til o‘z “semantik koinoti”ni hosil qiladi. Ya'ni, “o‘zga narsa o‘zga tilda fikrlanmaydi” – his-tuyg‘ular o‘zga tilda, ona tilida bo‘lganidek, his etilmaydi.

Fosslerning fan oldidagi xizmatlari shu bilangina chegaralanmaydi. U til va madaniyat o‘rtasidagi aloqadorlikni tegishli davrlar misolida tekshirdi. U tilni din, fan, she'riyat, turli nutqiy jamoalardagi tilning vazifasi bilan tarzda o‘rgandi (“Tildagi ruh va madaniyat”). Fossler tildagi estetik idealizm ta'limoti yuzasidan: L. Shpitser, X. Xatsfeld, E. Lerx, L. Olishki, V. Klemperer singari olimlarni o‘ziga ergashtirdi. Xususan, L.Shpitser o‘z davrida “nutq uslubida shaxs uslubi” nomli metodni joriy qildi. Bu usul kelajakda uslubiyatdagi induktiv-deduktiv usul deb atala boshladi. Shpitser keyinchalik ham gumanitar fanlarni antimentalizm, mexanitsizmdan himoya qilishga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Fossler va uning safdoshlari ilmiy muammolarni tilning ekspressiv-estetik funksiyasini birinchi o‘ringa qo‘yish orqali hal qilishga intildilar. Tilni tarixiy-madaniy hodisa sifatida tekshirishda tilni tarix va madaniyatdan ayro o‘rganish mumkin emas, degan qarashni olg‘a surgan estetik idealistlar til to‘g‘risidagi fanning mavzu ko‘lamini lingvistik uslubiyatni shakllantirish, adib tilining xalq tili bilan munosabati adabiy tilning rivojida badiiy adabiyotning o‘rni singari masalalar evaziga nihoyat darajada kengaytirib yubordilar.


Yüklə 19,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə