Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tilshunoslik



Yüklə 19,62 Kb.
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü19,62 Kb.
#155546
1   2   3   4   5   6
Hamidboyev Abdulahad

Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro shartlangan ikkiyoqlamalikni e'tirof etish lozim. Til lingvokulturologik fenomen sifatida madaniy boyliklarni o‘zida jamlaydi, u singari istalgan milliy madaniyatning rivoji esa, bir vaqtning o‘zida, aniq bir tilning spetsifik xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Ayni vaqtda, til o‘zi bilan butun olamni namoyon eta oladi, u serqirra madaniyatni, serqatlam jamiyatni leksik-semantik tomondan qamray oladi. Lingvokulturologiyaning oldiga yechimini topishi lozim bo‘lgan quyidagi savollarni qo‘yish mumkin: 1)lisoniy konseptlarning shakllanishida madaniyatning o‘rni; 2)lisoniy belgining qaysi qismiga “madaniy ma'no” birikadi; 3)ushbu ma'nolar so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan anglanadimi va ular nutqiy strategiyaga nechog‘lik ta'sir ko‘rsatadi; 4) til egasining madaniy-lisoniy kompetensiyasi mavjud hodisami; 5) til va madaniyatning o‘zaro aloqasi negizida shakllanuvchi muayyan lisoniy belgilarning madaniy semantikasi, ko‘plab madaniyatlar (universaliyalar), bitta madaniyat egalarining reprezentatsiyasiga yo‘nalgan madaniyat diskurslari va konseptosfera qanday tabiatga ega; 6) mazkur fan sohasining asosiy tushunchalarini, ya'ni tushunchalar apparatini qanday tizimlashtirish lozim

Til va madaniyat qiyosiga yondashuvning turlari. Til va madaniyat uzviyligiga yondashuvning ikki asosiy: konseptual va lisoniy mamlakatshunoslik - lingvomamlakatshunoslik (lingvostranovedcheskiy) turlari ajratiladi. Lisoniy mamlakatshunoslik pretsendentli matnlar (lingvomadaniy hamjamiyat vakillariga mazmuni juda yaxshi tanish bo‘lgan, ular tomonidan qayta-qayta murojaat qilinadigan, intertekstual matn tarkibida asl shaklida yoki ayrim o‘zgarishlar bilan qo‘llanuvchi matn), allyuziyalar (lot. allisio – ishora; hazil), lakun (fran. – bo‘shliq; chuqurlik; J.P.Vine va J.Darbelen termini), ma'nosi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilar uchungina ma'lum bo‘lgan konnotatsiyalarni izohlaydi. Yuqorida sharhlangan yondashuv ko‘pincha lingvomadaniy yondashuv deb ham ataladi. Bu yondashuv doirasida tilshunoslar lison qobig‘idan tashqariga chiqib, lingvokulturema nomli atamani ham qo‘llaydilar. Ba'zi tilshunos olimlar bu atamani “shakliy jihatdan nutqiy ma'no va belgi yaxlitligidan, mazmuniy tomondan lisoniy ma'no va madaniy tushuncha birligidan iborat birliklararo kompleks butunlik” sifatida izohlaydilar. Biroq, so‘nggi yillarda mazkur atamaga konkret tilning etnospetsifik, ijtimoiy-guruhiy hamda individual tasniflash hamda nutq egasini modellashtirishni nazarda tutuvchi konseptual yondashuv sifatida keng o‘rin berilmoqda. Birlamchi, lingvokulturema – lingvokulturologiyaning birligidir.


Yüklə 19,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə