Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tilshunoslik



Yüklə 19,62 Kb.
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü19,62 Kb.
#155546
1   2   3   4   5   6
Hamidboyev Abdulahad

V. fon Gumboldt konsepsiyasining yetakchi nazariy va metodologik tamoyillari quyidagilar: 1)naturalistik va amaliy yondashuv sintezi (til ruh vujudi va faoliyati sifatida); 2)qarama-qarshi xususiyatli ibtido (kelib chiqish)ning dialektik qiyosi (antinomiyalar shaklida); 3)tilga nisbatan sistemaviy yaxlit nazar; 4)dinamik, protsessual-genetik yondashuvning struktur-statistik yondashuvdan ustun qo‘yilishi; 5)tilni o‘z-o‘zini keltirib chiqaruvchi organizm sifatida talqin etish; 6)tilga nisbatan panxronik yoki axronik (vaqtdan tashqarida) yondashuvning tilning muayyan davr kesimidagi o‘zgarishining tarixiy tahlilidan ustun qo‘yilishi; 7)jonli nutqni o‘rganishning lisoniy organizmning tasviridan ustun qo‘yilishi; 9)til va mavjud tillarning real xilma-xilligiga insoniyatning umumiy mulkiga bo‘lgandek qiziqishning uyg‘unlashuvi; 9)tillarni tilning mavjud mukammal taraqqiyotining bosqichlari sifatida talqin qilish; tilni o‘z ichida, inson faoliyatining boshqa ko‘rinishlaridan ayro tarzda tasvirlashdan voz kechish; 10)tilni qat'iy ilmiy jihatdan tadqiq etishni falsafaga evrilgan yondashuv bilan uyg‘unlashtirish. Hind-yevropa oilasiga mansub tillardan farqli, ispan basklarining tilini o‘rgangan olim turli tillar – bu nafaqat umuminsoniy ongning turfa qobig‘i, balki dunyoni turlicha ko‘rish, anglash hamdir, - degan xulosaga keldi.

XX asrning 60-yillarida farazga doir ko‘plab tajribalar olib borildi. Masalan, agar muayyan tilda sarg‘imtir-yashil rangni ifodalovchi so‘z bo‘lsa (aytaylik, Rodeziyaning shon tilida mazkur rang cicena deyiladi), undan farqli boshqa (rus, ingliz, nemis) tillarda bu rang yuqoridagi nomlanishga ega emas. Demak, shon tilida so‘zlovchi bu rangning (til tomonidan “aytib berilgan”) nomini o‘zga til egalariga nisbatan tezroq, aniqroq ifodalaydimi? Tajribachi-psixologlar bu va bu kabi savollarga ijobiy javob bermadilar. Umumiy holda, mazkur tajribalar insonning bilish jarayoni tilning leksik-grammatik strukturasiga bog‘liqligini isbotlamadi. Sepir-Uorf farazining: “alohida olingan til egalariga ma'lum narsalar to‘g‘risida fikrlash va so‘zlash oson kechadi, chunki tilning o‘zi bunga imkon yaratadi”29 degan jihatigina bir qadar ahamiyatli deb topildi. Ammo, boshqa tajribalarda bu bog‘liqlik ham o‘z isbotini topmadi. Psixologlar insonning bilish jarayonidagi lison va tafakkur o‘rtasidagi munosabatlarda bilishga intilayotgan odamning faolligi bosh omil bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelishardi. Tajribalar davomida Sepir-Uorf farazi umumfalsafiy ishonchlilikni yo‘qotdi. Endi gap turli tillar prizmasidan turib qaralgan olam lisoniy manzaralari emas, balki tilning qabul qilish, yodlash, qayta tiklash jarayonidagi ishtiroki haqida olib borildi.


Yüklə 19,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə