Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tilshunoslik



Yüklə 19,62 Kb.
səhifə1/6
tarix23.12.2023
ölçüsü19,62 Kb.
#155546
  1   2   3   4   5   6
Hamidboyev Abdulahad

Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23_07 Subject: Tilshunoslik

Mavzu:Til va madaniyat

Reja:

  • Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi. Madaniyat haqidagi tasavvurlarning tilda namoyon bo‘lish usullari.
  • “til-madaniyat” haqidagi lingvistik ta'limoti.
  • til va madaniyatning o‘zaro aloqadorligi xususidagi qarashlari.

O‘tgan asrning oxirlariga kelib, sistem-struktur paradigma o‘rnini antropotsentrik, funksional, kognitiv va dinamik paradigmalar egalladi. Tilga olinganlar qatoridan, antpropotsentrik paradigma ba'zi tilshunos olimlar tomonidan insonning til orqali tahlil qilinishi va buning aksi – inson tilining tahlili sifatida talqin etiladi1. Ushbu paradigma tegrasida kognitiv lingvistika va lingvokulturologiya singari sohalar shakllandi. Ta'kidlash lozimki, lingvokulturologiyaning fan sifatida yuzaga chiqishida Vilgelm fon Gumboldtning qarashlari progressiv ta'sirga ega bo‘ldi. Binobarin, til va madaniyatning aloqadorligiga doir masalalar ilk bor Vilgelm fon Gumboldt tomonidan ko‘rib chiqildi. U o‘z davrida: “Til – xalq g‘oyalarining shunchaki ifodachisi emas, balki xalqning bir butun ma'naviy quvvatidir; tillarning turfa bo‘lishi esa bitta narsaning turlicha nomlanishi bo‘lmay, shu narsani turlicha tasavvur qilish, ko‘rishdir. Til hamisha millatning o‘ziga xosligini ifoda etadi” deb yozgan edi. Shuningdek, Gumboldtning “tilning ichki formasi” haqidagi g‘oyasi ham milliy tillarning o‘ziga xosligini asoslaydi. O‘z navbatida, Y.L. Vaysgerber ham “tarixiy shakllanish davomida xalq o‘z ona tilini qurgan, unga (tilga) olamni anglash maqsadida, ma'naviy va moddiy madaniyatning ravnaq topishida o‘zi uchun qadrli bo‘lgan tushunchalarni joylagan”, deya xulosa qiladi.

Bu ko‘proq, V.N. Teliya ishlarida ko‘rinadi. Uningcha, lingvokulturologiya o‘zga kulturologik sohalardan farqli ravishda, jonli kommunikativ jarayonlarni ularning muayyan madaniy davrga ta'sir o‘tkazuvchi milliy mentalitet bilan sinxron aloqasini o‘rganmog‘i lozim. Bu jarayon o‘z o‘rnida, olamning milliy manzarasi (obrazi, modeli), lisoniy (etnomadaniy) ong, xalq mentaliteti kabi tushunchalar (kategoriyalar) ning izohiga ehtiyojni keltirib chiqardi. Til va madaniyat o‘rtasida uzviy hamkorlik mavjuddir. Bu borada V.f.Gumboldt madaniy rivojlanish jarayonining natijalari madaniyatning tilga ta'sirini tekshirishdan ko‘ra ko‘proq, tilning madaniyatga ta'sirini tekshirishga bog‘liq bo‘lishini yozadi. Mazkur g‘oya asosida XX asrning 90-yillarida V. fon Gumboldt, E. Sepir, B.L.Uorf, Y.L. Vaysgerber, A. Vejbitskaya, Yu.S. Stepanov, V.V. Vorobyov, V.I.Karasik singari olimlarning g‘oyalari jamlangan lingvokulturologiya o‘ziga xos ijtimoiy fan sohasi sifatida yuzaga keldi. Til va madaniyat o‘rtasidagi determinizm, ya'ni o‘zaro bir-birini taqozo etish haqiqiy “o‘zarochilik”dir. Shu sababli, turli mamlakatlar olimlari tomonidan til va madaniyat munosabati masalasi turli yo‘nalishlarda o‘rganilayotganligi tabiiydir. Bu muammo tilshunoslar (Yu.Sorokin, V.Teliya, ye.Vereщagin, A.Vejbitskaya, V.Kostomarov, D.Olford, D.Xayms kabilar) bilan faylasuflarning (G.Brutyan, E.Markaryan, va boshqalar), psixologlarning (L.Vыgotskiy, A.Leontev, V.Petrenko, P.Gulviste) e'tiborini tortib kelmoqda. Bu masala nutq madaniyatiga oid tadqiqotlarda muhim o‘rin egallaydi. (Yu.Skvorsov, E.Begmatov, A.Mamatov, B.O‘rinboev va boshqalar). Keyingi yillarda tilshunoslikda lingvokulturologiyaning alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida shakl topishi (A.Krasnix, V.Maslova, D.Gudkov, D.Ashurova) bu masalaning dolzarblashishiga sabab bo‘lmoqda.


Yüklə 19,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə