Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tilshunoslik



Yüklə 19,62 Kb.
səhifə2/6
tarix23.12.2023
ölçüsü19,62 Kb.
#155546
1   2   3   4   5   6
Hamidboyev Abdulahad

Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi. Lingvokulturologiyada til va madaniyat qiyosi mavzusi o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi masaladir. E. M. Vereshagin, V. G. Kostomarovlar qayd etganidek, til va madaniyat o‘zaro chambarchas, bu — sententia communis. Xolbuki, bu boradagi qarashlar antik davrlardan ma'lum. “Tilning ma'noviy ko‘lami olamning milliy manzarasidan kelib chiqishiga hyech kim shubha qilmasa kerak, - deb yozgandi olimlar. – Vaholanki, til ham o‘z navbatida madaniyatga ta'sir ko‘rsata oladi. Demak, til madaniyatdan ayro, madaniyat esa, tildan tashqarida mavjud emas.”3 Hind-yevropa (masalan, lot. – lingua), fin-ugor, turkiy, Afrikaning ba'zi til oilalarida kuzatilgani bo‘yicha, azal-azaldan “xalq” va “til” tushunchalarining mushtarakligi muammosi allomalarning doimiy diqqat markazida turuvchi jihatlardan biri bo‘lgan. Chunonchi, xalq deyilganda bir necha tillarda so‘zlovchi kishilar jamoasi tushunilgan bo‘lsa, til deganda xalq iste'molida mavjud bo‘lgan til e'tiborga olinadi. Muayyan til bitta xalqning milliy xususiyatlarini o‘zga xalqdan farqlantirib turadi. Aholining etnik va lisoniy xususiyatlari o‘zaro bog‘liq xususiyatlarga egadir. Ulardagi to‘laqonli, har tomonlama muvofiqlik va o‘xshashlik ayniqsa, ibtidoiy davrlarda ravshan namoyon bo‘luvchi xarakterga ega bo‘lgan.

Til va madaniyatning umumiy va xususiy holatlar kesimidagi qiyosida ular (til va madaniyat) strukturasidagi izomorfizmni kuzatish mumkin. Bu jihat mazkur strukturalardagi ichki ierarxik qurilishga ham xosdir. Xususan, nutq madaniyati tushunchasi o‘z tegrasida o‘zbek adabiy tili me'yorlarinigina emas, balki, umumilliy til me'yorlarini ham nazarda tutadi9, bu me'yorlar sirasida sheva, lahja, dialektlarning o‘ziga xos me'yorlari ham ko‘zda tutiladi. Binobarin, yuqoridagi izomorfizm tushunchasiga yaqin kelib, N.I.Tolstoy o‘zining quyidagi tasnifni keltiradi: a) elita qatlam madaniyati, b) xalq madaniyati, v) oraliq madaniyat, g) an'anaviy-kasbiy madaniyat (asalarichilik, podachilik, savdo-hunarmandchilik). Mazkur tasnifga asosan, olim til va madaniyat qiyosiga doir quyidagi qatorni tuzadi: adabiy til – elitar madaniyat; oddiy so‘zlashuv – “uchinchi madaniyat”; sheva, lahjalar – xalq madaniyati; argo – an'anaviy – kasbiy madaniyat.


Yüklə 19,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə