Student: Hamidboyev Abdulahad Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tilshunoslik



Yüklə 19,62 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü19,62 Kb.
#155546
1   2   3   4   5   6
Hamidboyev Abdulahad

Til va etnik tegishlilik. Odamlar va kishilik jamoalari turli mezon va belgilariga ko‘ra farqlanadilar. Ularning ayrimlari odamning irsiyatida mavjud: ular tug‘ma bo‘ladi va odamlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Masalan, bular – jins, irq, ruhiy xususiyatlar, qobiliyatdir. Qolgan belgilar ijtimoiy shartlangan bo‘lib, bu fuqarolik, ma'lumot, kasb, ijtimoiy-mulkiy maqom, konfessional13 tegishlilik (yoki konfessional tegishli bo‘lmaslik) kabilardir. O‘rni bilan qayd etish lozimki, alohida olingan individning ijtimoiy xususiyatlari uning yoxud o‘zga kishilarning, tashkilotlarning irodasiga turli xilda bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odam o‘z fuqaroligini tanlay olmaydi, biroq shunday “avtomatik” vaziyatlar (masalan, “fuqarolikni o‘zgartirish”, “fuqaroligi yo‘q shaxslar”, “ikki fuqarolik”, “fuqarolikdan mahrum qilish” singari) bo‘ladiki, unda kishining shaxsiy irodaviy qarori va tanlovi katta ahamiyatga ega bo‘lib qoladi. Ba'zi ijtimoiy qirralar meros bo‘lib berilishi ham mumkin: feodalizm tuzumi davrida muayyan shaxsga uning ota-onasi mansub bo‘lgan ijtimoiy maqomining o‘tishi tabiiy hol bo‘lgan. Insoniyatning etnik tegishlilik xususiyati ibtidoiy-jamoa tuzumida urug‘ yoki qabila tarkibidagi qondoshlik rishtalariga asoslangan. So‘nggi davrlarga kelib esa, etnik tegishlilik (milliylik) kishi va kishilik jamiyatining ijtimoiy o‘lchov mezoniga aylanib bormoqda. Shuningdek, kishining qaysi millatga mansubligini shaxsan o‘zi belgilashi ham uning shaxsiy ishi hisoblanadi.

Uzoq yillar davomida tilshunoslik fani tilni unga insonning dahli (insondagi aloqa vositasini tashuvchilik xususiyatini inobatga olish evaziga) hamda undan foydalanish shartlari va kommunikativ vazifa bilan munosabati masalasiga e'tibor qaratmasdan o‘rgandi. Ushbu tendensiya struktur tilshunoslikda yaqqol ko‘zga tashlanib, bunda yaxlit sistemani tashkil etuvchi lisoniy birliklarga katta e'tibor qaratildi. G.V.Kolshanskiy ta'biricha, struktur lingvistika “tilning har bitta birligini mavhumlashtiradi va uni tegishli birlikning kommunikativ vazifasi yordamida emas, uning barcha ichki transformatsion imkoniyatlari (potensiali) orqali qayta shakllanadigan mustaqil modelga aylantiradi” Mavhum (abstrakt) qurilishli bunday tizim yoki mikrotizim (masalan, yadroli gaplar tizimi) o‘zida kommunikativ sistema sifatidagi til qonuniyatlariga emas, ma'lum model talqini (izohi)ning immanent qoidalarga bo‘ysunuvchi konstruksiyalar – transformalarning o‘ziga xos jihatlarini jamlaydi. Tilshunos olimlarning uzoq muddat mavjud bo‘lib kelgan «inson va lison» muammosiga bu tariqa yondashuvini O.G.Pochepsov lingvotsentrizm deb ataydi va “lingvotsentrizm lisonni uning demiurgi– insondan ajratadi”, deya ta'kidlaydi. Tilshunoslikda tilga nisbatan turg‘unlashib qolgan ushbu munosabat V.fon Gumboldt (Humboldt, Wilhelm von - 1767–1835) ning til (Gumboldt ta'biricha, umumxalq ma'naviy quvvati) haqidagi: “Inson o‘z lisonining ko‘lamiga sig‘maydi (buni so‘zlar misolida ko‘rish mumkin); biroq u o‘zining tizginsiz ruhini – nima bilandir jilovlash hamda so‘zni biror-nimani chegarada ushlab turuvchi mezon sifatidagi so‘zlarga sig‘dirishiga to‘g‘ri keladi” degan qarashlari tufayli o‘zgarishlarga yuz tutdi.


Yüklə 19,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə