Sug‘urtaning kelib


Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondlarini



Yüklə 479,76 Kb.
səhifə3/8
tarix09.09.2023
ölçüsü479,76 Kb.
#121553
1   2   3   4   5   6   7   8
moliyASEMINAR

Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondlarini uning qatnashchilari o‘rtasida badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisi.
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi».
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari mos keladi. Ular sug‘urtani moliya tizimining bir bo‘g‘ini sifatida xususiyatlarini oydinlashtirishning tashqi shakllari hisoblanadi.
Sug‘urtaning to‘rtta funksiyasi mavjud:

  1. Tavakkalchilik

  2. Oldini olish

  3. Jamg‘arma

  4. Nazorat

Asosiysi tavakkalchilik funksiyasi hisoblanadi, chunki sug‘urtaviy tavakkal zarar ehtimolligi sifatida talofat ko‘rgan xo‘jaliklarga pullik yordam ko‘rsatish bo‘yicha sug‘urtaning asosiy yo‘nalishi bilan bevosita bog‘liq. Aynan tavakkalchilik funksiyasining amal qilish doirasida sug‘urta ishtirokchilari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sug‘urta hodisalari oqibatlari bilan bog‘liq pul shaklidagi qiymatning qayta taqsimlanishi ro‘y beradi.
Oldini olish funksiyasi sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismi hisobidan sug‘urta tavakkalchiligini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Hayot sug‘urtasida sug‘urta kategoriyasi kredit kategoriyasi bilan hayotni ma’lum muddatgacha sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha mablag‘larni jamg‘arishda ancha yaqinlashadi. Hayot sug‘urtasi orqali pul mablag‘larini jamg‘arish oilaviy sharoitda sug‘urtaviy himoyaga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liqdir. Shu bilan sug‘urta jamg‘arish funksiyasini ham bajarishi mumkin.
Sug‘urtaning nazorat funksiyasi sug‘urta fondini qat’iy maqsadli shakllantirilishi va uning mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanishdan iborat. Mazkur funksiya yuqoridagi uch spetsifik funksiyalardan kelib chiqadi va konkret sug‘urta munosabatlarida ular bilan birga namoyon bo‘ladi. Nazorat funksiyasiga mos ravishda qonunchilik va instruktiv hujjatlar asosida sug‘urta amallarini to‘g‘ri bajarilishi ustidan moliyaviy sug‘urta nazorati amalga oshiriladi.
Sug‘urtani amalga oshirish jarayonida sug‘urta ishtirokchilarining turlicha sug‘urtaviy manfaatlarini namoyon bo‘lishi, sug‘urtaga tegishli obyektlarning turlichaligi, sug‘urta hodisalarining keng ko‘lamliligi va boshqa omillar bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab spetsifik munosabatlar yig‘indisi yuzaga keladi. Shu munosabat bilan u yoki bu konkret sug‘urta munosabatlarini maxsus terminologiya yordamida aks ettirish zaruriyati tabiiydir.
Sug‘urta terminologiyasi yordamida sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida bir tilda suhbat olib borish, sug‘urta shartlarini tushunish, unda ishtirok etayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlash, sheriklar bilan amaliy munosabatlarni olib borish, reklama va boshqa sug‘urta ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Sug‘urtaning tashkiliy atamalariga quyidagilar kiradi.
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə