Sug‘urtaning kelib


Sug‘urta mablag‘larining sarflanishi bilan bog‘langan atamalar



Yüklə 479,76 Kb.
səhifə7/8
tarix09.09.2023
ölçüsü479,76 Kb.
#121553
1   2   3   4   5   6   7   8
moliyASEMINAR

Sug‘urta mablag‘larining sarflanishi bilan bog‘langan atamalar.

Respublikamiz hududida har yili majburiy va ixtiyoriy sug‘urta badallari hisobiga ulkan sug‘urta fondlari shakllanadi. Bu fondlarning sarflanishi dastlab xavf-xatarga bog‘liq. Agar sug‘urta hodisalari ro‘y bermasa, zararni qoplashga sarflanadigan mablag‘lar kam miqdorni tashkil qiladi, agar yirik miqyoslarda sug‘urta hodisalari sodir bo‘lsa, yetkazilgan zararlarni qoplash uchun sug‘urta fondidan mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Demak sug‘urta fondi mablag‘larini sarflash uchun ularni nimalar uchun foydalanish, mablag‘ ajratish uchun qanday hujjatlarni rasmiylashtirish, sug‘urta hodisalarini ko‘p yoki kamligiga qarab sug‘urta samaradorligi haqida fikr yuritish uchun dastlab quyidagi atamalarni mazmuni bilan tanish bo‘lish kerak:




  • Sug‘urta xavf-xatari

  • Sug‘urta hodisasi

  • Sug‘urta dalolatnomasi

  • Sug‘urta zarari

  • Sug‘urta rentasi

  • Sug‘urta qoplamasi

Sug‘urta xavf-xatari. Xavf-xatar so‘zidan bir qancha mazmun va ma’no kasb etadi. Bularning hammasi xavf-xatar va unga nisbatan javobgarlikni ifoda qiladi. Shu munosabat bilan uni xavf-xatarlarning to‘plami, deb tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bu tushuncha sug‘urtalangan mulk, sug‘urta hodisasi, sug‘urta xavfi va boshqa tushunchalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Sug‘urta hodisasi. Sug‘urta xavf-xatarida ko‘zda tutilgan favqulotda tasodiflardan birortasi sodir bo‘lishi. Bunday hodisalarga mulk sug‘urtasida tabiy ofatlar, yong‘in, falokat, portlash va boshqalar. Shaxsiy sug‘urtada ma’lum yoshga yetish, baxtsiz hodisalarning sodir bo‘lishi, vafot hodisalari kiradi. Baxtsiz hodisasi deganda sug‘urtalanganning sog‘ligiga va hayotiga zarar keltiruvchi favqulotda hodisalar ko‘zda tutiladi. Sug‘urta hodisasi natijasida ko‘rilgan zarar belgilangan miqdorda sug‘urta fondi hisobidan qoplanadi.

Yüklə 479,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə