Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari


Turli ekinlarning suv tanqisligiga ta’sirchanligi



Yüklə 57,36 Kb.
səhifə6/12
tarix31.05.2022
ölçüsü57,36 Kb.
#88418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 mavzu Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish

Turli ekinlarning suv tanqisligiga ta’sirchanligi. Paxta va sorgo kabi ekinlarga kelsak, ular suv tanqisligiga u qadar ta’sirchan emas. Misol uchun, odatda paxta og’ir qurg’oqchilik sharoitlarida nobud bo’lmaydi, biroq hosili kamayadi. Agar ekinlarga suv berish sug’orish grafigi asosida tashkil qilinadigan bo’lsa, suv tanqis bo’lgan davrlarda birinchi galda qurg’oqchilikka ta’sirchan ekinlar, ya’ni rezavor sabzavotlar sug’orilishi maqsadga muvofiqdir.
Hududiy tamoyildan havza tamoyiliga o’tish afzalliklari.

Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida mavjud bo’lgan suv hajmlari quyidagi hujjatlarga asosan taqsimlangan.


1. Umumiy taqsimot. 1983 – 1984 yillari ishlab chiqilgan «Amudaryo va Sirdaryo havza sxemalariga» asosan amalga oshirilgan. Shu hujjatlarga asosan O’zbekistonga 71,69 mlrd. m3 suv belgilangan. Shu jumladan:
 daryolardan - 58,6 mlrd. m3 81,7 %
 shundan ichki daryolardan - 11,47 mlrd. m3 19,6 %
 yer osti suvlaridan - 10,07 mlrd. m3 14,0 %
 zavur-oqova suvlaridan - 3,02 mlrd. m3 4,3%
2. Amudaryo suvlarining taqsimoti bo’yicha 1987 yil 10 sentyabrdagi bayonnoma. Shu hujjatga asosan Amudaryo suvi umumiy suv hajmi 61,5 mlrd. m3 bo’lib, quyidagicha taqsimlangan:
 Tojikistonga - 9,5 mlrd. m3 15,5%
 Turkmanistonga - 20,0 mlrd. m3 35,8 %
 O’zbekistonga - 29,6 mlrd. m3 48,1 %
Ayni paytda shu hujjat bilan O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasidagi amaldagi suv oqimi Kerki gidropostida 50 % ga 50 % qilib belgilangan.
Farg’ona vodiysida joylashgan kichik daryolarning suv hajmlari 1981 yil 2 iyunda tasdiklangan mahsus bayonnomaga asosan taqsimlangan.
Andijon va Tuyamo’yin suv omborlaridan chiqariladigan va boshqa davlatlararo kanallardagi suv hajmlarining taqsimoti tegishli loyiha hujjatlari tayyorlashda amalga oshirilgan.
Bu hujjatlarning barchasi 1992 yil 18 fevralda Almati shahrida tuzilgan. «Davlatlararo suv manbalaridagi suv resurslarini birlikda boshqarish va muhofaza qilish» haqidagi bitim kuchda e’tirof etilgan.
Keyingi yillarda Respublika qishloq xo’jaligini boshqarish va rivojlantirish bozor iqtisodiyoti prinsiplari asosida olib borilmoqda. Qishloq xo’jaligi sohasida olib borilayotgan islohatlarini tezkorlik bilan amalga oshirilishini ta’minlashini ta’minlash maqsadida 2003 yil 24 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo’jaligidagi islohatlarning asosiy yo’nalishlari to’g’risida»gi PF-3226 farmoni e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi «Suv resurslarini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori bilan respublikamizda irrigasiya tizimlarini boshqarish ma’muriy-hududiy prinsiplardan havza prinsiplariga o’tish jarayoni huquqiy asosida belgilab berildi, ya’ni Respublika viloyatlarida faoliyat ko’rsatayotgan 237 suv xo’jaligi tashkilotlari negizida:

  • Norin-Qoradaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Norin-Sirdaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Sirdaryo-So’x irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Chirchiq-Ohangoron irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Amu-Surxon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Amu-Qashqadaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Amu-Buxoro irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Quyi-Amudaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Zarafshon irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi;

  • Birlashgan dispecherlik markaziga ega bo’lgan Farg’ona vodiysi magistral kanallar tizimi boshqarmasini tashkil etildi.


Yüklə 57,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə