Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari


Yangi tashkil etilgan Irrigasiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi



Yüklə 57,36 Kb.
səhifə7/12
tarix31.05.2022
ölçüsü57,36 Kb.
#88418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 mavzu Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish

Yangi tashkil etilgan Irrigasiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
 suvdan foydalanishning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish:
 ilg’or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo’jaligida yagona texnika siyosatini o’tkazish;
 iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o’z vaqtida ta’minlashni tashkil etish;
 irrigasiya tizimlari va suv xo’jaligi inshoatlarini texnik ishonchliligini ta’minlash;
 havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;
 suv iste’molchilari bo’yicha suv resurslaridan foydalanishni aniq hisobi va hisobotini ta’minlash.
Suv resurslari boshqaruvi havza prinsipiga o’tkazish sabablari:
 Yildan- yilga kuchayib borayotgan suv tanqisligi;
 O’zbekistonga 58,6 mlrd. m3 daryo suvlaridan faqat 11,47 mlrd. m3 (19,6 %) respublika hududida paydo bo’ladi, qolgani esa qo’shni davlatlar hududida paydo bo’ladi, qolgani esa qo’shni davlatlar hududidan o’tib keladi;
 Markaziy Osiyoda 5 ta mustaqil davlatlar paydo bo’lishi munosabati bilan davlatlararo suv boshqaruvi murakkablashdi va ayrim hududlarda kafolatli suv ta’minoti darajasi pasaydi;
 Respublika g’alla mustaqilligini ta’minlash uchun mavjud bo’lgan suv xo’jaligi obyektlarini mavsumiy ishlatish davri uzaydi;
 Suv xo’jaligi obyektlarini ishlatish uchun ajratilayotgan byudjet mablaglarining hajmini kamaytirish;
 Suv xo’jaligi asosiy fondlarining eskirishi. Aksariyat suv xo’jaligi obyektlarini qurilib ishlatilayotganiga 30-35 yil, ayrimlariga esa 40-45 yil bo’ldi. Natijada ko’pgina obyektlar, ayniqsa nasos stansiyalar va yirik gidrotexnik inshoatlar hozirgi kunga kelib qaytadan tiklanishi va modernizasiya qilinishi zarur bo’lib qoldi;
 Asosiy suvdan foydalanuvchi bo’lgan qishloq xo’jaligida bozor iqtisodiyotiga o’tish borasidagi islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha jadal olib borilayotgan katta miqyosdagi ishlar suv xo’jaligi tizimiga ham ma’lum talablar qo’ydi;
Yuqoridagi sabablarning asoslari qilib quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
 2003 yil 24 martdagi PF-3226-sonli «Qishloq xo’jaligida islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni;
 2003 yil 28 iyundagi 290- sonli «O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori;
 2003 yil 21 iyuldagi 320-sonli «Suv xo’jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori;
Bugungi kunda mamlakatimiz xalq xo’jaligida suv resurslaridan foydalanish quyidagi ko’rinishni olmoqda:
 maishiy xizmat - 2,9 mlrd. m3 5,55%;
 energetika - 4,09 mlrd. m3 7,7%;
 sanoat - 0,77 mlrd. m3 1,5%;
 baliqchilik - 0,4 mlrd. m3 0,8%;
 qishloq xo’jaligi - 48,9 mlrd. m3 92%;
2003 yil 12 iyuldagi 320-sonli «Suv xo’jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to’grisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarorida O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligining suv xo’jaligi bosh boshqarmasi to’g’risidagi Nizom, Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi va Magistral kanallar boshqarmasi to’g’risidagi Namunaviy Nizomlar tasdiqlanadi.
Qarorda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi va vazirligi Moliya vazirligiga 2003 yil 1 oktyabrgacha bo’lgan muddatda Irrigasiya tizimlari havza boshqarmalarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Ushbu qaror asosida Respublika Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi 2003 yil 28 iyulda 121-buyruq qabul qilgan bo’lib, havzalar bo’yicha Irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari va ularning tarkibiy tizimlari tuzib chiqildi. Jumladan, bu buyruq bilan «Zarafshon» Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi quyidagi tarkibiy tizimlardan iborat etib tashkil qilindi (7.3-jadval).
3-jadval
«Zarafshon» Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasining tarkibiy tuzilishi.



Nomi

Ma’muriy joylashuvi

1

«Zarafshon» magistral tizimi boshqarmasi

Samarqand shahri

2

«Tuyatortor kanali» Irrigasiya tizimi boshqarmasi

G’allaorol tumani

3

«Mirza-Pay» Irrigasiya tizimi boshqarmasi

Jomboy shahri

4

«Darg’om» Irrigasiya tizimi boshqarmasi

Samarqand shahri

5

«Eski Anhor» Irrigasiya tizimi boshqarmasi

Chiroqchi tumani

6

«Oq- qoradaryo»Irrigasiya tizimi boshqarmasi

Loyish shahri

7

«Miyonqol-Toss» Irrigasiya tizimi boshqarmasi

Kattaqo’rg’on tumani

8

«Karmana-Konimex» Irrigasiya tizimi boshqarmasi

Karmana shaxri

9

«Narpay-Navoiy» Irrigasiya tizimi boshqarmasi

Narpay tumani

Zarafshon Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi Zarafshon vodiysi suv xo’jaligidan foydalanish boshqarmasi, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari va suv xo’jaligi boshqarmalari negizida tashkil etildi.


Yangi tashkil etilgan Zarafshon Irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi hududiy joylashuvi va sug’oriladigan suv maydonlari xajmi bo’yicha Respublikada tashkil etilgan havza boshqarmalari o’rtasida 2-o’rinda turadi.
Boshqarmaning asosiy vazifasi Zarafshon daryosi suv resurslarini shu suv resurslari bilan ta’minlanishi ko’zda tutilgan.
Iste’molchilar o’rtasida to’g’ri taqsimlab, birlamchi suvdan foydalanuvchilar chegarasigacha yetkazib berishdan iboratdir.
Boshqarma tarkibidagi birinchi magistral va 8ta Irrigasiya tizimining vazifalari va xizmat ko’rsatish hududlari quyidagicha belgilab berilgan:
 «Zarafshon magistral tizimi» tizim asosan Zarafshon daryosi suv resurslarini tranzit holda o’tkazish va talabnomalarp asosida Irrigasiya tizimlari hisobida bo’lgan kanallarga yetkazib berish va viloyat hududidagi 8 ta suv omborini ishlatishdan iborat;
 «Tuyatortar kanali» Irrigasiya tizimi – tizim asosan Jizzax viloyatining Baxmal, G’allaorol va Jizzax tumanlarining 370 ming gektar sug’oriladigan maydonlariga hizmat ko’rsatadi;
 «Mirza-Pay» Irrigasiya tizimi – tizim asosan Samarqand viloyatining Bulung’ur, Jomboy va Poyariq tumanlaridagi 92511 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
 «Darg’om» Irrigasiya tizimi – tizim asosan Samarqand viloyatining Urgut, Toyloq, Samarqand, Pastdarg’om, Nurobod, Kattaqo’g’on tumanlari va Samarqand shahrining 122237 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
 «Eski Anhor» Irrigasiya tizimi boshqarmasi – tizim Samarqand viloyatining Pastdarg’om, Nurobod, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Qamashi va Shahrisabz tumanlarining 47 ming gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
 «Oq-qoradaryo» Irrigasiya tizimi boshqarmasi – tizim asosan Samarqand viloyatining Oqdaryo, Jomboy, Ishtixon, Payariq, Samarqand va Qo’shrobod tumanlarining 70034 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
 «Miyonqol-Tos» Irrigasiya tizimi boshqarmasi-tizim asosan Navoiy viloyatining Xatirchi, Samarqand viloyati Ishtixon va Kattaqo’rg’on tumanlarining 67638 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat kursatadi:
 «Karmana-Konimex» Irrigasiya tizimi boshqarmasi- tizim asosan Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Konimex, Qiziltepa va Navoiy tumanlarning 47961 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi;
 «Narpay-Navoiy» Irrigasiya tizimi boshqarmasi- tizim asosan Samarqad viloyatining Narpay, Paxtachi, Nurobod, Kattaqurg’on va Navoiy viloyatining Navoiy tumanlarining 60810 gektar sug’oriladigan yer maydonlariga xizmat ko’rsatadi.




Yüklə 57,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə