Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari



Yüklə 57,36 Kb.
səhifə4/12
tarix31.05.2022
ölçüsü57,36 Kb.
#88418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5 mavzu Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish

Birinchi yo’nalish – qayta qurilayotgan qishloq xo’jaligi korxonasi negizida tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga suv xizmati tuzilmasining bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish.
Ikkinchi yo’nalish – Respublika suv xo’jaligi kompleksini boshqarishni takomillashtirish.
Uchinchi yo’nalish – suv xo’jaligi obyektlarini zamonaviylashtirish. Hozirgi kunda tugatilgan qishloq xo’jaligi korxonalari negizida tashkil etilayotgan fermer xo’jaliklariga suv xizmati ko’rsatuvchi tuzilmaning bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish, xo’jalik ichki sug’orish tarmoqlarida suvdan foydalanuvchilar soni ko’payib, suvning hisob-kitobini olib borish hamda suvdan oqilona va maqsadli foydalanishni yo’lga qo’yish muhim vazifalardan biriga aylanib bormoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan “Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari hududida o’zaro suv xo’jaligi munosabatlarini tartibga solish to’g’risida”gi tartib tasdiqlandi.
Mazkur tartibga asosan tugatilgan xo’jaliklar hududida joylashgan barcha ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar birlashtirilib, sug’orish tarmog’i bo’yicha ularning “Uyushmasi” tashkil etilishi belgilab qo’yildi. Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) zimmasiga xo’jalik ichki sug’orish tarmoqlarini bir maromda ishlatish, ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar o’rtasida adolatli suv taqsimotini o’rnatish, sug’orishning ilg’or texnologiyalarini joriy qilish hamda ularning huquqlarini himoya qilish kabi vazifalar yuklatildi. SFU- bu bir sug’orish tarmog’ida joylashgan barcha ikkilamchi suvdan foydalanuvchilarning ixtiyoriy ravishda birlashgan tashkilotidir.
Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) bir yoki undan ortiq kanal atrofidagi suvdan foydalanuvchilarning xohish irodasi bilan tuziladigan va ular tomonidan boshqariladigan notijorat tashkilotdir.
Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog’liq xo’jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo’jaliklari va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashmasidir.
Suvdan foydalanuvchilar – fermer, dehqon xo’jaliklari, tomorqa egalari va boshqalar bo’lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigasiya-meliorasiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish orqali uyushma hududida sug’orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o’zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar.
Suvdan foydalanuvchilar – cheklangan miqdordagi suvni olish, undan va ichki suv xo’jaligi obyektlaridan foydalanish bilan bog’liq xo’jalik hamda boshqa faoliyatlarni amalga oshiruvchi fermer va dehqon xo’jaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir.
SFU zaruriyati shundaki, uyushma hududidagi suvdan foydalanuvchilar quyidagi muammolarga duch kelishlari mumkin:
-yagona teng huquqli suv taqsimlash tizimi yo’lga qo’yilmaganligi bois suvdan foydalanuvchilar o’rtasida suv uchun uzluksiz ziddiyatlar vujudga keladi;
-irrigasiya-meliorasiya tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlashga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag’larning yetishmasligi tufayli ularning holati yomonlashib boradi;
-suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanmaslik ularning keskin kamayish havfini keltirib chiqaradi va kelajakda Orol bo’yi hududida yuz bergan favqulodda ekologik vaziyat yanada og’irlashadi.

Yüklə 57,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə