Tabiiy fanlar fakulteti


To`garak og`izlilarning sistematikasi



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə8/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

To`garak og`izlilarning sistematikasi
To`garak og`izlilarning sinfi 2 ta kenja sinfga bo`linadi.
1-kenja sinf- minogalar
Minogalar bitta minogasimonlar turkumini va minogalar oilasini o`z ichiga oladi. Bular dengiz va daryolarda erkin suzib yuradi, chala parazitlik qilib ovqatlanadi. Minogalar ko`pincha baliqlarning gavdasiga yopishib olib, uning qoni va go’shtini suradi. Ko`zlari yaxshi rivojlanmagan. Jabra teshiklari 7 juft bo`lib, har biri mustaqil ravishda tashqariga ochiladi.
Minogalarga vakil qilib, gavdasining uzunligi 1 m gacha boradigan dengiz minogasi, daryo minogalarini olamiz.
2-kenja sinf – miksinalar
Miksinalarning orqа suzgich qanoti yo`q, ko`zlari terisi ostiga yashiringan. Jabra teshiklari 15 juftgasha bo`ladi. Ichki qulog’ida faqat bitta yarim doirali kanali bo`ladi. Jabra teshiklari kanallar xolida borib, teri tagidan bir juft teshik bilan tashqariga ochiladi.
Bu belgilarning hammasi miksinalarning ovqatlanishiga asoslangan, ya’ni miksinlar baliqlarning gavdasi ichiga kirib oladi va ichki organlarini eydi. Shu sababli bular parazit hayvonlar deb ataladilar.
Axamiyati. Minogalar ovqatga ishlatiladi. Rossiyada minogalar, asosan, Volga daryosidan tutiladi. Miksinlar turga tushgan baliqlarni yeb qo’yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli darajada zarar yetkazadi.
6- MA’RUZA

Tog`ayli baliqlar sinfi

Reja
1.Tog`ayli baliqlar sinfining umumiy tavsifi, tashqi tuzilishi.
2.Tog`ayli baliqlarning skeleti.
3.Nerv sistemasi, sezuv organlari, ham organlari, nafas olish va qon
aylanish tizimi, siydik tanosil sistemasi.
4.Tog`ayli baliqlar sistematikasi
A) Plastinkajabralilar kenja sinfi.
V) Yaxlit boshlilar kenja sinfi.


Tayansh iboralar: skeleti, tog`ay, plakoid tangacha, kloaka, ichki urug’lanish, dum, suzgich qanoti, toq va juft suzgich qanotlar, jag`, jabra, umurtqa pog’onasi skeleti, bosh skeleti, suzgich qanotlar skeleti. Nerv sistemasi va sezish organlari, yon shizig’i, xazm qilish organi, spiral klapan, jabrasi, qonaylanish va siydik tanosil sistemalari.
Kenja sinflar, turkumlar, vakillari asosan dengiz va okeanlarda yashaydi. Skeleti to’liq tog`aydan tashkil topgan. Terisi plakoid tangacha bilan qoplangan. Dumi teng bo’lmagan pallali – geteroserkal tipda. 5-7 juft jabra yoriqlari to’g’ridan – to’g’ri tashqariga ochiladi. Xavo pufakchalari bo`lmaydi. Ichaklarida yaxshi rivojlangan spiral klapan bor. Yuraklarida arterial konus taraqqiy etgan. Urug’lanishi ichki, shu sababli erkagining qorin suzgich qanotini bir qismi o`zgarib kopulyativ organga aylangan, kloakasi bor. Suyakli baliqlardagi singari toq suzgich qanotlaridan tashqari ko`krak va qorin juft suzgich qanotlari bo`ladi. Oldingi miya yarim sharlari tagida kulrang modda ko`ndalang tanani xosil qiladi, bu esa birlamchi xidlash vazifasini bajaradi.
Tog`ayli baliqlarning tuzilishini ko`ppak akula misolida ko`rib chiqamiz.
Tashqi kurinishi. Buyi 1 m ga boradi. Gavdasi o`zunshok yoy shaklida bo`ladi. Boshining uchida kazgishi bor. Boshining yon tomonlarida 5 juftdan jabra yoriqlari joylashadi. Ko`zlarining orqаsida ikkita xalqumga ochiladigan sashratkilari bo`ladi. Gavdaning ostki tomonida, dumning oldida kloaka bor. Dum suzgich qanoti teng pallali bo`lmaydi, ya’ni ustki pallasi pastkisiga nisbatan katta bo`ladi. Bunday dum suzgich qanoti geteroserkal dum deyiladi. Gavdaning oldingi yon tomoniga gorizontal joylashgan juft ko`krak suzgich qanoti, orqа qismining qorin suzgich qanoti joylashadi. Erkaklarining qorin suzgich qanotlarini bir qismi o`zgarib, kopulyativ organga aylanadi. Orqаsining keyingi tomonida toq orqа suzgich qanoti joylashgan. Qorin suzgich qanotining orqа tomonida toq orqа suzgich qanoti bo`ladi. Og`iz teshigi boshning ostki tomonida ko`ndalang joylashadi. Og`izninig ustki tomonida bir juft burun teshigi bor.
Teri qoplagichlari. Epidermisi ko`p qavatli bo`lib, bir xujayrali bezlarga boy, shin teri tolali biriktiruvshi to’qimadan tuzilgan. Terisi plakoid tangacha bilan qoplangan. Bu tangacha plastinka shaklida shin terida joylashgan. Tangacha suyakka yaqin dentin degan moddadan tuzilgan, konusi esa maxsus emal moddasi bilan qoplangan. Plakoid tangachalar jag`ga o`tar ekan, shin tishlarga aylanadi. Bosh bilan tananing ikki yon tomonida yon chiziq sezuv organi bor.
Skeleti faqat tog`aydan iborat bo`lib, quyidagi bo’limlarga ajratiladi: 1) o’q skeleti, 2) bosh skeleti, 3) juft suzgich qanotlar skeleti, 4) toq suzgich qanotlar skeleti.
O’q skeleti bir nechta umurtqalarning o`zaro qushilishidan xosil bo`lgan umurtqa pog’onasidan iborat. Umurtqalarning ichida va umurtqalar orasidagi bo’shliqda xorda joylashadi. Gavdaning tana bo’limidagi umurtqalilarni yon tomonlaridan qoplab turadi.
Bosh skeleti ikki bo`limdan: miya qutisi va visseral skeletdan tashkil topgan. Miya qutisi eshituv, ko`ruv va xidlov organlari, tog`ay kapsulalari hamda qizg`ish burun skeletlaridan tashkil topgan bo`lib, bu kapsulalar bosh miyani hamma tomondan ximoya qilib turadi. Miya qutisining pastki tomoni paraxordali va trabekula tog`ay plastinkalaridan tarkib topgan.
Visseral skelet jabra yoyi, til osti yoyi va jag` yoylaridan tuzilgan. Jabra yoylari to’rt juft va bitta toq tog`aylardan hamda jabra teshiklarni tutib turadigan tog`ay shulalardan iborat.
Til osti yoyi juft ustki giamandibulyar tog`aydan: uning ostida joylashgan gioid tog`aydan hamda toq kopula tog`aylaridan tashkil topgan.
Jag` yoyi ustki tanglay- kvadrat tog`aylaridan va pastki juft mekkel tog`ayidan iborat. Jag` yoyi tog`aylarining oldida bir juftdan lab tog`aylari bo`ladi.
Juft suzgich qanotlar skeleti erkin suzgich qanotlar skeletidan va kamar skeletidan tashkil topgan.
Ko`krak suzgich qanotlar kamari yoki yelka kamari akula gavdasining ikki yoydan va pastki tomonidan o`rab oladigan yaxlit tog`ay yoyidan iborat. Yoyning o`rtasida birikish yuzasi bo`lib, bunga erkin suzgich qanot skeleti birikadi. Shu yoydan yuqori qismi kurak, pastki qismi korakoid bo`limlari deyiladi. Ko`krak suzgich qanotining erkin skeleti uch bo`limdan iborat. Ko`krak suzgich qanotining kamariga tegib turgan qismi uchta tog`ay – bazalilardan, bazalilarga birikkan tayoqsimon radialilardan va bularga birikkan uzun elastik uchlardan tashkil topgan.
Qorin suzgich qanotlarining kamar skeleti yoki chanoq kamari tayoqchasimon tog`aydan iborat. Qorin suzgich qanotining erkin skeletida faqat bitta bazaliya bo`ladi. Bazaliyaning tashqi chetiga radialilar birikadi.



Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə