Ta’lim mazmuni. Mavzu rejasi



Yüklə 161,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü161,92 Kb.
#136913
1   2   3
Ta’lim mazmuni. Mavzu rejasi

Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari quyidagilardan tashkil topadi: bilim - 
o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma - 
o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka - o‘rganilgan bilim va 
shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil 
qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay 
olish qobiliyati. 
Baholash tizimi - davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka 
talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim 
muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat. 
Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari asosida o‘quv materiallari o‘quv-metodik 
majmuada o‘z ifodasini topadi. 
O‘quv-metodik majmua - darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik 
qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. 
Darslik - davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, 
metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik talablarga javob beradigan, o‘quv 
fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga 
qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim 
oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab 
chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab 
olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 
Darslik o‘quvchilarning ta’lim jarayonida, ongli ravishda va faol ishtirok etishlari, 
o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlarini ta’minlashi kerak. Ana shu masalalarni hal etish 
yo‘lida darsliklar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
motivatsion vazifa - bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga 
yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat 
(sabab)larni hosil qilishdan iborat; 
axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni etkazish, samarali usullar yordamida 
ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi; 
nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi - ta’lim jarayoni, uning natijalarini 
tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan 
ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda 
tutadi. 
muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa 
vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni 
ifodalaydi; 
rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi 
vazifasi darslik mazmunining o‘quvchilarga 
ma’naviy-axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan 
mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan iborat; 


o‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan 
konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi 
malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi. 
Mashq daftari - darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim 
standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni 
mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq 
va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy 
fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita. 
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma - darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish 
metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil 
etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda 
foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy 
mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq 
bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 
Darsliklarning multimediali ilovalari - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos 
ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil 
ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va 
lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga 
yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega 
bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron 
axborot-ta’lim resursi. 

Yüklə 161,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə