Ta’lim samaradorligini oshirishda grafik organayzerlardan foydalanish maqsadi, mazmuni, metod va vositalari Reja



Yüklə 34,94 Kb.
səhifə4/5
tarix23.06.2023
ölçüsü34,94 Kb.
#118682
1   2   3   4   5
Ta’lim samaradorligini oshirishda grafik organayzerlardan foydal

“TUSHUNCHALAR TAHLILI” metodi
Metodning mohiyati. Ushbu metod o‘tilgan (chorak, semestr yoki yilida tugagan) predmeti yoki bo‘lim barcha mavzularini o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Metodning maqsadi. O‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholayo olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki predmetining biron-bir bo‘limi tugallanganda) o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu metodni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
T-JADVAL”metodi
Interfaol “T-jadval”grafik organayzerini qo‘llash jarayonida talabalar:
- guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
- tengdoshlari orasida o‘z g‘oyalarini erkin bayon qilish, bilimlarini hech qanday ruhiy to‘siqlarsiz namoyish etish;
- muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
- guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
- o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olish;
- fikrlash, fikrlarni umumlashtirish va ular orasidan eng muhimlarini saralash;
- o‘z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
- o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
-turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Interfaol “T-jadval”grafik organayzeri - talabalarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi; - ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag‘batlantiradi; - har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; - o‘quv materialining samarali o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi; - talabalarga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi; - talabalarda o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha fikr hamda munosabatni uyg‘otadi; - talabalarda hayotiy zarur ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi; - talabalarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirilishini ta’minlaydi.

BALIQ SKELETI” metodi


“Baliq skeleti” grafik organayzeri (GO) GO talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va echish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo‘llashda talabalarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. Undan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi:
1) o‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni grafik organayzernini qo‘llash sharti bilan tanishtiradi;
2) o‘quvchi (talaba)lar kichik guruhlarga biriktiriladi;
3) guruhlar topshiriqlarni bajaradi;
4) guruhlar o‘z echimlarini jamoaga taqdim etadi;
5) jamoa guruhlarning echimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi
AGREEMENT” metodi
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo'llanadigan metod sanalib, u mashg'ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o'z tasavvurlari va g'oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko'nikma va malakalarni hosil qilishga rag'batlantiriladi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg'ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug'iladi. O’quvchilarda fikriy bog’liqlik , mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Bu metod o’quvchilar diqqat e’tiborini kuchaytirish va bilimlarini nazorat qilish uchun qulay metod hisoblanadi.
KLASTER” metodi.
Klasterlarga ajratish – o’quvchilarga biror mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Klasterlarga ajratish metodini qo’llash quyidagicha amalga oshiriladi:
- tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so’z yoziladi;
- o’quvchilar ushbu so’z bilan bog’liq xayollariga kelgan so’z va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar;
- so’zlarni yozish jarayoni o’qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so’z va qoidalar tugaguncha davom etadi.
Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Ular quyidagilardan iborat:
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e`tibor bermasdan yozib borish.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e`tibor bermaslik.
3. Vaqt tugaguncha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
4. G`oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, informatika fanlarini o’qitish jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradi va informatika fanlarini o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Interfaol metodlarni o’quvchilarni guruhlarga bo’lib o’qitishda ham qo’llash orqali ularning o’quv – biluv faoliyatini yuksaltirish va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin ekan. Bu metodlarni informatika darslarida qo’llash uchun esa fanning o’qitish hususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Ya’ni har qanday informatika o’qituvchisi o’z mutahassisligi bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lganidan so’ng, shu fanni o’qitish hususiyatlarini – kursni o’qitishning dolzarbligini, fanning o’qitilish sabablarini, o’qitish uslubiyotini va usullarini, o’qitish texnologiyasini, darslarda ma’ruza, seminar, amaliyot mashg’ulotlarini qanday tashkil etish kabi malakalarni yaxshi egallagan bo’lishi lozim.


Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu mustaqil ishida “Ta’lim samaradorligini oshirishda grafik organayzerlardan foydalanish maqsadi, mazmuni,metod va vositalari” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…». Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega. Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.


Yüklə 34,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə