Ta’lim tugrisida


Qadimgi Yunoniston davlatlarida ta’lim-tarbiya



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə42/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

Qadimgi Yunoniston davlatlarida ta’lim-tarbiya.

Yunoniston uncha katta bo'lmagan bir qancha quldorlik davlatlari- dan tashkil topgan. Uning mo'tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo'ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.


Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.
Lakoniya (Sparta)da kemalar to'xtaydigan qulay gavanlar bo'lmaganligi tufayli qullar mehnatiga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. 9 ming oiladan iborat bo'lgan quldorlar 250 mingdan ko'proq aholiga hukmronlik qilardi. Tarbiya ishlari davlat ixtiyorida bo'hb, uning asosiy maqsadi spartaliklaming bolalarini baquwat, jismoniy soglom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat edi.
Spartaliklaming bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi davlat muassasasida 18 yoshga etguncha tarbiyalanar edi. Ular «pedonom» rahbarligida jismoniy sog'lom bo'lish uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka va chanqoqlikka chidashga, og'riqqa bardosh berishga o'rgatilar edi. Ta’limning asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallar edi.
Qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf olim Plutarx Sparta maktablari- dagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi:
«O'qish va yozishga kelganda bolalarga faqat ularning eng zaruri o'rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad: hech so'zsiz itoat qildirjishni, chidamli bo'lishni va engish ilmini o'rgatishni ko'zda tutar edi».
Spartada ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar»da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashar, shubhali bo'lib ko'ringan har qanday qulni oldirar edilar.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbat- lar o'tkazib, shu yol bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar, bolalarni savol-javob jarayonida aniq va lo'nda javob berishga o'rgatgan. Yigitlar 18—20 yoshga etganda «Efeblar» o'spirinlar guruhida harbiy xizmatni o'taganlar.
Spartada qizlar tarbiyasiga ham alohida e’tibor berilgan. Ulami harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirib borilgan. Chunki erkaklar jangga ketganlarida ular shaharni qo'riqlab, qullarni itoatda saqlashini ta’minlar hatto jangga ham qatnashardilar.
Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim- tarbiya spartanikidan butunlay farq qilar, qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada eramizdan ilgarigi V—IV asrlarda madaniyat gullab yashnadi. Fan, me’morchilik va haykaltaroshlik rivoj topdi.
Ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan etuk kishini, Afinada eng ko'rkam va barkamol inson(ideal) hisoblangan.
Bolalar 7 yoshga etguncha uyda tarbiyalanar, o'g'il bolalar 7 yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko'magida uy-ro'zgor ishlariga o'rgatilar, chunki xotin-qizlaming hayoti uy doirasidan chiqmas edi.
Afinada bolalar dastlab 7 yoshdan 13—14 yoshgacha «grammatist» (savod o'rgatish ma’nosida) yoki «kifarist» (grekcha musiqa o'qituvchisi ma’nosida) maktablarda tahsil oiganlar. Bu xususiy maktablarda o'qish pullik bo'lgan. Shuning uchun kamxarj fuqarolaming bolalari ushbu maktablarda ta’lim ololmagan.




        1. Yüklə 250,14 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə