Ta’lim tugrisida


Inklyuzitiv ta'limning mohiyatini ayting



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə57/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

90.Inklyuzitiv ta'limning mohiyatini ayting.Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. Yutuqlarimiz:UNICEF Xalq ta’limi vazirligining defektolog va psixologlarning inklyuziv ta’limdagi roli to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashdi;UNICEFning ko‘magi inklyuziv ta’lim bo‘yicha 5 yillik ish rejasi ta’lim sohasining umumiy rejasiga kiritilishini ta’minladi.Istiqboldagi rejalar:tanlab olingan mintaqalarda inklyuziv ta’lim uslublarini tajriba sifatida joriy etish uchun Xalq ta’limi vazirligiga texnik yordam ko‘rsatish;maktabga qatnamaydigan yoki shunday xatarga uchrayotgan bolalarga alohida e’tibor qaratadigan viloyat bolalar rivojlanish markazlarida tegishli o‘quv dasturlarini joriy etish;o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan va imkoniyatlari cheklangan bolalar oddiy maktablarda bilim olishlari mumkin bo‘lishiga qaratilgan alohida dasturlarni «Speshial Olimpiks» ko‘magida O‘zbekistonda tajriba sifatida joriy etish.


  • 91.Òquv reja, òquv dastur va darsliklar tavsifi.Oʻquv rejasi - oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan fan, ularning boʻlimlari, oʻqitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida oʻqitilishi, ularning oʻquv yili va haftasida qancha miqdorda oʻtilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv rejasi tegishli vazirliklar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Bir tipdagi oʻquv yurtlari uchun Oʻquv rejasi yagona va majburiydir. Shu bilan birga, har bir oʻquv yurti Oʻquv rejasini belgilangan miqdorda oʻzgartirishi mumkin. Shuningdek, mamlakatdagi tayanch oliy oʻquv yurtlari uchun oʻziga xos Oʻquv rejasiga ega boʻlishga ruxsat etilgan. Oʻquv rejasining umumiy va majburiyligi taʼlim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha aʼzolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini taʼminlaydi.Oʻquv dasturi — taʼlim tizimidagi har bir oʻquv fanining mazmuni va oʻtilish tartibini, oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim hamda koʻnikmalar hajmini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat. Oʻzbekistonda Oʻquv dasturi tegishli vazirliklar qoshidagi ilmiy metodik kengashlar tomonidan tasdiqlanadi. Har bir Oʻquv dasturi uqtirish xati, oʻquv fani mazmunining qisqa bayoni, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar singari 3 qismdan iborat. Oʻquv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish Oʻquv dasturining muhim belgisidir. Chunki ayni shu narsa yaratiladigan oʻquv darsligi muallifiga muayyan nuqtai nazarni tanlash, oʻqituvchiga esa pedagogik moʻljalni toʻgʻri belgilash imkonini beradi. Taʼlim amaliyotida Oʻquv dasturi yaratishning konsentrik (markazlashgan) hamda tizimli usullari bor. Konsentrik yoʻl bilan tuzilgan Oʻquv dasturida taʼlimning mazmuni yoki oʻquv materiallari oʻqitishning keyingi bosqichida yuksakroq darajada takrorlanishi koʻzda tutiladiDarslik — muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi. D.lar 2 asosiy guruhga boʻlinadi: oʻquvchilar uchun D.lar va talabalar uchun D.lar. Oʻzbekistonda oʻquvchilar uchun moʻljallangan D.lardan umumiy oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, maxsus taʼlim maktablari va maxsus internat maktablarning oʻquvchilari; talabalar uchun nashr etilgan D.lardan oliy oʻquv yurtlari talabalari mustaqil hamda oʻqituvchilar rahbarligida foydalanadilar.D.lar muayyan fanga oid asosiy fakt, ilmiy tushuncha, qonun va nazariyalar mazmunini tegishli oʻquv yurtining dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda oʻquvchi (talaba)larga mos tarzda ochib beradi. D.lar taʼlimtarbiya vazifalarining imkoni bor darajada hal etilishiga, yaʼni bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, oʻquvchi (talaba)larda fanning muayyan sohasiga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib to-pishiga yordam beradi. D.ning tili ra-von va tushunarli boʻlishi, oʻquvchilar nutqining oʻsishiga yordam berishi lozim.



  • Yüklə 250,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə