Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .2 .  Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi  manbalari  sanaluvchi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

3 .2 . 
Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi  manbalari  sanaluvchi
 
normativ-huquqiy  hujjatlarning  vaqt,  fazo  va  shaxslar
 
o ‘rtasida  amal  qilishi
Qonun  hujjatlarining  vaqt,  hudud  va  shaxslar  o ‘rtasida  amal 
qilishiga  doir  qoidalar  yuqorida  qayd  etib  o‘tilgan  „Normativ- 
huquqiy  hujjatlar  to ‘g‘risida“gi  qonunda  nazarda  tutilgan.
Ijtimoiy  ta'm inot  sohasidagi  normativ-huquqiy  hujjatlar  vaqt, 
hudud  (fazo)  va  shaxslar  orasida  qo'llaniladi  ham da  ushbu 
m uhitlarda  amal  qilish  xususiyatlarini  to ‘g‘ri  tushunib  yetish 
ulaming  to ‘g‘ri  tatbiq  etilishi,  qonunchilikning  mustahkamlani- 
shi,  xatolarning  oldi  olinishida  muhim  ahamiyatga  ega  bo'ladi.
Ijtimoiy  ta ’minot  sohasidagi  qonun  hujjatlari  vaqt  doirasida 
kuchga  kirgan  paytidan  boshlab  bekor  qilinguniga  qadar  yoki 
uning  o'rniga  boshqa  normativ-huquqiy  hujjat  qabul  qilinguniga 
qadar  amalga  oshiriladi.  U lam i  vaqt  doirasida  amalda  qo‘llash, 
kuchga  kirish  vaqti,  bekor  qilinishi  yoki  amal  qilishning  tuga- 
t  lish  m asalalari  0 ‘zbekiston  R espublikasining  „ N o rm a tiv - 
iiuquqiy  hujjatlar  to ‘g‘risida“gi  qonunida  (26-m odda)  belgilab 
to'yilgan.
Ijtimoiy  ta ’minotga  oid  normativ-huquqiy  hujjatlarga,  odatda, 
0 ‘zbekistonning  butun  hududida  amal  qilinadi.  Ammo  uning 
bevosita  o ‘zida  yoki  normativ-huquqiy  hujjatni  amalga  oshirish 
to'g'risidagi  qarorda  uning  hudud  b o ‘yicha  ta'siri  cheklanishi 
mumkin  (masalan,  tumanlararo  koeffitsiyent  qo'shib  berish  haqi- 
dagi  aktlar  faqat  tegishli  hududlarda  qo'llanilishi  va  hokazo).
Ijtimoiy  ta'm inot  munosabatlariga  taalluqli  bo'lgan  qonun 
hujjatlari  shaxslar  o'rtasida  amal  qiladi  va  bunda  ular,  odatda, 
barcha  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  uchun  majburiy  kuchga  ega 
boiadi.
„N orm ativ-huquqiy  hujjatlar  to ‘g‘risida“gi  qonunning  29- 
m oddasida:  „N o rm ativ -h u q u q iy   hujjatlarning  am al  qilinishi
1  ,,0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to'plami”,  2005-yil,  2 8 -2 9 - 
son,  218-modda.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolari  va  yuridik  shaxslariga, 
agar  0 ‘zbe-  kiston  Respublikasining  xalqaro  shartnom asida 
boshqa  qoida  beigilanmagan  bo‘lsa,  shuningdek,  0 ‘zbekiston 
Respubiikasi  hududidagi  xorijiy  yuridik  shaxslarga,  ajnabiy  fuqa- 
rolar  va  fuqaroligi  bo'lmagan  shaxslarga  tatbiq  etiladi“ ,  deyiladi.
Normativ-huquqiy  hujjatning  o'zida  u  qo'llaniladigan  shaxslar 
doirasi  cheklab  qo'yilishi  m um kin.  M asalan,  «Fuqarolam ing 
davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida»gi  qonunda  belgilangan  pensiya 
olish  huquqi  faqat  jismoniy  shaxslaigagina  taalluqli,  yoki  bo‘l- 
masa,  pensiya  jam g‘armasiga  ish  haqi  fondidan  badallar  to ‘Iash 
majburiyati  faqat  yuridik  shaxslargagina  qoMlaniladi  va  hokazo.
Ijtimoiy  ta'm inotga  oid  qonun  hujjatlarini  sharhlash  —  uning 
m azm unini  ochib  berish,  noaniqliklar  yuzasidan  tushuntirish 
ishlari  olib  borishdan  iborat.  Ulami  rasmiy  sharhlash  va  ilmiy 
sharhlash  o ‘zaro  farqlanadi.
Ijtimoiy  ta'm inot  qonun  hujjatlarini  rasmiy  sharhlash  „N or- 
mativ-huquqiy  hujjatlar  to ‘g ‘risida“gi  qonunning  31-moddasida 
bayon  etilgan.  Rasm iy  sharhlash  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyaviy  sudi  tom onidan  yoki  qonun  hujjatini  qabul  qil- 
gan  davlat  organi  tom onidan  amalga  oshirilishi  m um kin'.
Ijtimoiy  ta ’minotga  oid  qonun  hujjatlarini  ilmiy  sharhlash 
ayrim  olim lar,  m utaxassislar,  ilmiy  m uassasalar  tom o n id an  
amalga  oshirilishi  mumkin.  Rasmiy  sharhlashdan  ilmiy  sharhlash 
farq  qilib,  ularning  qoidalari  m ajburiy  yuridik  kuchga  ega 
bolm aydi  va  qonun  mazm unini  to ‘g‘ri  tushunish,  to ‘g‘ri  qo ‘l- 
lashda  yordam  berishga  qaratiladi.  Bunday  norasmiy  sharhlash 
ayrim  hollarda  sud  organlari  tom onidan  ham  amalga  oshirilishi 
m um kin.
KALiT  SO'ZLAR
  Ijtimoiy  ta'minot  huquqi  manbayi.  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasida  ijtimoiy  ta’minot  olish  huquqi  Ijtimoiy 
ta'minot  huquqi  manbalari  tasnifi.  Ijtimoiy  ta'minot  huquqiga  oid  qonun 
hujjatlari.  ljtimoiy  ta'minotga  oid  xalqaro  hujjatlar.  Ijtimoiy  ta'minot 
qonun  hujjatlarini  vaqt,  hudud  va  shaxslar  o‘rtasida  amal  qilishi. 
Ijtimoiy  ta'minot  qonun  hujjatlarini  rasmiy  va  ilmiy  sharhlash. 1

Qa r a n g :
  „Qariya)ami  qadrlash  yiJi“  davlat  dasturiga  sharh.  „Xa)q  so'zi“ 
gazetasi,  2002-yil  25-yanvar.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə