Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

U M U M IY   Q IS M
f  BOB
  „IJTIMOIY  TA’M INO T  H U Q U Q I“  FANINING
 
T U SH U N C H A SI,  M AZM UNI,  TIZIM I.
IJTIMOIY  TA'MINOT  TURLARI
1.1. 
„Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi“  fanining  tushunchasi,
 
fuqarolarning  ijtimoiy  ta ’minot  olishga  bo‘lgan
 
konstitutsiyaviy  huquqlarining  ta'minlanishidagi  vazifalari
Ijtimoiy  ta'm inot  olish  va  ijtimoiy  muhofaza  yordami  huqu- 
qidan  foydalanish  fuqarolaming  muhim  konstitutsiyaviy  huquq- 
laridan  bo‘lib,  bu  huquqdan  foydalanish  uchun  barcha  zarur 
shart-sharoitlami  yaratish 
davlat  va  jamiyat  zimmasidagi  asosiy 
funksiyalardan  sanaladi.
Kuchli  ijtimoiy  himoyalash  siyosati  tufayli  yoshi,  salomatlik 
holati  va  boshqa  obyektiv  sabablarga  ko‘ra  yordamga  muhtoj  aholi 
moddiy-ijtimoiy  muhofazasi  izchil  va  keng  miqyosda  amalga  oshirib 
kelinmoqda.
Ijtimoiy  himoya  deganda,
  obyektiv  sabablarga  ko'ra,  davlat  va 
jamiyat  ko‘magiga  muhtoj  bo'lgan  aholi  tabaqalariga  davlat  va 
jamiyat  mablag‘laridan  moddiy  (nafaqa  va  moddiy  yordam,  ijtimoiy 
xizmatlar  ko‘rsatish  hamda  imtiyozlar  berish  nazarda  tutiladi. 
Ijtim oiy  him oya  choralari  ko'rilishi  natijasida  ehtiyojm and 
fuqarolaming  turmush  ko‘rsatkichiari  boshqa  fuqarolar  turmush 
darajasiga  yaqinlashtiriladi,  ulatga  o ‘z  ehtiyojlarini  minimal  doirada 
qondirish  imkoniyati  yaratiladi.
Ijtimoiy  ta'minot
  esa  fuqaroning  awalgi  davrlardagi  mehnat 
faoliyati  davomida  olgan  daromadlaridan  davlat  ijtimoiy  sug‘urta 
jam g‘armasiga  badal  tariqasida  o‘tkazib  turilgan  mablag‘  hisobiga 
Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'armasi  mahlag‘laridan  muntazam 
va  m ehnat  faoliyati  davri  ham da  sifatiga  m utanosib  tarzda 
muntazam  to ‘lovlarni  amalga  oshirish  yo‘li  bilan  ta'm inlashdan 
iborat.
Ijtimoiy  ta'm inot  davlat  pensiyalarini  tayinlash  va  to ‘lash, 
davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi  nafaqalarini  tayinlash  va  to'lash,  shu
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


hisobdan  turli  ijtimoiy  xizmatlar  ko'rsatish  (bepul  sanatoriy  va 
kurortga  yo‘llanmalar  berish,  bepul  davolash  va  boshqalar)  yo‘li 
bilan  amalga  oshiriladi.
Davlat  tomonidan  pensiya  va  nafaqalar  bilan  ta'm inlash  ham 
keng  m a'noda,  ijtimoiy  himoyalashdan  iborat,  am m o,  bunda 
fuqaroning  m ehnat  faoliyati  bilan  m ashg'ul  b o ‘lgani,  uning 
uchun  davlatga  ijtimoiy  sug‘urta  badallari  to'lab  turilgani  hal 
qiluvchi  rol  o'ynaydi.
„ljtimoiy  ta'm inot  huquqi“  fani  — 
fuqarolarga  ijtimoiy  muho-
 
fa za   yordamlarini  k o ‘rsatish,  ulam i  ijtimoiy  ta'minlash,  qonun
 
hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  ijtimoiy  q o ‘llab-quvvatlashni
 
amalga  oshirilishining  huquqiy  asoslarini  belgilash,  ijtimoiy  muho-
 
faza  va  ijtimoiy  ta'minotni  amalga  oshirilishi  chog‘ida  yuz  bera-
 
digan  ijtimoiy  munosabatlar,  bu  munosabatlami 
huquqiy  tartibga
 
solish,  fuqarolaming  ijtimoiy  ta 'minot  sohasidagi  huquq  va  manfa-
 
atlarini  samarali  muhofaza  etilishini  tashkillashtirish,  davlat  va
 
ja m iy a t  m anfaatlariga  qilinishi  m um kin  bo'lgan  tajovuzlarni
 
bartaraf  etish  vazifalarini  bajaradi.
Shunday  qilib, 
Jjtimoiy  ta'minot  huquqi“  fanining  predmeti
 
bo ‘lib,  ijtimoiy  muhofaza  yordami  ko ‘rsatish,  ijtimoiy  ta 'minotni
 
amalga  oshirish  chog‘ida  fuqarolar  va  davlat  ijtimoiy  ta'minot
 
organlari,  fuqarolaming  o ‘zini  o ‘zi  boshqarish  idoralari,  nodavlat
 
notijorat  tashkilotiari,  korxona  va  tashkilotlar  o ‘rtasida  yuzaga
 
keladigan,  ijtimoiy  ta 'minotga  oid  qonun  hujjatlari  bilan  tartibga
 
solinadigan  ijtimoiy  munosabatlar  hisoblanadi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə