Taqdimoti mavzu: Koshifiyning soʻz odobi va notiqlik haqidagi qarashlari



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#135211
1   2   3   4   5   6
Koshifiyning soʻz odobi va notiqlik haqidagi qarashlari - копия

  • Kamoliddin Husayn - allomaning ism-sharifi, voiz (notiq) - laqabi, Koshifiy (kashf qilmoq, yaratmoq) - adabiy taxallusidir. Husayn Voiz Koshifiy asarlarini o‘z davrining ilmiy tili - fors tilida yozgan bo‘lib, undan ko‘pgina ilmiy, badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, matematika, musiqa, voizlik, she’r san’ati, din tarixi, fiqh, tibbiyot kabi fanlarga oid 200 dan ortiq asar yozganligi manbalardan ma’lum. Ko¬shifiyning O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik va H Sulaymonov nomidagi Qo‘lyozmalar institutlarida 45 nomdagi asarlarining 197 qo‘lyozma va 75 toshbosma nusxalari saqlanmoqda.

Xusayin Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari va so’z odobi

  • Xusayin Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari va so’z odobi
  • “Odam nomi yaxshilik bilan eslash tufayli boqiydir, Xayotlik ayyomining hosili yaxshi nom orttirishdir”- deydi.
  • Bu Voiz Koshifiy axloqiy ta’limotining yetakchi g‘oyasidir. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayotida va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini kator hikoyat va rivoyatlar bilan ko‘rsatadi.
  • Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi - insonlarning xulq, fe’l-atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda bo‘lishi shart bo’lgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobiqqadamlik, saxiylik, sahovat, rostguylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir ta’riflab o‘tadi. Ko¬shifiy axloqli inson deganda, ilm-ma’rifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, sahiy, ochiq qalb insonni tushungan.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə