Taqdimoti mavzu: Koshifiyning soʻz odobi va notiqlik haqidagi qarashlari


Xusayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomai Sultoniy" asari



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#135211
1   2   3   4   5   6
Koshifiyning soʻz odobi va notiqlik haqidagi qarashlari - копия

Xusayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomai Sultoniy" asari

  • Xusayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomai Sultoniy" asari
  • Husayn Voiz Koshifiy axloqiy madaniyat muammolarini ham tadqiq etadi. Uning «Futuvvatnomai Sultoniy yohud javonmardlik tariqati» asarida muomala odobi, kiyinish odobi, hamda mehmondo`stlik va tanovul etiketi borasida o`ziga xos fikrlar o`rtaga tashlangan. Chunonchi, u, suhbat odobi borasida gap ketganda, shayhlar va boshqa martabaga erishganlar uchun ham, hali martabaga erishmagan kishilar, muridlar uchun ham rioya qilinishi zarur bo`lgan bir qancha suhbat odobi mavjud ekanini aytib, har ikki toifa suhbatdoshlar uchun alohida-alohida sakkiztadan qoida tavsiya etadi. Bu o`rinda mutafakkir so`zga lingivistik emas, axloqshunoslik nuqtai nazaridan yondoshib, unga insonning axloqlilik darajasi namoyon bo`ladigan vosita sifatida qaraydi: axloqshunoslikda so`zni insondan, insonni so`zdan ajratib tahlil etish mumkin emasligini ta`kidlaydi. «Agar so`z senikimi yoki sen so`znikimi, deb so`zlasalar, aytgil: men so`zniki va so`z menikidir, chunki so`z insonlik darahtining mevasidir, darahtni mevadan, mevani esa darahtdan ajratib bo`lmaydi», deb yozadi mutafakkir.
  • Kitobda alloma axloqshunos kasbiy odob muammolariga ham to`htalib o`tadi. Kitobning o`n to`rtinchi, o`n beshinchi va o`n oltinchi fasllari turli kasb egalari odobiga bag`ishlangan. Masalan, o`n to`rtinchi fasl «kasb-kor va savdo-tijorat odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odobi qonun-qoidalarini o`zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi: «Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor». Shundan keyin mutafakkir quyidagicha davom etadi:
  • «Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosani nechta, deb so`rasalar, sakkizta deb aytgil: birinchidan, o`z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag`dan pok saqlasin. Ikkinchidan, rizq-ro`zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug`ullansin, kasbni mol-dunyo to`plashga sarflamasin. Uchinchidan, kasbni obro` olish, yahshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin. To`rtinchidan, moli harom odamlar (amaldorlar, poraho`rlar, qaroqcxilar, o`g`rilar, qimorbozlar, kazzob do`kondorlar) bilan muomala qilmasin...» va hokazo.
  • Xusayin Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlaridagi g’oyalar
  • Koshifiy sotuvchi odobi, haridor odobi, hodimlar (xizmatkorlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham huddi shunday asosli fikrlar bildiradi. Garchand, «Futuvvatnomai Sultoniy» javonmardlik (jo`mardlik) tariqati darveshlariga atab yozilgan bo`lsa-da, undagi ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va g`oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero buyuk forsigo`y o`zbek shoiri Pahlavon Mahmud asos solgan bu tariqat darveshlik hirqasini kiygan, lekin zarur bo`lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan himoyasiga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan yerkparvar jangcxilar sulukidir. Shu bois mazkur kitobda diniylik dunyoviylikdan ajratilmay bir-birini to`ldirishi bilan inson hayotini axloqiylashtiradigan, go`zallashtiradigan hodisalar sifatida talqin etiladi. Javonmardlikning harbiylashtirilgan nasroniylar ricarlik ordenlaridan farqi ham shunda. Koshifiy ilgari surgan axloqiy g`oyalar hozirgi kunda ko`p jihatdan o`z ta`sir kuchini yo`qotgan emas. Ayniqsa, uning tijoratchi, sotuvchi va haridor odobiga doir qoidalarini zamonaviy bozorlarimiz, tijorat markazlarimiz va do`konlarimiz devorlariga yozib qo`yish ayni muddao bo`lar edi.
  • U ilgari surgan axloqiy tushunchalar: yaxshilik va adolat, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat kabilarni ta’riflab, xar birini insonda shakllantirish yo‘llari va usullarini xam bayon etadi, ularning tarkibiy qismlarigacha ajratib, ularni ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi. SHu bilan birga asosiy mezonlarini xam ko‘rsatib beradi. U axlokiylikning asosiy mezonlari sifatida insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlar deb biladi. Bularga teskari bo‘lgan xatti-xarakatlar: yolgonchilik, chaqimchilik, g‘araz, xasad, baxillik, pastkashlik, g‘iybatchilikni qoralab, ulardan qutulish yo‘llarini xam bayon etadi. Shuningdek, Koshifiy axloqiy talablarni xam bayon etadi. Bu talablar axloq koidalari bo‘lib xisoblanadi. u o‘ttizdan ortiq axloqiy qoidalarni bayon etib, bular sabr, xayo, pokizalik, sobitqadamlik, avf, saxiylik va saxovat, tavoze’ kamtarlik, rostgo‘ilik, shijoat, xushyorlik, farosat kabi insoniy fazilatlarni barcha qirralariga ta’rif beradi.
  • Xusayin Voiz Koshifiyning notiqlik haqidagi qarashlari  
  • Koshifiy Xurosonda Husayn Boyqaroning voizi (notig‘i), ta’birchisi, maslaxatchisi sifatida shuxrat qozonadi. CHunki Koshifiy Xuroson shaxarlarida va’z aytib, xulq-odob qoidalari, Qur’on va Hadis masalalarini sharxlab, xalq orasida xurmat-e’tibor qozongan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqiy Muxsiniy" asari ingliz, nemis, o‘zbek, turk tillariga tarjima qilingan. Mazkur asar Husayn Boyqaroning o‘g‘li Abdulmuxsin Mirzoga bag‘ishlangan bo‘lib, inson kamoloti uchun eng zarur xislatlar ta’riflanadi. Asarda inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi. Aqlni xaqiqat sifatida ta’riflab, inson o‘zining faoliyatini aql yordamida amalga oshiradi, deydi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə