Taqrizchilar: Qiziltepa tuman xtb ga qarashli



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/4
tarix27.03.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#103252
  1   2   3   4
1674198253 ZUXRO TAVSIYA



Tuzuvchi: Shirinova Zuhro Qiziltepatuman XTB gaqarashli 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi


ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Taqrizchilar: Qiziltepa tuman XTB ga qarashli
27- umumiy o’rta ta’lim maktabi
ona tili va adabiyot
metodbirlashma rahbari
Robbimova Iroda.
Qiziltepa tuman XTB ga qarashli
15- umumiy o’rta ta’lim maktabi
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Jalolova Gulchehra.
Mazkur metodik qo’llanma umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Ushbu qo’llanmada o’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarni tezkor fikrlashi aqliy rivojlanishi, bugungi kundagi o’rni haqida batafsil ma’lumotlar bergan, o’quvchi yoshlarni hayotga faol jalb etishda ona tilining o’rni betakrorligi alohida ta’kidlangan.
O’qituvchi o’z darslarida turli noan’anaviy dars usullaridan samarali foydalangan. “Domino” o’yini, “Talaffuzda adashmang”, “Mazmunan qarindosh, shaklan begona”, “Erkala va koyi”, “So’zdan marjon tizing”, “Ko’makchi fe’l ko’maklashdi, fe’l og’asi bardamlashdi”, “E harfi qayga ketdi? Fe’lga mehmonga ketdi” dars usullari ona tili darslarini qiziqarli o’tish uchun , o’qituvchidagi nazariy bilim va malakalarning uzviyligi o’quvchilardagi qiziqish va ijodkorlikni oshirishga xizmat qila oladi.
Ushbu metodik tavsiya esa ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari uchun amaliy yordam bo’la oladi deb o’ylaymiz. O’qituvchimizning keying pedagogik faoliyatiga omad tilaymiz.


Kirish Har bir darsni o’ziga xos usul bilan o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarioda qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishiladi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat. Bu yo’lda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqazo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishiga asoslanadi.
Bugungi ta’limda o’quvchi faoliyatini jonlantirish, uning qobilyatini o’stirish, mustaqil amaliy ish yuritish malakasiga ega qilish muhim hisoblanadi. Ma’lumki, ona tili darslariga noan’ anaviy darslarni olib kirish va uni ta’lim mazmuniga singdirish, dars o’tishning yangi-yangi usullarini topish davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Noan’anaviy darslarni tashkil etishda esa interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to’qnashuvi yuzaga keladi. O’quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi. O’qituvchi shu tarzda o’quvchilarni faollashtiradi, o’zlashtirishi past o’quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi.
Ona tili darslarida murakkab va oson mavzularni o’quvchilar ongiga oson yetkazish uchun “Domino” o’yini, “Talaffuzda adashmang”, “Mazmunan qarindosh, shaklan begona”, “Erkala va koyi”, “So’zdan marjon tizing”, “Ko’makchi fe’l ko’maklashdi, fe’l og’asi bardamlashdi”, “E harfi qayga ketdi? Fe’lga mehmonga ketdi”, “Bir so’zdan ikki ism”, “To’g’ri yozgan g’olib bo’lar, yaxshi ilm-u tolib bo’lar” kabi intefaol usullardan foydalanishimiz mumkin. Quyida shu ilg’or usullardan namuna keltirmoqchiman. Darsda bu usullarni qo’llaganimda o’quvchilar o’zini erkin tutishdi, bilimlarini namoyon etgisi keldi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ldi. Munozaraga kirishishni o’rgandi. Fikrini asoslashga odatlandi. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ham darsda faol ishtirok etishga harakat qilishdi. Bu usullar darsda yaxshi samara berdi.
“Fonetika” bo‘limi 5-sinfda o‘rganiladi va u tilning tovushlar tizimini o’rganadi. O’quvchilarga “Fonetika” bo’limini o’qitishda quyidagilardan foydalanishimiz mumkin:
Berilgan so’zlarga (masalan,ko’l, mo’l va h.k)tovushdosh so’zlar top” o’yini. O’quvchilarga berilgan so’zlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi tovushlarini o’zgartirib tovushdosh so’zlar(masalan, ko’l-kul, qul-qil, qol-hol va h.k) hosil qilish topshiriladi. Topshiriqni birinchi bo’lib bexato bajargan o’quvchilar o’yin g’olibi sanaladi
Domino”o’yinini quyidagicha o’tkazish mumkin: bir o’quvchi so’z aytadi, shu so’z qaysi harf bilan tugasa, shu harf bilan boshlangan so’zni boshqa o’quvchi aytishi kerak, bu o’yin shu tarzda davom ettiriladi. Namuna:ishla- adolatli- insofli-ilojsiz- zamindor- rostgo’y- yilnoma- aqlli- irodali- izlanuvchanlik- kasbdosh- shaharlik- kuzgi- istiqbol.
So’z ustuni” o’yini. O’qituvchi sinf doskasiga biror so’zni yozadi va o’quvchilarga uning har bir harfi bilan boshlanuvchi so’zlar ustuni hosil qilishni taklif qiladi. O’quvchilar har to’g’ri so’z uchun belgilangan ballni oladilar, har bir xato uchun ball olib tashlanadi. Yoki bu topshiriqni kartochka tarzida mustaqil ish qilib topshirish ham mumkin, bu paytda o’quvchilar topshiriqni bajarib, o’qituvchiga topshiradilar. Vaqtni hisobga olib ma’lum minutda nechta so’z yozishni o’qituvchi bolalarga e’lon qiladi va tartibni buzmay ulardan kartochkani tewrib oladi, tekshirib, baholaydi.
O N A
Obod navo aql
Ohang nizom asar
Ozod nazar alla
Odam nodir a’lo
Keyingi bo’g’inni top” o’yini. Berilgan bo’g’inlar ishtirokida so’z tuzish tushuntiriladi va qaysi o’quvchi ko’p so’z tuza olsa, o’yin g’olibi bo’ladi. Masalan, bo, bo’, jo’, ni, lo, sa,mu
1) bola,bobo, bozor, bodom;
2) bo’yin, bo’ri, bo’liq, bo’zchi;
3) jo’ja, jo’ra, jo’xori, jo’na;
4)nima, nizom, nigoh, nido, nihol;
5)lola, loyiq, lochin, lobar , loviya;
6)savob,sarob,saxovat, sadoqat,sahifa…
Talaffuzda adashmang” o’yini. O’qituvchi o’quvchilarga h va x yoki p-f tovushlari ishtirok etuvchi so’zlardan aytishni topshiradi. O’quvchilar 2 guruhga bo’linib topshiriqni bajarishlari mumkin. Shunda kim so’zni noto’g’ri aytsa o’yindan chiqadi. Mavzu asosida so’zni aytgan o’quvchi shu so’zni doskaga yozadi va imlosi bilan taqqoslanadi. Belgilangan vaqtda eng ko’p so’z aytgan o’quvchi o’yinda g’olib bo’ladi. Namuna:
Shoh – davlat boshlig’i, podshoh
Shox – novda, daraxtning shoxi.
Xil-xil – saralangan, tanlangan
Hil-hil – ezilib pishgan.
Hol – ahvol (hol)ni so’radi
Xol - odam tanasida bo’ladigan xol.
Leksikologiya bo’limini o’qitishda o’quvchilarning so’z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq: “Mazmunan qarindosh, shaklan begona” o‘yini. Bu o’yinni tashkil etishda sinf o’quvchilari guruhlarga ajratiladi. O’yinni boshlagan qator muayyan mavzuda gaplar tuzishadi, ikkinchi qator mazmunni saqlagan holda so’zlarni ma’nodoshlar bilan almashtirish orqali gap shaklini o’zgartirishadi. Keyin o’yinda vazifalar almashtiriladi. O’qituvchi har bir shakli o’zgartirilgan gap uchun ball qo’yib boradi va o’yin oxrida eng ko’p ball olgan guruh g’olib sanaladi.
Erkala va koyi” o’yini. O’qituvchi birinchi qatordagi o’quvchilarga ota-ona tomonidan kichik yoshdagi bolalarni erkalovchi so’zlarni ikkinchi qatorga dangasa bolalarni koyishni ifodalovchi so’zlarni ro’yxat qilishni topshiradi. Erkalash va koyishni ifodalovchi so’zlarni ko’p topgan guruh o’yin g’olibi sanaladi.Namunalar: Erkalashni ifodalovchi so’zlar: oppog’im, do’mbog’im, toychog’im, ko’zmunchog’im,shirinim, qo’zichog’im.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə