Taqrizchilar: Qiziltepa tuman xtb ga qarashli



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə3/4
tarix27.03.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#103252
1   2   3   4
1674198253 ZUXRO TAVSIYA

“Qanday sonni qo’yamiz?” o’yini. Bu o’yinda so’z birikmalaridagi nuqtalar o’rnini son bilan to’ldirish topshiriladi va belgilangan vaqtda uni to’g’ri bajargan o’quvchilar guruhi g’olib sanaladilar. Tavsiya etilgan so’z birikmalari: … o’quvchi, … maktab, … daraxt, …xona, …tramvay, …ko’cha, …un, …beda, …tuproq. Namuna: uchta o’quvchi, birinchi maktab, to’rtta daraxt, o’n ikkinchi xona, bir qop un, bir bog’ beda, bir siqim tuproq.
“Jamlovchimi, taqsim sonmi? Bu qiyinmi yo osonmi” o’yini. Bu o’yinda o’qituvchi tavsiya etgan sonlarni sinf o’quvchilari ikki guruhga bo’linib, jamlovchi va taqsim songa ajratib yozadilar. Berilgan so’zlar:ikkitadan, ikkovi, beshtadan, uchalasi, beshovlon, to’rtalasi, to’rtovlon, ikkalasi to’rttadan, yettovi, oltovi, sakkiztadan. Berilgan vaqtda topshiriqni bajargan guruh o’yin g’olibi sanaladi.
“To’g’ri yozgan g’olib bo’lar, yaxshi ilmu tolib bo’lar” o’yini. Bu o’yinda o’qituvchi 5 – 10 sonlarini berib, ulardan –nchi (-inchi), -ala, -lab, -tadan, -larcha qo’shimchalari ishtirokidagi sonlar hosil qilishni topshiradi. Berilgan vaqtda topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar o’yin g’olibi bo’ladilar. Namuna: beshinchi, beshala, beshovi, o’nlab, o’ntacha, o’nlarcha.
O’qituvchi qo’shma sonlar imlosi ustida to’xtalayotganida
Sonlar songa boylandi, Qo’shma songa aylandi” o’yinidan foydalanishi mumkin. Bu o’yinni o’tkazishda o’qituvchi noldan o’ngacha bo’lgan sonlarni doskaga yozadi va shu sondan qo’shma sonlar hosil qilib yozishni topshiradi. O’quvchilar avval ikki xonali, so’ng uch xonali, to’rt xonali va boshqa sonlar hosil qiladilar. Masalan:o’n olti, bir yuz olti, bir ming to’qson to’rt, bir yuz yigirma kabi.
O’qituvchi “Ravish” so’z turkumini o’qitishda har xil ta’limiy o’yinlardan foydalanishi mumkin.
“Tub ravishmi – yasamami?” o’yini. Bu o’yinda o’qituvchi ravishlar guruhini doskaga tushuradi. Sinf o’zaro musobaqalashuvi 2 guruhga ajratiladi va 1-guruh tub ravishlarni, 2-guruh yasama ravishlarni ko’chirib yozishi topshiriladi. Berilgan so’zlar: do’stona, ko’pincha, asta, kecha, qadrdonlarcha, eskichasiga, to’satdan, biro z, ertalab, narida, sekin, xiyol, bultur.
“Darajami, miqdormi ? Buni bilganlar bormi?” o’yini. Bu o’yinda o’qituvchi sinfni ikki guruhga ajratadi va ish-harakatni, daraja-miqdorni, belgining darajasini, narsa-buyumning noaniq miqdorini bildirib, qancha? Qay darajada? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar ro’xatini o’zaro musobaqalashib tuzib chiqishni topshiradi. Bellashuvda belgilangan vaqtda shu so’roqlarga javob bo’lgan ravishlardan ko’p namuna yoza olgan o’quvchilar guruhi g’olib bo’ladi. Namuna: biro z, picha qittek, sal, xiyol, soatlab, oylab, tag’in, metrlab, chamalab, ozmuncha,qisman.
“Juftmi yoki takrormi?” o’yini. Bu o’yinda sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Berilgan ravishlardan juftlarini 1-guruh takroriy ravishlarni, 2-guruhga alohida ro’xat qilish va ro’xatni davom ettirish topshiriladi. Berilgan so’zlar: asta-sekin, mo’l-ko’l, nari-beri, sira-sira, zinhor-zinhor, qayta-qayta, unda-bunda.
“Olmosh” so’z turkumini o’rganishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati benihoya katta. Masalan, o’quvchilarning nutqiy va fikriy taraqqiyotini ko’zlab, olmoshning ma’no guruhlari o’rganilgandan keyin uni mustahkamlash maqsadida “Ijodkor” o’yin-topshirig’idan foydalansa bo’ladi. O’yinni tashkil etish uchun sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh vakili ot bilan ifodalangan gaplarga misollar keltiradi. Ikkinchi guruh esa shu gaplardagi egani olmosh bilan almashtirib, uni davom ettiradilar. Namuna: 1-guruh: Paxtalar qiyg’os ochildi.2-guruh:Uni yig’ib - terib olish uchun tayyorgarlik ko’rilmoqda.
“Taq-taq etdi, o’zi yo’q, yalt-yalt etdi izi yo’q” o’yini. Bu o’yinda sinf o’quvchilari ikki guruhga ajratiladi va 1-guruhga tovushga taqlid so’zlarning, 2-guruhga holatga taqlid so’zlarning ro’xatini tuzish topshiriladi. Bellashuvda topshiriqni to’g’ri bajargan guruh yengib chiqadi. Namuna:1-guruh: taq-taq, gumbur-gumbur, viz-viz, shov-shuv, shaqir-shuqur, tiq-tiq; 2-guruh: yalt –yult, jimir-jimir, yarq-yarq, milt-milt.
“Tushurilgan ko’makchini o’rniga qo’y” o’yini. Bunda 1-qatordagi o’quvchilardan ko’makchi tushurib qoldirilgan gaplar aytishni, 2-qatordagilardan esa zarur ko’makchilarni qo’yib gaplarni to’ldirish talab etiladi. Namuna: 1-qator. O’quvchilar maktab….. ketdilar. Muhandis bo’lish …. O’qish kerak.Bolalar poliz…. yo’l oldilar. 2-qator. O’quvchilar maktab tomon ketdilar. Muhandis bo’lish uchun o’qish kerak. Bolalar poliz sari yo’l oldilar.
“-ginaning ma’nosini chaq!” o’yini. Bunda o’quvchilardan gap juftlari tuzish talab etiladi. 1-qator –gina qo’shimchasi ishtirokida kichraytirish, achinish ma’nosida gap tuzishsa, 2- qator shu qo’shimchani ayiruv ma’nosida qo’llab gaplar tuzishadi. Masalan, 1-qator: Marjonagina shu yil ko’p kasal bo’ldi-da. 2-qator: Bugungi yig’ilishimizga Marjonagina yetib kela olmadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə