Taqrizchilar: Qiziltepa tuman xtb ga qarashli


Koyishni ifodalovchi so’zlar



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/4
tarix27.03.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#103252
1   2   3   4
1674198253 ZUXRO TAVSIYA

Koyishni ifodalovchi so’zlar: uyingga bug’doy to’lgurlar, bolasi tushmagur-ey, pandavaqi bo’lma, landovur, lapashang, ovsar, dangasa, ishyoqmas.
“So’zdan marjon tizing” o’yini. Bu o’yinda o’qituvchi o’quvchilarga so’zlarning aralash to’plamini tavsiya etadi va uyadosh so’zlarni alohida, ya’ni marjon tizgandek yozishni aytadi. O’quvchilar yozishadi va navbat bilan o’qib berishadi. Qaysi o’quvchi tez harakat qilib, marjonni xatosiz tizib chiqsa, o’yin g’olibi bo’ladi. Namuna:
Tabiat manzarasiga oid so’zlar: bog’, dala, o’rmon, tog’,qir adir, tepalik.
Gullarning nomlari: karnaygul, gultojixo’roz, safsargul,nastarin, atirgul,nilufar.
Daraxt nomlari: o’rik, olxo’ri, gilos, tut, olma, behi, shaftoli, zaldori. Sabzavotlarning nomi: kartoshka, sabzi, sholg’om, karam, piyoz, pomidor.
Maktabda “Morfologiya” bo’limini o’qitishning ilmiy va amaliy zaruriyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki, keying bosqichda o’rganiladigan “Sintaksis ” bo’limi bevosita morfologiya bilan bog’liq. Amaliy ahamiyati shuki, leksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur bo’limni o’rganishda o’z amaliy ifodasini topadi. O’quvchilarga so’z turkumlarini o’qitishda quyidagi usullardan foydalangan maqsadga muvofiq.
Fe’lo’z turkumini o’qitishda: “Qatorlar bellashuvi” o’yinida sinf o’quvchilari uch guruhga ajratilib, 1- guruhga ma’lum bir fe’lni aytish topshiriladi. 2- va 3- guruh shu aytilgan fe’lning ma’nodoshlarini topadilar va aytadilar. Masalan, 1-qator gapirdi, bajardi, yoq1tirdi, yordamlashdi,jilmaydi kabi fe’llarni aytsa, 2-qator so’zladi ado etdi, xohladi, qarashdi, kulimsiradi kabi so’zlarni, 3-qator esa so’yladi, bitirdi, istadi, ko’maklashdi,iljaydi kabi uning manodoshlarini topib aytishadi.
O’quvchilar nutqini antonim fe’llar bilan boyitishda “Tezkari ma’nosini top” o’yinidan foydalansa bo’ladi. Bellashayotgan qatorlarga kelmoq, yurmoq, ichmoq, kulmoq, maqtamoq, uyg’onmoq, bermoq, ketmoq so’zlari beriladi. Har bir guruh shu berilgan so’zlardan qarama-qarshi ma’nolari (masalan, kelmoq-ketmoq, yurmoq- o’tirmoq, yechmoq-bog’lamoq, kulmoq-yig’lamoqmaqtamoq- qarg’amoq, uyg’onmoq- uxlamoq) topshiriladi. Berilgan so’zlarning barchasiga qarama-qarshi ma’noli so’z topib, ularning har birini yana manodoshlari bilan almashtira olgan guruh g’olib sanaladi.
“Ko’makchi fe’l ko’maklashdi, Fe’l og’asi bardamlashdi” o’yini. Bu o’yinda o’qituvchi fe’llar majmuasini doskaga yozadi: boshla, yot, tur, yur, o’tir, bo’l, ber, qol, sol, bor, tashla, tut, o’t, yot, qara, bog’, yoz. Namuna: ayta boshladi, kuylab yuribdi, o’qib qara, yoza ber, kelib qoldi, qarab turadi, tuzata boshladi, o’ylab ko’r5adi, oshib tushgan, mixlab qo’ygandek, egilib qoldi, tushunib yetmagan, yonib bitgan, o’qib chiqqan. Berilgan vaqtda topshiriqni bajarib, “Fe’l og’aga” yordamlashgan o’quvchilar o’yin g’olibi bo’ladi.
“E harfi qayga ketdi ? Fe’lga mehmonga ketdi” o’yini. Bu o’yin birinchi marotaba o’tkazilganda o’qituvchi o’quvchilarga to’liqsiz fe’ldagi birinchi tovush (e) turg’un emasligi, u ma’lum fonetik sharoitlarda tushib qolishi mumkinligi haqida izoh beradi: ishlar edi – ishlardi, kelar ekan – kelarkan kabi. So’ngra tavsiya etilgan gaplardagi to’liqsiz fe’llarni alohida yozishni topshiradi. Berilgan vaqtda topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar o’yin g’olibi sanaladilar. Namuna: (“Zangori gilam” ertagidan).
Bir qari chol yasharkan
Turmushi ko’p nochorkan,
Rahim nomli bu faqir
Ko’rgan ekan ko’p tahqir
Boqib olarkan har yon
Bahor edi so’lim tong
Ipak bilan gullari
Solingandir birma-bir
Qishloqda hech bir xona
Ko’rmagandir bundayni.
O’quvchilarga “Ot” so’z turkumini o’qitishda quyidagi usullardan foydalanish o’rinlidir:
“Bu so’z bizniki” o’yinini o’tkazishda o’qituvchi doskaga ot so’z turkumiga oid bir qancha so’zlarni o’quvchilarga tavsiya etadi. Shhu so’zlardan mavhum otlarni alohida yozish va ma’nosini sharhlashga ma’lum vaqt ajratiladi. Berilgan so’zlar: kitob, baxt, taxt, ozodlik, tinchlik,tuyg’u, shodlik, chashma, bug’doy,tegirmon, muhabbat, rasm, hurriyat,mardlik, qadriyat, sadoqat. Qaysi o’quvchi yoki o’quvchilar guruhi otlarni tez va to’g’ri topsa g’olib bo’ladi.
“Sehrli durbin” o’yini. Bu o’yinda o’quvchi va o’qituvchilar aniq va mavhum otlar haqida suhbatlashganda o’qituvchi ularga mavhum otlarni ko’rib, ushlab yoki o’lchab bo’lmasligi haqida gapiradi.Shunda o’quvchilar shu so’zlarni sehrli durbinda ko’rsak qani edi, deyishadi. O’qituvchi ularga: “Marhamat, qani kim sehrli durbin orqali qancha mavhum otni ko’rar ekan?”,- deydi. Mavhum otdan eng ko’p yozgan o’quvchilar o’yin g’olibi bo’ladi.
“Bir so’zdan ikki ism” o’yini. Sinf o’quvchilari uch guruhga ajratiladi va ularga gulning nomlari, mehnat qurollari hamda yovvoyi hayvonlarning nomlarini yozish va shularga atab qo’yilgan kishi ismlarini yozish topshiriladi. O’quvchilar yozadilar: 1.Rayhon-rayhon, lola-Lola, chinnigul-Chinnigul,nilufar-Nilufar. 2. Boltaboy-bolta, tesha-Teshaboy, o’roq- O’roqboy. 3. Bo’riboy-bo’ri, olmaxon-Olmaxon, qo’zi- Qo’ziboy. Shu so’zlarni qaysi biri bosh, qaysi biri kichik harf bilan yozilishiga e’tibor berilib, uni to’g’ri yozgan o’quvchi yoki o’quvchilar guruhi g’olib bo’ladi.
“So’zni o’z uyasiga joylashtir” o’yini. O’qituvchi o’quvchilarga shaxs otlari, kasb-hunar otlari, o’rin-joy nomlari kabilarni ifodalovchi ishlovchi, o’quvchi, o’qituvchi, maktabdosh, temirchilik o’tloq, qumloq, oshxona, ishxonakabi so’zlarni aytib turadi. O’quvchilar bu so’zlarning shaxs otlari, kasb-hunar otlari, o’rin- joy nomlari kabi uyalarga ajratib yozadilar. So’zlarni o’z uyasiga to’’g’ri joylashtirgan o’quvchi yoki o’quvchilar guruhi o’yin g’olibi sanaladi.
“O’rmonda va hovlida” o’yini. O’qituvchi o’yin haqida o’quvchilarga izoh beradi: o’rmonda yashaydigan yovvoyi hayvonlar va hovlida yashaydigan uy hayvonlari nomlarini toping hamda ularni ikki ustunga alohida ajratib yozib chiqing. O’quvchilar yozadilar:
O’rmonda hovlida
Bo’ri qo’y
Tulki ot
Sher sigir
Ayiq echki
“Sifat” so’z turkumini o’rgatishda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi:
“Belgilarni izohlang” o’yini. O’yinni o’tkazishda o’quvchilar uch guruhga ajratiladi: 1-guruh qovunning rangini, 2- guruh esa shakl-hajmini, 3-guruh uning maza-taq’mini bildiruvchi sifatlarni topishadi. Namuna:
1-guruh:ko’k,oq, sariq, sarg’ish.
2-guruh: katta, kichik, uzun, dumaloq.
3-guruh: shirin, mazali to’yimli.
“Nima yaxshi-yu, nima yomon o’yini”. Bunda o’qituvchi o’quvchilarga mavzu yuzasidan bir nechta sifat aytadi(masalan, go’zal-xunuk, aqlli-aqlsiz, odobli-beodob) kabi. Shunday sifatlar lug’atini tuzish topshiriladi va vaqt ajratiladi. Talab etilgan vaqtda eng ko’p baholash sifatlarini yozgan o’quvchi o’yin g’olibi sanaladi. Shundan so’ng o’quvchilarni mavzu yuzasidan fikr- mulohazalari tinglanishi mumkin. Chunki shunga muvofiq tarzda ularning qiziqishlari va qarashlari ham o’rganiladi.
Olqish olgan omondir, qarg’ish olgan yomondir” o’yini. Bu o’yin talabiga ko’ra, o’quvchilar insondagi yaxshi va yomon xususiyatlarni aniqlashlari, qanday kishilar olqishga sazovor-u, qanday odamlar qarg’ishga uchrashi haqida fikr bildirishlari mumkin. Kimlar olqish oladi: vijdonli, sofdil, to’g’ri halol, mehnatsevar , g’ayratli, ishbilarmon, farosatli, aqlli, zehnli, shirinsuxan, xushmuomala, kamtar, bilimli, bilimdon, oqil, dono… Kimlar qarg’ish oladi: yolg’onchi, aldoqchi, kazzob, va’daboz, bevafo, ayyor, hiylagar, mug’ombir, makkor, befahm, befarosat, betamiz, dangasa, yalqov, ishyoqmas, tanbal, soyaparvar…
Taqqoslashni bilasizmi?” o’yini. Bu o’yinda o’qituvchi bir qancha sifatlarni doskaga yozadi va qiyoslash orqali undagi ma’no tushunchalarning farqlarini izohlashni topshiradi. O’quvchilar berilgan sifatlardan qiyosiy va orttirma darajadagi so’zlar hosil qiladilar. Topshiriqni o’z vaqtida bajargan o’quvchilar o’yin g’olibi bo’ladilar. Namuna: shirin - shirinroq – juda shirin ; yashil – yam-yashil; katta – kattaroq – eng katta; qizil – qizilroq – qip-qizil; uzoq – uzoqroq – eng uzoq; yaqin – yaqinroq – eng yaqin; ayyor – ayyorroq – nihoyatda ayyor.
Belgining kuchliligini bilasizmi?” o’yini. Bu o’yinda o’qituvchi sifatlar to’plamini o’quvchilarga tavsiya etadi va shulardan orttirma darajadagi sifatlar yasashni izohlaydi. Topshiriqni o’quvchilar ikki guruhga bo’linib, musobaqa tarzida bajarishadi va ma’lum bir belgining ma’lum bir holatdan pastroq yoki kuchliroq ekanini sharhlashadi. Namuna: tim qora, to’q qizil, qip-qizil, liq to’la, jiqqa ho’l, to’q pushti, bag’oyat go’zal, nihoyatda chiroyli, eng baland, juda o’tkir, g’oyatda maftunkor, yam-yashil, ko’m-ko’k, oppoq, behad minnatdor.
Tarkibini o’rganamiz” o’yini.Bu o’yinda sifatlar majmui doskaga yoziladi va o’quvchilardan uni morfemalarga ajratish talab etiladi:xushovoz, sofdil, havorang,tezpishar olachipor, xaqaro, sheryurak, tinchliksevar zangori, shifobaxsh, erksevar .Sifatlarning yasalishini,tarkibini ongli o’zlashtirgan o’quvchilar buni to’g’ri aniqlashadi va to’g’ri yozish malakalarini mustahkamlaydi. Bu topshiriq musobaqa tarzida o’tkazilsa o’yin qiziqarli bo’ladi
“So’z gavhari qadab qo’y” o’yinida sinf o’quvchilari uch guruhga ajratiladi va birinchi guruh –ser qo’shimchasi bilan yasalgan sifat aytadi, ikkinchi guruh uning sinonimini hosil qilsa, uchinchi guruh shu so’zni yana bir manodoshini aytadi. Namuna:
Unum – unumli – unumdor
Savat – savatli – savatdor
s er Shovqin – shovqinli
ohang – ohangli
g’ayrat – g’ayratli – g’ayratchan
“Kichkintoyim - shirintoyim” o’yinida o’quvchilarga –gina, -kina qo’shimchalari yordamida ozaytirma sifatlar hosil qilish tushuntiriladi va berilgan so’zlardan shunga oid sifatlar yoziswh topshiriladi. Namuna: katta-kattagina, muzdek-muzdekkina, pastak-pastakkina, tuzuk-tuzukkina, lo’nda-lo’ndagina.
“Son” so’z turkumini o’rgatishda quyidagi o’yin-topshiriqlardan keng foydalaniladi:

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə