Taqrizchilar: Qiziltepa tuman xtb ga qarashli



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə4/4
tarix27.03.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#103252
1   2   3   4
1674198253 ZUXRO TAVSIYA

Xulosa Xulosa o’rnida aytish mumkinki, umumta’lim maktablarida ona tili fanini o’qitishda zamonaviy texnologiyalar o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqining o’sishida, qolaversa, mavzularni oson tushunishlariga, bilim va ko’nikmalarni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dars jarayonida asosiy ishtirokchilar o’qituvchi va o’quvchilar bo’lib, ular o’rtasida qobilyatlarni shakllantirish, istedodlarni ro’yobga chiqarishda pedagogik texnologiyalarning o’rni beqiyos.
Ona tili darslari shunday qurilmog’i lozimki, har bir o’rganiladigan til hodisasi o’quvchi e’tiborini o’ziga qaratsin, uni ijodiy faoliyat ko’rsatishga undasin, o’zligini namoyish etish imkoniyatini yaratsin. Bunga ta’limning noan’anaviy usullaridan foydalanish, ayniqsa, ta’limiy o’yinlarni qo’llash orqali erishiladi.
Bu o’yinlar o’quvchilarni ijodiy faoliyat ko’rsatishga o’rganilayotgan til hodisalarining mohiyatini anglab, mustaq1il fikrlashga va xulosa chiqarishga, har bir o’quvchiga o’zligini namoyon etish , o’z fikr va mulohazalarini erkin bayon etib, o’z nuqtayi nazarini himoya qilishga keng imkoniyat yaratadi. Tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, qat’iylik, o’quv qiyinchiliklarini mustaqil yengish, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazish kabi fazilatlarni tarkib toptirish ta’limiy o’yinlar orqali amalga oshiriladi.
Biz o’z pedagogik faoliyatimizda pedagogic texnologiyalarning quydagi turlaridan foydalanamiz: seminar, trening, individual maslahat berish, ko’rgazmali darslar tashkil etish. Bir-birimizning ishlarimizni nazorat qilish, metodik yordam berish asosiy maqsadimiz hisoblanadi. O’quv yili davomida yaxshi ishlagan pedagoglarning ishlarini metodika kengashlarida, pedagogika kengashlarida ommalashtirib boramiz.
O’quv yilini yaxshi yakunlashimizda o’z vaqtida yo’l qo’ygan kamchiliklarimizni o’z vaqtida tuzatamiz, tegishli chora-tadbirlarni qo’llaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ona tili o’qitish metodikasi Toshkent- 2012.
2. “Maktab va hayot”jurnali.
3. “Boshlang’ich ta’lim” jurnali.
4. “Xalq ta’limi” jurnali.
5. “Ma’rifat” gazetasi.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə