Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarni o‘rni



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#135552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
TARBIYA JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI O‘RNI

1.1.
 
1.2. YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA
TARBIYALASH 
Mustaqillik 
yillarida 
qat’iy 
belgilab 
olingan 
ustuvor 
yo‘nalishlardan biri jamiyatdaga barqarorlik, tinchlik, millatlararo 
totuvlikni, mamlakatimiz sarhadlarining dahlsizligini va hududiy 
yaxlitligini ta’minlashdan iboratdir. Har qanday mavjudot singari 
insoniyat ham o‘zining tinchligini saqlashi oliy qadriyat sifatida 
baholanadi .Qadimiyurf-odatimiz ,qadriyalarimizga ko‘ra har bir oilada 
tinchlik va xotirjamlik tilab fotiha qilinadi. Tinchlik va xotirjamlik 
tuyg‘ulari xalqimiz tomonidan ardoqlab kelingan va bir qancha 
maqollar yaratilgan. Darhaqiqat, faqat tinchlik sharoitidagina insonning 
ezgu orzu-umidlari ro‘yobga chiqishi mumkin. 
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini xalqlarning urf- 
odatlarini, axloq-odobini o‘rganishga, tadqiq qilishga bag‘ishlagan ekan. 
Ittifoqo, o‘sha olimbizning yurtimizga tashrif buyurib, Toshkent, 
Samarqand, Buxoroda bo‘libdi. Yurtiga qaytib borgach: “Hozirgacha 
o‘rgangan, tadqiq qilgan barcha ishlarimni o‘n besh yoshli o‘zbek 
qizalog‘ining o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha choy 
uzatishidagi odobiga, nazokatiga almashtirishga rozi edim”, degan 
ekan.
1
Biz shunday yuksak madaniyatli xalqning farzandi 
ekanligimzdan har qancha faxrlansak arziydi, albatta. 
Darhaqiqat, xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo‘lgan. 
Ota-bobolarmiz farzand o‘stirar ekanlar, ularning xulq- atvoriga, gap-
so‘zlariga, kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqida 
fikrlashib, o‘z maqsadlarini qanday so‘zlar bilan tushuntirishlariga 
katta ahamiyat berishgan. 
Tarixdan ma’lumki, urush va janjallar tufayli insoniyat tinchligi 
buzilib, taraqqiyot to‘xtab yoki pasayib qolar edi. Xalqimiz orasida “Bir 
kun janjal chiqqan joydan qirq kun baraka yo‘qoladi”, degan naql 
bejizga aytilmaganligini bilamiz. Aniq ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, 
1965-yildan 1989-yilga qadar dunyoda 160 ta qurolli mojaro yuz 


43 
bergan bo‘lsa, 1990-yildan 1995-yilgacha 82 ta mojaro bo‘lib, undan 
atigi 3 tasi davlatlararo mojarolar, qolgan 79 tasi fuqarolar urushidan 
iborat bo‘lgan edi. Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
barqarorlikning mavjudligi ulug‘ ne’mat bo‘lib, uning ahamiyati 
cheksizdir. Davlat boshqaruviga mas’ul bo‘lgan rahbarlar zimmasiga 
vujudga kelayotgan xavf-xatarni bartaraf etish vazifalari yuklatiladi. 
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning “Ogoh bo‘ling, odamlar!” degan da’vati hamisha bong 
urganidek yangrab turishi kerak. “Faxrlanish mumkin va lozim bo‘lgan 
bebaho qadriyatlar — o‘z mustaqilligimizni, tinchligimizni, jamiyatda 
millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi totuvlikni asrang. O‘z erkimizni 
qanday tasarruf etish, uni bugunga murakkab va ba’zan shafqatsiz 
dunyodaga haddan ziyod xavf-xatarlardan saqlash har birimizga 
bog‘liqdir”. Ana shunday strategik maqsadlardan kelib chiqib, 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini 
qat’iy belgilab oldi va uni og‘ishmay amalga oshirib kelmoqda. Barcha 
davlatlar bilan tinch-totuv yashash, o‘zga davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, dunyo mamlakatlari 
bilan teng huquqlilik asosida sherikchilik qilish, har qanday
mojarolarni diplomatik vositalar bilan hal etib borish singari 
umuminsoniy tamoyillarga to‘la javob beradi. Ajdodlarimiz tomonidan 
munosib ravishda baholangan yer va uning boyliklarini asrab-avaylash 
o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi
1

Yer, havo, suv va olov (quyosh) singari unsurlar e’zozlab kelingan 
va yuqori darajada munosabat bildirilgan. Suv va yerni isrof qilish katta 
gunoh hisoblangan. Ekologik tizimga zarar yetkazmaslik, tabiatdan 
oqilona foydalanish, uning qadriyatlarini o‘rganishni ommalashtirib 
boorish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Daryolar 
musaffoligini 
ta’minlash,tuproq 
unumdorligini 
oshirish, 
suvdan 
behuda 
foydalanmaslik inson bilan tabiat o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlash eng 
muhim vazifalardir. Yoshlar ongida ana shunday tasavvurlarni hosil 
1
M
avlanovar.vaboshqalar.Pedagogika:Kasb-hunarkollejlariningtalabalariuchundarslik.- Toshkent: O’qituvchi, 
2002.- B. 258. 


43 
qilsh ekologik tarbiyaning asosiy elementlari hisoblanadi. 
Milliy qadriyatlar millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan jihat va xususiyatdir. 
O‘z milliy qadriyati bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q. Millat milliy 
qadriyatlarining sohibi. Millatning tanazzuli milliy qadriyatlarning 
tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi birligi, 
kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, millat, ong, til, 
ma`naviyat hamda madaniyat bilan uzviy bog‘liq holda namoyon 
bo‘ladi. 
O‘zbekistonning Mustaqillikka erishishi tufayli milliy 
qadriyatlarga 
e`tibor 
kuchaydi. 
Negaki, 
milliy 
qadriyatlar 
mustaqilligimizni mustahkamlaydigan ma`naviy asoslardan biridir. 
Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros bo‘lib kelayotgan milliy 
qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ularning o‘tmishi 3 
ming yildan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. 3 ming yildan ortiq davrni 
o‘zida 
mujassamlashtirgan 
qadriyatlarimiz 
Markaziy 
Osiyo 
tsivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz ana shu 
sivilizatsiyasiga mos jihatlar: tug‘ilgan makon, ona yurtga ehtirom, 
avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, mulozamat, hayo, 
andisha kabilarning ustuvorligi bilan xarakterlanadi. 
Milliy 
qadriyatlarimizda 
jahonning 
boshqa 
xalqlariga 
o‘xshamaydigan boshqa urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va 
an`analaridagi o‘ziga xoslik ham bor. Ma`lumki, qadriyatlar muayyan 
sharoitlarda shakllanadi. Shu sababli ular mahalliy, milliy, mintaqaviy 
shakllar va umuminsoniy mazmunda mavjud bo‘ladi. Mahalliy 
qadriyatlarning eng yetuklari va umummilliy manfaatlarga moslari 
asta-sekin saralanib umummilliy darajaga ko‘tariladi. 
Milliy muhit qadriyatlarini yaratish va saralashning asosiy 
manbasidir: u mahalliy qadriyatlarni eng sarasini o‘z darajasiga 
ko‘taradi va ularni voyaga etkazib jahon miqyosiga olib chiqadi va 
aksincha umuminsoniy qadriyatlarni o‘zidagi har bir kishining 
boyligigaaylantiradi.Qadriyatlarni tushunish va ularga munosabat o‘z 
millatiga, yurtiga, eliga, ularning aholisiga tegishli qadriyatlarni 


43 
jamlash, avaylash, ularning ahamiyatini asoslash o‘z yurtining milliy 
qadriyatlarini o‘z ongida ongning tarkibiy qismiga aylantirish 
kishilarda o‘ziga ishonch va hurmatni mustahkamlaydi. O‘z Vatanining 
istiqboliga katta ishonch bilan qarashni o‘rganadi. 
Mustaqillik tufayli haqiqiy qadriyatlarimizni bilib olmoqdamiz. U 
ham bo‘lsa tadrijiylik, andishalilik, qiyinchililik va buhron paytida sabr-
toqat, maromlilik va vazminlik, mulozamatda sertakalluflik, keksalarga 
munosabatda hurmat-izzat, ijtimoiy-siyosiy hayotda bosiqlik va sipolik, 
hokazolar. 
Jamiyatimiz taraqqiyoti O‘zbekistonning kelajagi, milliylikning 
rivojlanishi ko‘p jihatdan milliy qadriyatlarimizga bog‘liq. Biz shu 
tamoyilga xizmat qilmog‘imiz lozim. 
Qadriyatlar-borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson 
hayoti, moddiy va ma`naviy boyliklarning ahamiyatini ko‘rsatish uchun 
qo‘llanadigan tushuncha. Qadriyatlar bilan bog‘liq masalalalar 
hayotning eng asosiy mavzulari bo‘lib hisoblanadi. Qadriyatlarni 
G‘arbda aksiologiya fani o‘rganadi. U keng tarqalgan falsafiy fanlardan 
biridir. Hozirgi davrda qadriyatlar to‘g‘risida mamlakatimizda falsafa, 
madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, psixologiya fanlari turli 
tadqiqotlar olib bormoqdalar. Sobiq Ittifoqda qadriyat mavzusi 60-
yillargacha tadqiq etilmas edi. Hozirgi O‘zbekistonda bu masalaga 
diqqat-e`tibor 
kengaydi. 
Negaki, 
qadriyatlar 
mustaqillikni 
mustahkamlaydigan ma`naviy omildir. 
Ko‘pchilik kishilar qadrlanadigan narsalar, hodisalar, masalan, 
qimmatbaho buyumlarni qadriyat deyishadi. Aslida esa ana shularning 
ijtimoiy ahamiyati qadriyatlarning haqiqiy bahosini aniqlaydi. Biror 
narsa, voqea yoki hodisaning qadri uning moddiy- iqtisodiy bahosidan 
katta farq qilishi mumkin. Masalan, ming yil ilgarigi buyumni hozir 
ishlatish mumkin emas edi. Uning iqtisodiy qiymati kam, ammo, meros 
sifatida qadri ancha salmoqli bo‘lishi mumkin. 
Qadriyatlar tarixiy va zamonaviy bo‘lishi mumkin. Qadriyatlarning 
xilma-xil shakllari bor: moddiy va ma`naviy, umumbashariy, 
mintaqaviy, umuminsoniy; jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha 


43 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyatlar; ijtimoiy ong shakllariga 
mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy; hayotning ijtimoiy 
tuzilishiga mos keladigan, milliy, sinfiy, partiyaviy va boshqalar. 
Qadriyatlar dunyoni bilishning maqsadi, bilimlarimizning haqiqatga 
mos kelish darajasini aniqlash mezoni yoki biror ideal tarzida ham 
namoyon bo‘ladi. Qadriyatlarning asosiy vazifasi ham ana shular bilan 
bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so‘ng 
qadriyatlarga e`tibor kuchaydi. Mamlaktimizda umuminsoniy 
qadriyatlarning ustuvorligi e`tirof qilindi. Milliiy qadriyatlar hamda 
shaxs manfaatlarini umuminsoniy talabalarga moslashtirish va 
uyg‘unlashtirish asosiy vazifa bo‘lib qoldi. 
Qadriyatlar insoniyat tarixi davomida asta-sekin shakllanadilar. 
Ularning miqdoriva sifatining ortishi insoniyat taraqqiyoti qanchalik 
ilgarilanganligining ko‘rsatkichidir. Qachonlardir, o‘tmishda ba`zi 
qadriyatlar to‘g‘risida, masalan, ma`rifat to‘g‘risida, umuman tushuncha 
bo‘lgan emas. Bunday yangi tushunchalar asrlar o‘tgansari shakllanib, 
qadriyatlar qatorini boyitib boradi. Ayni vaqtda, qadriyatlar mahalliy, 
milliy, mintaqaviy va umumisoniy bo‘lishi tabiiydir. Chunki “qadriyat” 
tushunchasi muayyan vaziyat va sharoitda shakllanadi. Jamiyat 
taraqqiy etgani sari jahonning barcha xalqlariga tegishli, ya`ni 
umuminsoniy qadriyatlar ko‘payib boraveradi va bu o‘zgarishlar 
insoniyat o‘z rivojida qanday yangi cho‘qqilarni egallayotganining 
belgisi bo‘ladi (masalan, erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy 
haqiqat, ma`rifat, ma`naviyat, go‘zlallik, yaxshilik, insonparvarlik, 
insoniylik, demokratiya, huquqiy jamiyat, qonunning ustuvorligi, xotin-
qizlar ozodligiva boshqalar). 
Qisqa qilib aytganda, qadriyatlar deganda, inson va insoniyat 
uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalarni tushuniladi (masalan, 
erkinlik, tinchlik, yaxshilik).Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlarning 
namoyon bo‘lish vositalaridir (masalan,hayotda kerak bo‘ladigan turli 
buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat qiladigan, o‘zi yaratgan, 
suyanadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan qadriyatlar dunyosining 
kengayishi,boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o‘zining


43 
kundalik mehnati bilan yaratayotgan
sun`iy 
narsalar 
dunyosida yashaydi. Biz yaratayotgan ushbu moddiy va ma`naviy 
boyliklar olamining gul toji, 
sarasi 
qadriyatlardir. Qadriyatlar
va qadriyat mezonlari kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga 
solish va to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.Bunday o‘ziga xos 
boshqarishning samaradorligi kishilarimizning qadriyatlar olamini 
bilishiga bog‘liq. 
Milliy qadriyatlar-millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan jihat va xususiyatlar. 
O‘z milliy qadriyati bo‘lmagan millat yoki elat yo‘q. Millat-milliy 
qadriyatlarning sohibi; millatning tanazzuli-milliy qadriyatlarning 
tanazzulidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, 
uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma`naviyat 
hamda madaniyat bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. 
Mustaqillik tufayli biz haqiqiy qadriyatlarimizni bilib olmoqdamiz. 
U ham bo‘lsa tadrijiylik, andishalilik, qiyinchilik va bo‘hron paytida 
sabr-toqat, maromlilik va vazminlik, mulozamatda sertakalluflilik, 
keksalarga munosabatda hurmat-izzat, ijtimoiy- siyosiy hayotda 
bosiqlik, sipolikva hokazolar. 
Vatanimiz 
xalqlarining 
milliy 
qadriyatlarida 
xalq 
hunarmandchiligining asrlar mobaynida shakllanib va taraqqiy etib 
borganligidir. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida 30 dan ortiq, 
alloma va davlat arbobi Alisher Navoiyning asarlarida esa 40 dan ortiq 
xalq hunarmandchilik turlari, kasb-hunar haqida ma’lumotlar o‘rin 
olgan. Ammo sho‘rolar hukmronligi davrida milliy hunarmandchilik 
ishlari rivojlanmoqda hatto ayrimlari ta’qiqlab qo‘yildi. Natijada bir 
qancha hunarlar yo‘q bo‘lib ketish holatiga tushib qoldi. Mustaqillik 
munosabati bilan bunday salbiy jarayonning oldi olindi, milliy 
hunarmandchilikning barcha turlarini rivojlantirish choralari ko‘rildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
1997-yil 31-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy 
san’atini yanada rivojlantirshini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash 
chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni muhim ahamiyatga molik voqea 


43 
hisoblanadi. Ushbu farmonda shunday deyiladi: “Yoshlarni xalq san’ati 
ustalarining ko‘rinishlariga o‘qitib-o‘rgatish uchun zarur shart-
sharoitlarni 
vujudga 
keltirishda 
amaliy 
yordam 
ko‘rsatish 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, shahar 
va tumanlar hokimliklarning, Respublika Vazirliklari va idoralarining 
eng muhim vazifasi deb hisoblanadi”. Mazkur farmonga muvofiq har 
yili xalq hunarmandchiliga, badiiy-amaliy bezak san’ati ustalarining 
ijodini, 
ish 
faoliyatlarini 
yorituvchi 
ko‘rik, 
ko‘rgazmalarni 
respublikamizning barcha tuman, shahar, viloyatlarida, tashkil etish 
ajoyib an’anaga aylanib qoladi. Bu an’anaga muvofiq mamlakatimiz 
bo‘yicha o‘tkazilgan yakuniy ko‘rik-ko‘rgazmada g‘olib chiqqan mohir 
ustozlar respublika Prezidentining qimmatbaho sovg‘asi bilan 
taqdirlanadilar hamda xalqaro ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etish uchun
yo‘llanma oladilar. Bu hol esa milliy madaniyatimiz, merosimiz 
hisoblangan xalq hunarmandchiligi, amaliy san’atini bevosita 
yurtimizda yangidan umumdavlat miqyosida rivojlantirishga jiddiy 
e’tibor 
berilayotganligiga 
yaqqol 
dalil 
bo‘la 
oladi. 
Shuningdek,davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ham xalq 
badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirshga 
e`tibor yanada kuchaytirilmoqda. 
Bugungi kunda iqtisodiyotni kasb-hunarsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Demokratik jamiyatga xos voqeliklardan biri ijtimoiy 
raqobatning shakllanishi va rivojlanib borishidir, milliy qadriyatlar 
bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy va ijtimoiy raqobat bilan duch 
kelishi va salbiy oqibatlarga olib borishi mumkin. Xalqimiz hayoti bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lgan azaliy qadriyatlarni o‘rganish va keyingi 
avlodga yetkazish bo‘yicha izlanishlar va ijodiy tavsiyalar bilan 
shug‘ullanish ishlari umuminsoniy tuzum hukmronligi davridayoq 
ilg‘or fikrli va bilimdon ziyolilarimiz tomonidan boshlangan edi. Bu 
ishda jadidchilar, ko‘pgina allomalar, mustaqilfikr egalari o‘zlarining 
ijod mahsullarini yozib, xalq muhokamasiga taqdim etib, tahsinlarga 
sazovor bo‘lgan edilar. Lekin bunday ishlar sho‘rolar hokimiyati 
tomonidan salbiy baholanib, ularni darhol ta’qiqlab, ijodkorlarni 


43 
eskilikni qo‘msovchi, millatchi va hatto xalq dushmanlariga 
chiqarib,ta’qib ostigaolindi. Birqanchaadiblar, ilg‘or fikr namoyondalari 
begona yurtlarga badarg‘a qilindi yoki boshqa jazo choralariga duchor 
bo‘ldilar. Eski tuzum tarafdorlari, o‘tmishni ideallashtirish singari 
ayblar yuklangan Oybek, A.Qahhor, M.Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda, 
Shukrullo, Shuhrat, Said Ahmad va boshqalar uzoq muddatga 
ozodliqdan mahrum etildi. 
Milliy qadriyatlar orasida xalqimizning insonparvarligi va boshqa 
oliyjanob fazilatlari, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida yana 
yaqqol namoyon bo‘ldi.Urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab oilalarga 
boshpana berdi, yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldi, o‘zi yemay, ularga 
berdi. Shomahmudov Shoahmad va Bahri ayalarning insoniylik 
fazilatlarini davom ettiruvchilar soni ko‘payib bordi. Ular turli millat 
vakillaridan bo‘lgan yetim bolalarni, tili va dini har xil bo‘lishiga 
qaramay, yagona qadriyatlar asosida, umuminsoniy an’analar ruhida 
tarbiyalab yetishtirdilar. Urush davridagi iqtisodiy qiyinchiliklar, milliy 
qarashlarning turlichaligi bu ishga g‘ov bo‘la olmadi. Urush yillarida 
xalqimiz boshqa xalqlar bilan bir qatorda turib, fashizm balosini daf 
etishga munosib hissa qo‘shganini har doim g‘urur bilan ayta olamiz. 
Milliy qadriyatlarimiz boshqa xalqlarga xos bo‘lmagan 
marosimlar, urf-odatlar va an’analar majmuasidan iboratdir. Ular 
o‘zlarining shakllanish sharoitlariga ko‘ra mahalliy, milliy, mintaqaviy 
va umuminsoniy mazmunda mavjud bo‘ladi. 
Mahalliy qadriyatlar umummilliy manfaatlariga mos ravishda 
saralanib, mazmunan boyib boradi. Mahalliy qadriyatlarning eng ilg‘ori 
va yaxshisi umuminsoniy darajaga ko‘tariladi. Qadriyatlarning 
mohiyatini to‘g‘ri baholab, yashovchanligini ta’minlash millatning 
manfaatlaridan kelib chiqish va uning jamiyatdagi o‘rnini 
mustahkamlashi lozim. Millatning jahondagi nufuzi milliy qadriyatlarga 
bo‘lgan to‘g‘ri munosabatlari bilan belgilanadi. Qadriyatlar tarixiy 
voqelik va hodisalarning insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini 
yuqori ko‘tarish maqsadida va salohiyatini oshirish uchun qo‘llaniladi. 
Uzoq yillar mobaynida milliy qadriyatlar e’tiborga olinmadi yoki 


43 
mohiyati butunlay buzib o‘rgatildi. Unga sinfiylik nuqtai nazaridan 
yondoshildi, shunga asoslangan qadriyatlari ulug‘ millat qadriyati 
sifatida e’zozlanar edi. O‘zbek millatining qimmatli qadriyatlari 
to‘g‘risida asarlar yozishga ruxsat berilmas edi. Bu ishga qo‘l urish esa 
o‘tmish sarqitlarini qo‘msash, deb baholanib, millatparastlikda 
ayblanar edi. 
Xalqning ma’naviy qiyofasini belgilashda moddiy, ma’naviy, 
madaniy yodgorliklarning ahamiyati beqiyosdir. Bunday boyliklar 
xalqimiz tomonidan uzoq yillar mobaynida yaratiladi va avaylab- asrab 
kelinadi. Ularning ko‘pchiligi noyob boylik sifatida davlat muhofazasi 
ostiga olinadi. 
Afsuski, xalqimizning bunday boyliklari chet el bosqinchilari 
tomonidan olib ketildi yoki vayron qilindi. Masalan, 1873-yilningmay 
oyi oxirlarida rus qo‘shinlari Xiva ostonalarida paydo bo‘lganida 
Muhammad Rahimxon o‘zini mudofaa qilib, turkman ovuliga ketishi 
bilan bosqinchilar saroyni talab, barcha qimmatbaho buyumlarni, 300 
ta qo‘lyozma asarni qo‘lga kiritdilar. Kaufmanqo‘shinlari Xivani ostin-
ustun qilib taladilar, ko‘ziga nima ko‘rinsa, uni aholidan tortib oldilar, 
xazinadagi barcha oltin, kumush vaqimmatbaho narsalarni, ma’naviy 
mulkni ham Rossiya imperiyasining poytaxtiga jo‘natishga ulgurdilar. 
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
Milliy qadriyatlar insonlarning bir-birlariga mehr-oqibati, 
sadoqati, urf-odatlari, g‘oyaviylik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, 
halollik, 
insonparvarlik, 
birodarlik, 
mustaqillik, 
tartiblilik, 
mas’uliyatlilik, taraqqiyparvarlik singari mazmun va fazilatlarni o‘zida 
aks ettiradi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar 
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviy manba bo‘lib xizmat 
qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, 
O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy 
qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq 
bo‘ldi., Umuman olganda, qadriyat deganda insoniyatga xizmat 
qiladigan, uning hayotiy ehtiyoji va manfaatlarini qondiruvchi barcha 
moddiy va ma’naviy boyliklar tushuniladi. Insonlarning ijtimoiy 


43 
turmushi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratib beruvchi barcha 
voqeliklar qadriyatlar hisoblanadi va yuqori baholanadi. 
Mahallalar to‘y-ma’raka qilish, hasharlar uyushtirish, oilaviy 
nizolarni bartaraf etish, bemorlar holidan xabar olish ishlari bilan 
shug‘ullanadilar. Ko‘pchilik mahallalarda ma’rakalar uchun kerakli 
ashyolar, choyxona, novvoyxona, sut-qatiq do‘koni, maishiy korxonalar, 
bolalar sport maskanlari tashkil etilgan. Mahallalarda ozodalikni 
ta’minlash, 
jamoat 
tartib-qoidasini 
mustahkamlash, 
tinchlik, 
osoyishtalik 
va 
barqarorlikni 
ta’minlash, 
xalqning 
kuch- 
g‘ayratinibunyodkorlikka yo‘naltirishishlari avj oldiriladi. 
Mahalla ahillik va hamjihatlik qo‘rg‘oni sifatida odamlar o‘rtasida 
yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va insoniy g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini 
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla yoshlar tarbiyasini 
doimo o‘z diqqat markazida saqlaydi, qo‘ni- qo‘shnichilik ramzi sifatida 
yoshlarning odob-axloqi bilan shug‘ullanib boradi. "Bir bolaga yetti 
mahalla tarbiyachi" degan tushuncha hanuzgacha o‘zining ijtimoiy 
ahamiyatini saqlab kelmoqda.Keyingi yillarda mahallalarda sharqona 
urf-odatlar, ta’lim- tarbiya, axloq-odob normalarini targ‘ib qiluvchi 
tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Mahallalarda turli millat vakillari 
yonma-yoi yashab, istiqomat qiladilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, 
mahallalarda xalqlar do‘stligi va birdamlik tuyg‘ulari tarbiyalab 
boriladi. Boshqa millat vakillari ham sharqona marosimlarga ko‘nikib, 
ularda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Navro‘z tantanalari, ramazon va 
Qurbon hayitlari mahallalarda tantanali o‘tkazilishi odat tusiga kirgan. 
Mahallaning biror joyida marosim yoki voqea yuz bersa, 
mahalladoshlari uni birgalikda hal etadilar. Har qanday marosimlarni 
mahalladoshlar bilan birgalikda o‘tkazilsa, targ‘ibot ishlari samarali 
bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
1999-yilda “Turkiston” gazetasining muxbiri savollariga javob berib, 
mahalla, uning ijtimoiy ahamiyati va tarbiyaviy omillarini yuqori 
baholagan edi: “Mahalla kishilik jamiyatida alohida tarbiyaviy 
ahamiyatga molik bo‘lgan o‘ziga xos maskandir. Bu noyob tajriba 


43 
aholining mahallada bo‘lib yashash tarzi jahonning boshqa 
mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat 
bilan birga yashashga o‘rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan 
birlamchi va beqiyos makon bu mahalladir". 
Asosiy yumushlar jamoatchilik yordamida olib boriladigan 
mahalla faoliyati cheksiz imkoniyatlar bilan belgilanadi. Mahalla 
faollari o‘zlarining kundalik ishlarida bolalarni tarbiyalash masalasi 
bilan doimo shug‘ullanishlari, maktab pedagoglari, ota-onalar bilan 
hamkorlikda ish olib borishlari zarur. Buning uchun mahalla hududida 
yashovchi o‘quvchilarning aniq ro‘yxati, ularning o‘quv jarayonidagi 
ishtiroki, yaxshi va a’lo baholar bilan o‘qishi haqida mahalla faollarini 
tanishtirib borish maqsadga muvofiqdir. Darslarda qatnashmaydigan, 
yomon baholar bilan o‘qiydigan, tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ham 
alohida reja asosida ish olib borilmog‘i lozim. Ularning oilaviy 
sharoitlari va ijtimoiy muhiti, ota-onalarining kasb-korlari, yurish-
turishlari o‘rganilib borilishi ham foydadan holi emas. “Namunali 
o‘quvchi”, “Namunali ota-ona”, “Mahallamiz faxri” singari shiorlarni 
mahalladoshlar bilan muhokama qilib borish maqsadga muvofiqdir. Bu 
masalalarni hal etib borishda mahalla hududida yashovchi pedagog-
pensionerlarning ta’lim-tarbiyaviy tajribalaridan unumli foydalanish 
yaxshi natijalarni beradi. 
Mahalla an’analarini doimiy harakatlanishini ta’minlash 
maqsadida pedagog faxriylar, ichki xizmat faxriylari, salomatlik 
posbonlari va boshqalarning intellektual salohiyatlaridan unumli 
foydalanib, tarbiyaviy ishlar rejalarini tuzib olish lozim. Bu rejalarda 
“Alifbo bayrami”, “Archa bayrami”, “Vatan himoyachilari kuni”, “So‘nggi 
qo‘ng‘iroq”, “Navro‘z bayrami”, “Armiya safiga kuzatish”, “Bitiruvchi 
o‘quvchilarning mahalla faollari va faxriylari bilan uchrashuvlari”, 
“Fuqarolik pasportini olayotganlar bilan mahalla faxriylarining 
uchrashuvlari”, “Tug‘ilgan kunlarni mahallaning obro‘li kishilari bilan 
birgalikda o‘tkazish” kabi masalalar aks ettirilmog‘i, bunday tadbirlar 
oshkoralik bilan, ta’sirchanligini ta’minlab, yoshlarning ta’lim-
tarbiyasini yaxshilashga qaratilgan holda o‘tkazilmog‘i lozim. 


43 
Mahallada “Ikki avlod uchrashuvi”, “Uch avlod uchrashuvi”, 
“Qadriyatlarimiz kelajak poydevori”, “Faxriy va yoshijodkorlar 
uchrashuvi”, “O‘zbekiston qahramonlari bilan uchrashuvlar”ni o‘tkazish 
zarur. “Salomatlik kuni”, “Osoyishta tun”, “Tadbirkor hissasi”, 
“Qardoshlar hayoti”, “Ogoh bo‘ling, odamlar”, “Osoyishtalik posbonlari” 
mavzularida tadbirlar o‘tkazilib borilishi bilan tarbiyaviy maqsadlarga 
erishiladi. 
Yurtboshimizning quyidaga fikrlarini xulosa sifatida keltirish 
joizdir: “O‘zbek farzandi dastlab jamiyat tarbiyasini aynan mahallada 
oladi. Uning tafakkuri ko‘pchilik ichida, qo‘ni-qo‘shnilarning yaxshi- 
yomon kunlarida birga bo‘lish orqali shakllanadi.O‘zidan kattalarning 
muomalasi, yurish-turishi, odob-axloqi, o‘zaro oqibatiga qarab harakat 
qila boshlaydi. Mahallalarimizda tong sahardan ko‘chalarga suv 
sepilishi, tanish-tanishmasligidan qat’iy nazar, odamlarning bir- biriga 
ezgulik bilan salom berishi, oqsoqollarning yoshlar umriga baraka tilab, 
duo qilishining o‘zi katta tarbiya maktabidir”. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə