Tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarni o‘rni


II BOB. Boshlang‘ıch sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#135552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
TARBIYA JARAYONIDA MILLIY QADRIYATLARNI O‘RNI

II BOB. Boshlang‘ıch sinf o‘qish darslarida o‘quvchilarning 
milliy qadriyatlar haqidagi tushunchasini o‘stirish 
2.1.
 
Boshlang‘ich sinf o‘qısh darslarida o‘quvchilarning 
milliyqadriyatlar haqidagi tushunchalarini o‘stirish 
 
Milliy o‘z-o‘zini anglash nima? Milliy g‘urur-chi? Millatga 
sadoqatlik nima? 
Milliy o‘z-o‘zini anglash bevosita millat tushunchasi bilan bog‘liq. 
Millat nima? Millat deb, muayyan hududiy birligi, til birligi, 
madaniyatda ko‘rinadigan ruhiyat birligi, umumiqtisodiy turmush 
uyg‘unligi va mushtarakligiga ega bo‘lgan kishilarning tarixan tashkil 
topgan birligiga aytiladi. Bu belgilar birdaniga tashkil topgan emas. 
Dastlab ularning bir va bir necha shakllari kelib chiqadi va rivojlanadi. 
Qabilaviy birlik kelib chiqqan vaqtda hududiy, til, ruhiy va ongiy 
birliklar shakllangan bo‘ladi. 
Elat va xalq kabi birliklarda bu belgilar yanada rivoj topadi. 
Millatning kelib chiqishi va rivojlanishida iqtisodiy hayot birligi katta 
rol o‘ynaydi. 
Millatning yana bir ajralmas xususiyati uning davlat bilan o‘zaro 
bog‘liqligidadir. Davlat millatga nisbatan ancha avval kelib chiqqan. 
Dastlabki davlatlar quldorlik munosabatlari davrida paydo bo‘lgan. 
Millat ij'timoiy taraqqiyotning keyingi davriga mansub bo‘lgan birlikdir. 
Millat davlat tashkiloti bilan mustahkam bog‘langan. Davlat qudratli 
bo‘lsa, millat ham qudratli bo‘lgan. 
Millat va davlat rivojida tarixiy shaxslarning roli katta. Jahon tarixi 
Aleksandr Makedonskiy, Amir Temur, Zahiriddin Bobur kabi ajoyib 
sarkardalarni yaxshi biladi. Millat o‘z yo‘lboshchisiga ega bo‘lsa, shu 
millat taqdiri ko‘p jihatdan unga bog‘liq bo‘lgan. Shaxsning tarixdagi 
roli masalasida turli-tuman qarashlar mavjud bo‘lsada,tarixiy shaxslar 
millatva xalqhayotidayetakchirolnio‘ynab kelganlar. Millat taqdirida 
yo‘lboshchining roli va o‘rni katta. XIV asrda Amir Temurning 
sarkardalik va davlat rahbari sifatidagi donoligi tufayli temuriylar 
davlati barpo bo‘ldi. 


30 
Millat hayotida tilning roli katta. Turkiy til eng qadimgi tillardan 
biri. U millat va davlat kelib chiqqunga qadar ham mavjud bo‘lgan. 
Davlat va millat paydo bo‘lgach, til yanada ravnaq topgan. 
Istiqlol tufayli o‘zbek tili davlat tiliga aylandi. Shu bilan birga, 
boshqa millat va elat tillari, ularning rivojlanishi uchun qulay shart- 
sharoitlar yaratildi. Hozir mamlakatimizda yuzdan ziyod millatlar va 
elatlar istiqomat qiladi. Shu jihatdan milliy o‘z-o‘zini anglash masalasini 
falsafiy jihatdan tahlil etish muhim ahamiyatga ega. 
Har bir millatning ongi va psixologiyasi uning ma'naviy qiyofasini 
tashkil etadi. Shu ma'noda millat ma'naviyat birligidir. Ma'naviy qiyofa 
ma'naviy jihatdan jamiyatning moddiy, ijtimoiy- tarixiy sharoiti 
ta'sirida shakllanadi va ijtimoiy ong ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ma'naviy qiyofa, ij'timoiy ong shakllari o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish 
ijobiy yoki salbiy tusda bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy ongning o‘zgarishi 
millatning milliy o‘z-o‘zini anglash jarayoniga ham ijobiy, ham salbiy 
ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Milliy ong va uning shakllanishi, eng avvalo, 
milliy uyg‘onish negizida ro‘y berishi mumkin. Milliy o‘z-o‘zini anglash 
nima? Milliy o‘z-o‘zini anglash kishilarning muayyan millatga 
mansubligi, milliy tarixi, madaniyati va merosi, urf-odatlari, milliy 
mohiyati, ruhiyati, iqtisodiyotini bilish demakdir. Milliy o‘z-o‘zini 
anglash ilmiy-siyosiy tus olsa va ijtimoiy harakat uchun qo‘llanma 
darajasiga ko‘tarilsa, u milliy mafkuraga aylanadi. Milliy mafkura milliy 
siyosatning yetakchi omili bo‘lib xizmat qiladi. 
Milliy uyg‘onish mafkurasi millatning yashash huquqi, 
ajdodlarning urf-odatlari, milliy mansublik, fuqarolik huquqi, 
an'analarini e'zozlash huquqi, tarixiy milliy yozuvni tiklash, o‘z tilini 
davlat tiliga aylantirish, o‘z millatini va jahon madaniyati yutuqlarini 
egallash huquqi, milliy iqtisodiy mustaqillikka erishish huquqi kabi 
muhim hayotiy masalalar majmuasidan iborat. 
Milliy onglilik millatning tub manfaatlari mohiyatidan iborat. Uni 
tushunmaslik va inkor etish millatchilikni keltirib chiqaradi. 
Millatchilik o‘zga millatlarga va o‘z millatiga munofiqlik va xudbinlik 
bilan qarashdir. Millatchilik deb o‘z millatining manfaatlarini 


31 
mutlaqlashtirish, o‘zga millatlarning manfaatlari bilan hisoblashmaslik, 
ularning qadriyatlarini yerga urish, kamsitish va adolatsizlikka yo‘l 
qo‘yish holatiga aytiladi. Millatchilik biror-bir millatning manfaatini 
himoya etib, boshqa millatlarning ehtiyojlarini pisand qilmasdan, 
huquq va erkinliklarini chegaralab qo‘yishga qaratilgan harakatdir. 
Millatchilik milliy tuyg‘udan farq qikdi. Bu masalaiarda 
birqatortushunchalarnibir-biridanfarqqilishkerak.Masalan, 
milliy 
tuyg‘u, milliy iftixor, milliy xarakter, milliy ruhiyat (psixoiogiya), milliy 
mahdudlik, milliy xudbinlik, milliy o‘zlikni anglash va h.k. 
Milliy tuyg‘u — o‘z millatining milliy ruhi va xarakteri, milliy his-
tuyg‘ulari, psixikasi (ruhiyati), temperamenti (mijozi) va fe'l- atvorlari 
kabi ma'naviy hodisalarning inson hayotiy faoliyatida namoyon 
bo‘lishidir. 
Milliy g‘urur iftixor, faxr so‘zlariga yaqin turadi, biroq ular bir- 
biridan farq qiladi. 
Milliy g‘urur millatning o‘z qavmi yutuqlaridan mamnuniyat 
hissidir. O‘z milliy davlati, o‘z Konstitutsiyasi, Davlat madhiyasi, Davlat 
gerbi, bayrog‘i uchun ich-ichidan sevinishi, ko‘nglining to‘lishi, mamnun 
bo‘lishidir. Bu millatning qadr-qimmatini bilish demakdir. O‘ta 
g‘ururlanish yoki o‘z millatini o‘ta kamsitish ham yaxshilikka olib 
kelmaydi. O‘ziga ortiqcha baho qo‘yish, gerdayish, kekkayish singari 
qusurlar millatga ziyon keltiradi, xolos. Hadislarda aytilishicha, Olloh 
eng yomon ko‘rgan narsalardan biri takabburlikdir. Hattoki masjidga 
gerdayib kirgan odamning namozi qabul bo‘lmas ekan. 
Milliy iftixor — millat o‘zining yaxlit ijtimoiy birlik ekanligini ongli 
ravishda his etishidir. Milliy iftixor millat vakillarining qalbidagi birlik, 
qon-qardoshlik, til, madaniyat, ma'naviyat, iqtisodiyot va istiqbol uchun 
qoniqish hissiyoti, kuchli ruhiy holatdir. 
“Vatan tuyg‘usi” kitobi mualliflari yozganlaridek, milliy birdamlik 
tuyg‘usi milliy ongning asosini tashkil qiladi. Milliy birdamlik yetuk va 
mukammal ma'naviy fazilat sifatida, milliy ongi rivojlangan 
mamlakatlardagi millatlarda to‘laroq namoyon bo‘ladi. 
Mahalliychilik va guruhbozlik milliy bardamlik hissiyotining 


32 
kuchsizianishiga olib keladi. Prezidentimiz ta'kidlaydiki, «umumiy 
ishimizga xalaqit beradigan mahalliychilik, guruhbozlik holatlariga faol 
chek qo‘yish lozimligini» anglab yetish zarur. 
Milliy ma'naviy barkamollikning rang-barang qirralari, boy 
ma'naviy meros va bugimgi qadriyatlar milliy iftixor tushunchasida 
mujassam bo‘ladi. Milliy xarakter, milliy tuyg‘u,milliy ruhiyat,milliy 
psixologiya bir tartibdagi, bir ma'noli tushunchalar hisoblanadi. Biroq 
ular ma'lum darajada bir-biridan farq qiladi. Milliy xarakter — millat 
qat'iyati, azmu qarori bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning barcha 
bosqichlarida o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi. 
Milliy tuyg‘u tez o‘zgaravchan ma'naviy hodisalar turkumiga 
kiradi. 
Milliy ongda milliy tuyg‘u, milliy psixologiya, mafkura va turli 
ijtimoiy hodisalarga berilgan baholar mujassamlashadi. 
Milliy tuyg‘ular millatning tub manfaatlarini to‘la ifodalamaydi. 
Milliy ongda, mafkurada millatning tub manfaatlari aks etadi. Milliy 
tuyg‘uga asir bo‘lib qolish xatoliklarga olib kelishi ham mumkin,lekin 
uni e'tibordan chetda qoldirib ham bo‘lmaydi. Milliy tuyg‘ularni 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va axloqiy omillarga suyanib,umuminsoniy 
manfaatlar asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. 
Milliy qadr-qimmat — o‘zaro hurmat bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va 
ma'naviy sohalarda, xalqaro munosabatlarda ko‘rinadi. Hatto so‘zda 
ham millatning qadr-qimmatini kamsitib bo‘lmaydi. Milliy qadr-
qimmatmillatning mavjudligi, moddiy va ma'naviy boyliklari, jahon 
sivilizatsiyasiga 
qo‘shgan 
hissasi, 
uning 
sha'ni, 
or-nomusi, 
hamjihatligidir. 
Milliy mahdudlik — millatning o‘z qobig‘ida qolishi va sof milliy 
an'analardan boshqa har qanday aqidani inkor qilishiga asoslanadi, 
millatlararo o‘zaro yordam va hamkorlikka ishonmaydi. 
Milliy xudbinlik — mahdudlikdan ham yomon, o‘zga millatlarni 
kamsitishga qaratilgan, o‘zmillatini alohida mumtoz ustunliklarga ega 
deb bilishdir. 
O‘zbekiston istiqlolining eng katta yutuqlaridan biri turli millat va 


33 
elatlar orasida o‘zaro hamfikrlik va totuvlikning ta'min etilishi bo‘ldi. 
Barcha fuqarolarda yagona oila — O‘zbekiston taqdiri uchun mas'uliyat 
hissi oshdi. Ularning tili, madaniyati va an'analarining rivojlanishi 
qonun bilan kafolatlandi. 
Shunday qilib, milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy iftixor O‘zbekistonda 
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy islohotlarni yuksak darajada olib borish 
sohasida ulkan ma'naviy ornil rolini o‘taydi. 
O‘zbekiston mustaqilligining eng katta yutuqlaridan biri shuki, 
ko‘p millatli mamlakatda millatlararo totuvlik to‘la ta'min etildi. Barcha 
fuqarolarda yagona oila, butun mamlakat taqdiri uchun javobgarlik 
hissi oshdi. Endi odamlar qaysi millatga mansubligidan qat’iy nazar, 
O‘zbekiston fuqarosi ekanligi bilan faxrlanadi. Har bir millatning o‘ziga 
xosligi, tili va madaniyatini rivojlantirish qonuniy kafolatlanganligi 
istiqlolning katta yutug‘i bo‘ldi. Mazkur chora- tadbirlar O‘zbekiston 
istiqboli, mustaqillik uchun mas'ullik burchini anglashga imkon 
bermoqda. 
Qonun ustuvorligiga asoslangan demokratik jamiyatning 
rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan turli millat vakillari, O‘zbekiston 
fuqarolari, mustaqillikning qadriga yetib, uni mustahkamlash 
zararligini chuqur anglamoqdalar. Ularning yaratuvchanlik faoliyati 
barcha jabhalarda keng namoyon bo‘lmoqda. Masalan, davlatni 
boshqarish ishlarida ham ularnrag tashabbuskorligi ko‘zga yaqqol 
tashlanmoqda. Huquqiy demokratik davlat nasldan naslga o‘tadigan 
hokimi mutlaq irodasi bilan emas, balki fuqarolarning vakillari, xalq 
noiblari, ishbilarmonlar, xalq ichidan chiqqan rahbarlar tomonidan 
boshqarilmoqda. o‘z-o‘zini boshqarish jamiyat hayotining barcha 
sohalarida: moddiy boyliklar ishlab chiqarish, mehnat unumdorligini 
oshirish, oziq-ovqat yetishtirish mustaqilligini qo‘lga kiritish, g‘alla 
mustaqilligiga erishish, yonilg‘i fondlarini yaratish kabi sohalarda 
namoyon bo‘layotir. 
O‘zbekistonda mavjud boigan har bir milliy madaniyatdagi 
yutuqlar, ijobiy tomonlarni qunt bilan o‘rganish, ulardan foydalanish 
milliy madaniyatlarni o‘zaro boyitish, vatan taqdiri uchun birgalikda 


34 
qayg‘urish, kishilarda umumiy maqsad uchun kurashga tayyor bo‘lish 
hissini tarbiyalaydi. 
Hozir Respublikada 80 dan ortiq milliy madaniyat markazlari 
ishlab turibdi. Ular O‘zbekistonning ko‘p millatli jamiyatini siyosiy, 
iqtisodiy-madaniy, ma'naviy jihatdan qayta qurish jarayonida ijobiy rol 
o‘ynamoqda. Xalqning birligi, jipsligi va osoyishtaligi haqida gapirar 
ekanmiz, bu bizning bebaho boyligimiz, deydi yurtboshimiz 
Sh.M.Mirziyoyev. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning milliy qadriyatlar haqidagi 
tushunchalarini 
singdirishda 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘qituvchilari 
quyidagilarga katta ahamiyat berishlarini zarur deb hisoblaymiz: 
1)
milliy qadriyatlar to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar 
berishda o‘qituvchining yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakaga ega 
bo‘lishi; 
2)
o‘qituvchining o‘zi milliy qadriyatlar haqida tushunchalarga 
ega bo‘lishi; 
3)
har bir mavzuni milliy qadriyatlarga bog‘lay olishi; 
4)
o‘quvchilariga milliy qadriyatlar haqidagi tushunchalarni 
singdira olishi; 
5)
ta'lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llay olishi. 
6)
milliy qadriyatlar to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar 
berishda o‘qituvchining yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakaga ega 
bo‘lishi o‘ta muhimdir. Milliy qadriyatlar nima ekanligini, umuman 
qadriyat deganda nima nazarda tutilishini bilmaydigan yoki qadriyatlar 
ichidan millatimizga, mintalitetimizga xos milliy qadriyatlarni ajrata 
olmaydigan ayrim boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchilarining oramizda hali 
ham borligi va ular kelajagimiz bo‘lmish yoshlarga ta'lim-tarbiya berib 
kelayotgani, albatta, achinarli holdir. 
Davlatimiz rahbari umumta'lim maktablari boshlang‘ich sinflarida 
ishlayotgan 
o‘qituvchi-murabbiylar 
haqida 
gapirar 
ekan,oliy 
ma'lumotga ega bo‘lmagan, pedagogika kollejlarini tamomlagan o‘rta-
maxsus ma'lumotga ega tajribasiz o‘qituvchilarining kelajagimiz 


35 
bo‘lmish yoshlarga ta'lim-tarbiya berib kelayotganidan tashvishda 
ekanini bildirib jumladan shunday deydi: “Vaholanki, bolaning 
dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarga eng 
yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo‘yilishini oddiy mantiqning 
o‘zi talab etadi”. 
Demak, o‘qituvchining o‘zi qadriyatlar haqida ma'lum bir 
tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. Qadriyatlar haqida ma'lum bir 
tushunchalarga ega bo‘lgan o‘qituvchigina qadriyatlar haqida 
o‘quvchilarga yetarlicha ma'lumotlar, bilim va ko‘nikmalar, 
tushunchalar beraoladi. Qadriyatlar ichidan milliy qadriyatlarni ajrata 
olish, nima uchun milliy qadriyat hisoblanishi haqida tushunchalar 
berish 
O‘quvchilarda milliy qadriyatlarga bo‘lgan muhabbatni yanada 
oshirishga asos bo‘ladi. Tabiiyki, o‘quvchilar ongida o‘zbek xalqining 
milliy qadriyatlar bilan faxrlanish tuyg‘usi – milliy g‘urur paydo bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari fan bo‘yicha o‘tkazayotgan har bir 
mavzuni qadriyatlarga, ayniqsa, milliy qadriyatlarga bog‘lay olishi, dars 
jarayonida bir marotaba bo‘lsa ham qadriyat, milliy qadriyat, urf- 
odatlar, milliy bayramlar kabi so‘zlarni tilga olishi, unga jonli misollar 
keltira olishi lozimdir. 
Masalan: 3-sinf o‘qish kitobida Mahmud Murodovning “Sohiba 
kimdan xafa?”
1
hikoyasini olaylik. Ushbu hikoyadan qadriyatlarga, 
ayniqsa, milliy qadriyatlarga misol bo‘la oladigan jihatlarni ko‘plab 
topsa bo‘ladi. 
Tarbiya, ma'lumki oiladan boshlanadi. Oilada ota va ona yaxshi 
tarbiya olgan bo‘lsa, bunday oilada tarbiya topgan farzandlar ham har 
tomonlama tarbiyalangan bo‘ladi. Shu bois ushbu hikoyada oilada 
onaning to‘g‘ri tarbiya berishi, bolalarning onalar gapiga kirmasligi 
oqibatida Sohibaning o‘rtoqlari oldida hijolat bo‘lgani, keyinchalik esa 
o‘z xatosini bilib pushaymon bo‘lgani haqidagi voqealar bayon etiladi. 


36 
SOHIBA KIMDAN XAFA? 
(Hikoya) 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə