Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə47/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Xatti ikror. Xijriy 997 yil zulxijja oyi boshida (1589 yil oktyabr oyining birinchi yarmida) mullo Abdulbokiy Xoji bokiy o`gli o`z amakivachchasi sagir Mirxodi marxum xoja Opok o`gli tarafidan uning ishlarini (kozi) maxkamasida amalga oshirish uchun to`la xukukli ekanligi shar`an mullo Kurbon Muxammad Ali najjorlarning to`gri guvoxliklari bilan isbot kilingani xolda, Samarkand shaxri va unga tobe` erlarning kozilar kozisining noibi va viloyatning adolatli xokimi, Allox uning soyasini uzun kilsin, xuzuriga kelib, shar`an to`gri ikror bo`ldiki, sagirning Samarkanddagi Masjidi nigoron maxallasida joylashgan, chegaralari anik bo`lgan va imorat kilishga yarokli bir bo`lak erini Mirza Do`stim Baxtibiy o`gliga bir miskollik 63 dinorga sotdi.
(Ushbu) joyning chegaralari garbiy, shimoliy va sharkiy tarafdan jlyni sotib oluvchining xovlisiga va janub tarafdan katta jamoa ko`chasiga tutashdir.
Xar ikkala taraf o`ziga tegishlini oldi, (ya`ni) oluvchi joyni, sotuvchi esa pulni oldi. Shar`an kelajakda (bir birini) aldamaslik sharti bilan mazkur joyning baxosi shu kunlardagi narx-navoga to`gri va adolatlidir. Ushbu savdoda aldash va buzuk shart yo`k. Bu savdo sagirning kundalik extiyoji va nafakasiga xarj kilinadi. Xar ikkala tomon yuzma-yuz turib ikror bo`ldilar (va tuzilgan xujjatni) tasdik kildilar.
Ushbu savdo-sotik ishonchli kishilar xuzurida bo`ldi.
Kozi muxri.
Xatti ikror. Xijriy 987 yil safar oyining, yaxshilik va zafar bilan tamom bo`lsin, 9- kuni (1589 yil 18 dekabr kuni) Mirzo Xalim Mir Zinda Ali o`gli janoblari shar`an to`gri ikror bo`ldi, shu xususdakim, o`z ixtiyorida bo`lgan va Samarkand shaxrining Masjidi mullo shayx Muxammad devon nomi bilan mashxur bo`lgan maxallasidagi bir bo`lak erini shar`an uzil-kesil savdo bilan, mullo Tursun Mullokuli o`gliga xozigshi paytda maomalada bo`lgan, toza kumushdan zarb etilgan bir miskollik 13 tanga xoniyga sotgan.
(Mazkur) erning ba`zi kismi er oluvchining mulkiga va ba`zi kismi Tursun zogorapazning eri bilan tutash, to`rt tarafdan chegaralari ma`lum bo`lib, garbi mullo Muxammad Siddik mullo Abdukarim o`glining xovlisiga, shimol tarafi Muxammad Sharif ibn xoja Avaz attor o`glining, ba`zisi Banda Ali Sherali o`glining xovlisi bilan janub tarafi jamoat yuradigan ko`chaga tutash bo`lib, kirish yo`li xam o`sha tarafdadir. Xamma tarafining belgilari ko`rinib turibti.
Shariat bo`yicha xar ikki taraf yuzma-yuz turib o`ziga tegishlini oldi. Ushbu savdoda aldash, firib berish va buzuk shart yuz bermadi.
Guvoxlar:
Mulla Axmad Amin;
Mulla Axmad;
Mulla Abdumajid;
Mulla Abduraxim.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə