Тарихий манбашунослик


Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə55/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Mavzuni mustaxkamlash uchun berilgan savollar.
q. Markaziy Osieda yashagan xal3lar tu2risida nimani bilasiz?
w. Uzbek atamasining mazmunini aytib bering?
e. Uzbek xal3i tarkibiga kirgan uru2 va 3avimlar?
r. Uzbek xal3i shakllanishiga oid 3aysi manbalarni bilasiz?
t. Uzbek xal3i deganda nimani tushunasiz?


15-mavzu. Biografik asarlar.
Reja:
1. Biografik asarlar xususiyatlari.
2. Biografik asarlar tavsifi.
3. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
4. Mavzuni mustaxkamlash uchun beriladigan savollar.


Asosiy tushunchalar: biografiya, muallif, tarjimai xol.


Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati.
1. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008.
2. B.A.Axmedov. O`zbekiston tarixi manbalari.-T., “O`kituvchi”. 2001.
3. T.S.Saidkulov. O`rta Osiyo xalklari tarixining tarixnavisligidan lavxalar.-T., “O`kituvchi”. 1993.
4. Istoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998.
5. Rukopisnaya kniga v kul`turax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: ‘’Nauka’’. 1987.
6. B.A.Axmedov. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii. XU1-XVIII vv. (Pismennыe pamyatniki).-T.“Fan”, 1985.


Biografik asarlar xususiyatlari. O`zbekiston tarixi va umuman tarix ilmini o`rganishda biografik asarlar, tazkiralar, mnokiblar va memuar asarlarning axamiyati nixoyatda kattadir. Ba`zan maxsus tarixiy asarlarda uchramaydigan ma`lumotlar bioshgafik va memuar asarlarda uchraydi. Bu asarlar ma`lum darajada davr ijtimoiy-siyosiy xayotini o`rganishda muxim axamiyat kasb etadi. Shulardan ba`zilarisha, misol tarikasida to`xtalib o`tamiz.
«Tazkarat ush-shuaro» XV asrning ko`zga ko`ringan adabiyotshunos olimi Davlatshox Samarkandiyning asaridir. Muallifning to`lik ismi sharifi Davlatshox ibn Alouddavla Baxtishox al-Goziy as-Samarkandiy. O`z asarida keltirilgan ba`zi ma`lumotlarga karaganda, u yirik xarbiy xizmatchi va davlat arbobi oilasidan chikkan. Otasi amir Baxtishox Shoxrux sultonning yakin kishilari va e`tiborli xizmatkorlari jumlasidan bo`lib, uning ko`pgina xarbiy yurishlarida katnashgan va toju taxt soxibiga sadokat bilan xizmat kilib, janglarda kaxramonlik namunalarini ko`rsatgan. Uning «al-Goziy» deb atalishi xam shundandir.
Davlatshoxning tugilgan vakti ma`lum emas. Lekin buni boshka dalil va ma`lumotlarga tayanib, taxminan aniklasa bo`ladi. Davlatshoxning o`zi mazkur asarini 50 yoshga kirganda yoza boshlaganini aytadi. Biz bu asarni 1487 yili yozib tamomlanganligini bilamiz. Bu katta va muxim asarni yozish uchun kamida ikki-uch yil vakt sarflangan, albatta. Shunday taxmin kilinganda, Davlatshox 1435-1436 yillari tavallud topgan bo`lib chikadi.
Davlatshox Samarkandiy yoshligida durustgina taxsil ko`rdi, o`sha davrning eng ko`zga ko`ringan olimlaridan, masalan, fakix va shoir xoja Fazlullox Abulaysiydan xam ta`lim olgan. Lekin 1480 yillarga kadar ilmiy yoki adabiy faroiyat bilan shugullanmagan, balki saroy xizmati va xarbiy yurishlarga jalb kilingan. Shoxrux Mirzo va Sulton Xusayn mirzoning ko`pgina xarbiy .rishlarida ishtirok etgan. U so`nggi marta Sulton Xusayn bilan Temuriy Sulton Maxmud mirzo (Abu Saidning ikkinchi o`gli, Xisori shodmon va Badaxshon xokimi) o`rtasida Chamonsaroyda (Afgonistonning Andxuy viloyatida joylashgan manzil) bo`lgan urushda ishtirok etgan. Bu urush Xondamirning ma`lumotlariga karaganda, 1471 yilda sodir bo`lgan. Davlatshox Samarkandiy 60 yilga yakin umr ko`rib, 1495 yili vafot etgan.
Davlatshox Samarkandiy o`zining «Tazkirat ush-shuaro» asarini yozishda juda ko`p manbalardan, o`zidan avval yozilgan tazkiralardan, masalan Abu Toxir Xotuniyning «Manokib ush-shuaro», Avfiyning «Lubob ul-albob» kitoblaridan, ko`pgina tarixiy va geografik asarlardan, xususan, Istaxriyning «Kitob masolik ul-mamolik», Gardiziyning «Zayn ul-axbor», Abulfazl Bayxakiyning «Tarixi Oli Sabuktakin» va boshkalardan, shuningdek, tazkirada nomlari kayd etilgan shoir va adiblarning asarlaridan keng foydalangan.
«Tazkirat ush-shuaro» asarida VII-XV asrlarda Eron va O`zbekistonda yashab ijod etgan 155 shoir xakida kiskacha, lekin nixoyatda kimmatli ma`lumotlar keltirilgan. U mukaddima, xotima va etti kism (tabaka)dan iborat.
Mukaddimada asarning yozilish sabablari, VII-X asrning birinchi yarmida o`tgan arabiynavis shoirlardan 10 nafari xakida ma`lumot berilgan.
Birinchi va ikkinchi kism X-XI asrda Eron va asosan O`zbekistonda yashab, ijod etgan 40 yirik shoirning kiskacha tarjimai xoli va ijodiga bagishlangan.
Uchinchi-beshinchi tabakalarda Xorazmshoxlar – Anushteginiylar (1077-1231 yy.), Elxoniylar (1256-1353 yy.) va Muzaffariylar (1314-1393 yy.) zamonida o`tgan 54 shoir xakida ma`lumotlar keltirilgan.
So`nggi ikki tabakada Amir Temur va Temuriylar zamonida o`tgan 41 shoir xakida ma`lumotlar keltirilgan.
Xotimada XV asrning ikkinchi yarmida o`tgan va tazkira muallifi bilan zamondosh bo`lgan yirik goir va adiblar, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, shayx Axmad Suxayliy, xoja Afzaluddin Maxmud Kirmoniy, xoja Shixobuddin Abdulla Marvaroid xamda xoja Asafiy xakida xikoya kilinadi.
Tazkirada tilga olinganlar orasida Abu Abdulla Rudakiy (taxm.860-941 yy.), fors tilidagi «Kavsnoma» nomli lugat muallifi Katron ibn Mansur (taxm.1010-1073 yy.), xorazmlik mashxur shoir va adabiyotshunos, she`riyat ilmiga oid «Xadoyik as-sexr» («Sexr boglari») nomli kitobi bilan dong chikargan Rashiduddin Votvot (taxm.1087-1182 yy.), asli shaxrisabzlik bo`lib, Xindistonda kun kechirgan va boy ijodi bilan dong taratgan buyuk shoir, olim va musikashunos Xusrav Dexlaviy (1253-1325 yy.), yirik tarixchi Sharayuddin Ali Yazdiy, shoir va kissaxon Orif Ozariy va boshkalar bor.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə