Тарихий манбашунослик


«Jomi` ul-makomoti Maxdumi A`zam Kosoniy»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə63/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Jomi` ul-makomoti Maxdumi A`zam Kosoniy» («Maxdumi A`zam Kosoniy makomotlari majmu`i») asari Nakshbandiya tarikatining yirik namoyondalaridan biri xoja Axmad ibn Mavlono Jaloliddin Kosoniy (1461/62-1542 yy.)ning xayoti va faoliyatiga bagishlangan.
Maxdumi A`zam Kosoniy yirik tarikat etakchisi bo`lishi bilan bir katorda, sermaxsul olim edi. U axlok, siyosat va iloxiyotga oid «Tanbex us-salotin» («Sultonlarga nasixat»), «Asror ul-nikox» («Nikox sirlari»), «Rsolayi samo`iya» («Darveshlar uchun ixtiro etilgan musikalar»), «Risolayi vujudiya» («Chin xakikat xakida risola»), «Odob us-solikin» («Darveshlar odobi xakida»), «Odob us-siddikin» («Sodik kishilar odobi»), «Ganjnoma», «Risolayi bako`iya» («Ko`z yoshi to`kib tavba kilish xakida risola»), «Nasixat ul-solikin» («So`fiylik yo`lidan boruvchilar uchun nasixat»), «Risolayi zikr» («Zikr xakida risola»), «Risolayi bayoni silsila» («Nakshbandiya tarikati boshliklari silsilasi»), «Risolayi chaxor kalima» («Abduxolik Gijduvoniy aytgan to`rt kalima xakida risola»), «Risolayi botixiya» («O`zini narigi dunyodagi xayotga xozirlash xakida risola»), «Mir`ot us-safo» («Poklik ko`zgusi»), «Zubdat us-solikin va tanbex us-salotin» («So`fiylik yo`lidan boruvchilar uchun zubda va sultonlar uchun tanbex»), «Risolayi Boburiya» kabi 30ga yakin asar yozib koldirganlar. Maxdumi A`zam Kosoniyning ilmiy me`rosi ya`shi o`rganilmagan.
Bu ulug zotning xayoti va faoliyatiga bagishlangan «Jomi` ul-makomot» asarini olimning nabirasi xoja Abulbako ibn Baxouddin yozgan. Asar Maxdumi A`zam Kosoniyning yakin xalifalaridan Ali Axsikatiy, mavlono Do`st saxxof, mavlono Boboyi xujrador, Xofiz Ibroxim va boshkalarning bergan ma`lumotlar«Jomi` ul-makomotiga asoslanib yozilgan.
Asarda keltirilgan ba`zi ma`lumotlarga karaganda, xoja Abulbako keng ma`lumotli va o`ziga to`k odam bo`lib, savdo-sotik bilan xam mashgul bo`lgan. Uning karvonlari Movarounnaxr bilan Balx, Xindiston va Koshgar o`rtasida katnab turgan. O`zi Shayboniy Abdulazizxon (1540-1549 yy.)ning ko`lida mas`ul, xukmgar lavozimida turgan. Keyincha Fargona xukmdori Muxammadshox nomidan Kozok sultoni xuzuriga elchi bo`lib borgan, so`ng 1556 yili, Abdullaxon soniy Buxoroni kamal kilib turganida Buxoro xokimi Burxon sulton va nomi yukorida zikr etilgan, xoja Muxammad Islomning iltimoisi bilan uning o`rdasiga elchi bo`lib borgan va sulx tuzish xususida xon bilan muzokara olib borgan.
«Jomi` ul-makomot» kiskacha an`anaviy so`z boshi, xotima va uch bobdan iborat.
Birinchi bobda Maxdumi A`zam Kosoniyning Muxammad paygambarga ulangan shajarasi va ulug bobolari xakida kiskacha ma`lumot keltirilgan. Ikkinchi va uchinchi boblar to`ligicha Maxdumi A`zam Kosoniyning xayoti, faoliyati va karomatlari xakida xikoya kiladi.
Xotimada xazrat eshonning xayoti oxiri va uning 1542 yil 7 may kuni yuz bergan vafoti tafsiloti bayon etilgan.
Asarda kuyidagi tarixiy ma`lumotlar o`rin olgan. XVI asrning birinchi yarmi Shayboniy sultonlarning o`z uluslarida xukmronligini to`la o`rnatish yo`lida olib borgan kurashlari, masalan, Ko`chkinchixon, Jonibek sulton, Do`stmuxammad sulton va Kepak sultonlarning Fargona ustiga yurishi, Toshkent xokimi Navro`z Axmad-Barokxonning, Samarkand xokimi Abdullatif sulton bilan birgalikda Buxoro ustiga kilgan yurishi, Suyunchxojaxonning Toshkentga yurishi va Toshkentning kamal kilinishi, Suyunchxojaxon bilan Koshgar xoni Sulton Saidxon o`rtasida Toshkent uchun bo`lgan kurash, yukorida nomi tilga olingan Sulton Saidxonning Axsi, Andijon va Koson ustiga kilgan xuruji, Suyunchxojaxon, Ko`chkinchixon va Ubaydullaxonning Kogar xoni Sulton Saidxon bilan olib borgan urushi va Sulton Saidzonning Koshgardan kochib ketishi, Toshkent va Karshi Kosonda XVI asrning 40-yillarida bo`lib o`tgan xalk ko`zgolonlari xakida ma`lumotlarni bu kitobda uchratamiz.
Kitobdagi ijtimoiy-iktisodiy xayot xakida xam muxim ma`lumotlar mavjud. Unda Ko`xak daryosining ba`zi yillari to`lib-toshib okishi, ayrim yillarda satxi pasayishi, yoki o`zanining o`zgarishi okibatida kurgokchilik sodir bo`lishi va uning tevarak-atrofidagi kishloklarga suv chikmay kolib, axolining iktisodiy kiyinchiliklar iskanjasida kolishi, kurgokchilik yillari Movarounnaxrning ayrim xududlarini chigirtka va kora kuzgun bosib ketganligi, shuningbek, Shayboniylar davrida xam tarxonlik tizimi, bu tizim Amir Temur va Temuriylar davrida keng tarkalgan edi, xakida xam o`ta muxim ma`lumotlar usratamiz.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə