Тарихий манбашунослик


«Manokibi xoja Yusuf Xamadoniy»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə60/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Manokibi xoja Yusuf Xamadoniy» («Xoja Yusuf Xamadoniyning xayot yo`li») nomli asar muallifi Xojagon tarikatining asoschisi va nazariyachilaridan biri Abduxolik ibn Abduljamil Gijduvoniy (vaf.1179 y.) bo`lib, u ushbu asarini ustozi xoja Yusuf Xamadoniyning xayot yo`li va ta`limotiga bagishlagan.
Asarning yana bir boshka nomi «Risolayi shayx ash-shuyux xazrat xoja Abu Yusuf Xamadlniy» («Mashoyixlar shayxi xazrat xoja Yusuf Xamadoniy xakida risola») deb xam ataladi.
Asarning yaxshi bir ko`lyozma nusxasi O`zR FA Sharkshunoslik institutida mavjud.
«Risolayi shayx Najmiddin Kubro» («Shayx Najmiddin Kubro risolasi») kubroviya tarikatining asoschisi shayx va shoir Najmiddin Kubro (1221 y. Gurganjni mo`gullardan mudofaa kilish vaktida jangda xalok bo`lgan) kalamiga mansub asar.
Xajm jixatidan uncha katta bo`lmagan, xammasi bo`lib 9 varak, bu asarda tasavvuf xakida fikr yuritiladi, muallif o`zining shaxsiy kechinmalari va ruxiy iztiroblarini bayon kiladi.
Asarning yaxshi bir ko`lyozma nusxasi O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida saklanadi.
«Manokibi Amir Kulol» («Amir Kulolning xayot yo`li») asari nakshbandiya tarikatining ko`zga ko`ringan namoyondalaridan biri, xazrati soxibkiron Amir Temurning pirlaridan Amir Kulolning xayot yo`liga bagishlangan. Amir Kulol asli Buxoroyi sharifning Suxori kishlogidan bo`lib, ota-bobolaridan tortib kulolchilik bilan tirikchilik o`tkazganlar, tarikatda xoja Muxammad Boboyi Somosiy (vaf.1354 y.)ning xalfasidir.
Asarning muallifi Amir Kulolning nabirasi Shixobiddindir.
Asarning XVII asrda ko`chirilgan yaxshi bir ko`lyozma nusxasi O`zR FA Sharkshunoslik instituti xazinasida saklanmokda. «Manokibi Amir Kulol»ning toshbosma nashrlari xam bor.


Xoja Muxammad Porsoning «Makomati xoja Alouddin Attor», «Fasl ul-xitob», «Risolayi kudsiya» va boshka asarlari
Xoja Muxammad Porsoning xakikiy ismi Muxammad ibn Muxammad al-Xofiz al-Buxoriy bo`lib, 1419 yili Makkada vafot etgan. Nakshbandiya tarikatining nazariyotchi olimlaridan, ushbu tarikat va uning ko`zga ko`ringan namoyondalariga atab bir necha asar yozib koldirgan.
Ulardan biri «Makomati xoja Alouddin Attor» («Xoja Alouddin Attorning xayot yo`li») bo`lib, muallif unda Nakshbandiya tarikatining yirik vakillaridan biri Xoja Buzurg – Xoja Baxouddin Nakshbandning xalifalaridan biri asli xlrazmlik xoja Alouddin (vaf.1400 y.)ning aytganlari jamlangan.
«Makomati xoja Alouddin Attor» asari nashr etilmagan. Ko`lyozma nusxasi O`zR FA Sharkshunoslik instituti kutubxonasida mavjud.
Xoja Muxammad Porsoning yana bir asari «Fasl ul-xitob» («Ravshan fikrlar») bo`lib, unda e`tikod, diniy marosimlar, akidaparastlik va falsafiy okimlar xakida mutasavvufona fikr yuritiladi. «Fasl ul-xitob» tasavvuf bo`yicha komusiy asar xisoblanadi.
Asarning ko`lyozma nusxalari O`zbekiston, shuningdek, Germaniya, Frantsiya va boshka xorijiy mamlakatlarning kutubxonalarida mavjud. 1913 yili amalga oshirilgan toshbosma nashri xam bor.
Xoja Muxammad Porsoning piri murshidi xoja Baxouddin Nakshbandga atab yozgan «Risolayi kudsiya» («Kudsiy kalimalar xakida risola») asari bo`lib, olim bu asarida ustozining aytganlarini zo`r e`tibor bilan jamlagan. Xoja Muxammad Porso bu asarini ustozi xoja Alouddin Attorning iltimosi bilan yozgan.
Olimning bulardan boshka tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga bagishlangan «Maxak al-orifin» («Ma`rifatli kishilarni ajratuvchi maxak toshi»), «Taxkikot» («Xakikat izlash») va «Risola» degan asarlari xam mavjud.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə