Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə61/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Xoja Baxouddin Nakshband, uning xayoti, aytganlari, karomatlari xakida xikoya kiluvchi yana bir muxim asar Abulmuxsin Muxammad Bokir ibn Muxammad Alining «Manokibi xoja Baxouddin Nakshband» («Xoja Baxouddin Nakshbandning xayot yo`li») nomli kitobidir. Abulmuxsin Muxammad Bokir bu asarini yozishda Xojoyi buzurgning yakin kishidari bilan suxbatlari chogida yikkan ma`lumotlardan va xoja Muxammad Porsoning kitoblaridan olingan ma`lumotlardan foydalangan.
«Manokibi xoja Baxouddin Nakshband» mukaddima, xotima va uch kismdan (maksad) iborat.
Mukaddimada Xojoyi buzurgning tavallud topishi va kelib chikishi, birinchi kismda xazrat eshon faoliyatining boshlanishi, ikkinchi kismda xazrat eshonning suluklari va aytganlari, va nixoyat, uchinchi kismda xazrat Baxouddin Nakshbandning kashfu karomatlari bayon etilgan.
Xotimada xazrati buzurgning vafoti xususidadir.
Asar Maxmud Xasanov tarafidan o`zbek tiliga tarjima kilingan va zarur izoxlar bilan 1993 yili nashr etilgan.
«Makomoti xoja Axror» («Xoja Axrorning xayoti») nomli asar nakshbandiya tarikatining yana bir yirik namoyondasi, ma`rifatparvar va raiyatparvar inson xoja Ubaydulla Axror Valining xayoti, ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bagishlangan. Bu kitob eshon buvaning nabirasi xoja Abdullo tomonidan XVI asrda yozilgan. Xoja Abdullo yoshligidan bobosining xizmatida bo`lgan va mazkur asarida xazrat eshondan o`zi eshitgan, uning yakinlari va mulozimlari, beklar va amirlarning ogzidan eshitgan, shuningdek Temuriyzodalar Sulton Axmad (1469-1494 yy.) va Umarshayxdan eshitganlarini kunt bilan to`plab kitob xoliga keltirgan.
Asarda O`zbekiston va u bilan ko`shni mamlakatlarning XV asrdagi ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy va madaniy xayotiga oid o`ta kimmatli ma`lumotlar bor.
Kitob nashr etilmagan, uning ko`lyozma nusxalari O`zR FA Sharkshunoslik institutining xazinasida saklanmokda.
«Rashaxotu ayn ul-xayot» («Xayot chashmasidan tomchilar», 1503 yili yozib tamomlangan) xoja Ubaydulla Axror xakida yozilgan muxim bir asardir. Asar muallifi ko`pincha as-Safiy (1453-1513 yy.) taxallusi bilan mashxur bo`lgan iloxiyot, xadis, tafsir va adabiyot fanlarini chukur bilgan olimdir. Uning to`la ismi Faxruddin Ali ibn Ali al-voiz al-Koshifiy al-Bayxakiydir. Asarlaridan ma`lum bo`lishicha, u Bayxak (Eron)ning o`kimishli xonadonlaridan biriga mansub bo`lib, otasi iloxiyot, tafsir va xadis ilmiga oid asarlar yozgan va Nakshbandiya tarikatining etakchilaridan xoja Ubaydulla Axror (1404-1490 yy.), xoja Yaxyo va boshkalarning dikkat e`tiborini kozongan kishidir. As-Safiyning o`zi xoja Ubaydulla Axrorning muridlari jumlasidan bo`lib, uning kotibi lavozimida ishlagan. Xoja Axror vafot etgandan keyin, temuriy Sulton Xusayn xizmatiga kirgan va uning voizi bo`lib xizmat kilgan.
As-Safiy turli soxalarga oid 10 ga yakin asar yozib koldirgan. Turli latifa va badi`alarni o`z ichiga olgan «Latoif az-zaroif» («Zarofatli kishilarning latifalari»), «Maxmud va Oyoz» dostoni, al-kimyoga bagishlangan «Tuxfat ul-xoniy» («Xonning tuxfasi»), «Xirz al-omon min fatan az-zamon» («Zamonning ziyrakligi bilan joduni kaytaradigan tumor»), «Axloki Muxsiniy», Nakshbandiya tarikatining ta`limoti va uning yirik namoyondalari xayoti va faoliyatiga bagishlangan «Usuli Nakshbandiya» kabi asarlar shular jumlasidandir. Bundan tashkari, as-Safiy tarjimonlik bilan shugullangan. Masalan, u shayx Shixobuddin Suxravardiyning (vaf.1234 y.) «Uyun al-xakoik va ixox al-taroik» («Xakikatlar bulogi va tarikatlar izoxi») kitobini arabchadan fors tiliga tarjima kilgan. Bu tarjima «Kitob kashf ul-asrori Kosimiy» («Kosimiy sirlarining kashf etilishi xakida kitob») nomi bilan ma`lum. As-Safiy Sharkda mashxur bo`lgan «Kalila va Dimna» asarini xam kayta ishlagan va unga «Anvori Suxayliy» («Suxayl yulduzining nurlari») deb nom bergan.
O`zbekistonning XV asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o`rganishda as-Safiyning ayniksa «Rashaxot» asari muxim o`rin tutadi. Asar Nakshbandiya tarikati mashoi`larining kiskacha tarjimai xoli xamda tarikatning yirik namoyondalaridan xoja Ubaydulla Axrorning xayoti va makomotlarini o`z ichiga oladi.
As-Safiy o`z asarini yozishda xoja Muxammad Porsoning «Fasl ul-xitob», Shixobuddin ibn Amir Xamza (vaf.1405 y.)ning «Makokoti Amir Kulol», Muxammad al-Buxoriyning (XII asr) «Maslak ul-orifin», Mavlono Muxammad kozining (vaf.1516 y.)ning «Silsilat ul-orifin va tazkirat as-siddikin» asarlaridan foydalangan. Lekin asarning katta kismi, ya`ni xoja Ubaydulla Axrorning xayoti va faoliyati xakidagi kismi, muallifning shaxsiy kuzatuvlari va so`rab-surishtirib to`plagan ma`lumotlari asosida yozilgan.
«Rashaxot» kiskacha so`z boshi-debocha, kirish-makola va uch kismdan iborat.
So`z boshida mazkur asarning yozilish sabablari, muallifning ismi sharifi, asarning yozilib tamomlangan vakti, shuningdek, xoja Ubaydulla Axrorning Nakshbandiya tarikatiga munosabati xakida so`z boradi.
Kirish kismida Nakshbandiya tarikati mashoyixlarining, xoja Yusuf Xamadoniydan to mavlono Shamsuddin Ruxiygacha kiskacha tarjimai xoli bayon kilingan.
Asarning I-III kismlarida xoja Ubaydulla Axror va uning farzandlari, xoja Zikriyo, xoja Yaxyo, shuningdek, zoja Axrorning yakin muridlarining xayoti va makomotlari xakida xikoya kilinadi.
«Rashaxot»ning biz uchun kimmatli tomoni shundaki, unda, ayniksa asarning uchinchi kismida, O`zbekistonning XV asrdagi ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy avoliga oid kimmatli ma`lumotlar mavjud. Xoja Ubaydulla Axrorning er-suvlari va boshka mulki, tamga soligi, xorijiy mamlakatlar bilan bo`lgan savdo-sotik alokalari va mamlakatda kuchayib ketgan o`zaro kurash va bunda musulmon ruxoniylari, xususan xoja Axrorning ishtiroki xakidagi ma`lumot va xabarlar shular jumlasidandir.
«Rashaxot» Xindistonda 1890, 1897 va 1906 yillari xamda Toshkentda 1911 yili chop etilgan. Asar arab, 1852, 1889 yillari xamda turk tiliga 1888 yili tarjima kilingan.
XVI-XVIII asrlarda yozilgan makomotlar xam bir talay. Ular xam biografik asarlar sirasiga kiradi. Ularning ko`plari XVI asrga oiddir. Maxdumi A`zam Kosoniyning nabirasi xoja Abulbakoning kaoamiga mansub bo`lgan «Jomi` ul-makomoti Maxdumi A`zam Kosoniy» («Maxdumi A`zam Kosoniy makomotlari majmu`i»). Muxammad Raxim tarafidan yozilgan «Siroj us-salokin va latoif ul-orifin» («To`gri yo`ldan boruvchilar uchun chirog va donolarning lutf so`zlari»). Do`stmuxammad al-Buxoriyning «Juybor ul-asror» («Ko`p irmokli manzilning siru asrorlari»). Xusayn ibn Mir Xusayn Saraxsiyning «Manokibi sa`diya» («Xoja)Sa`dning makomotlari»), Muxammad Tolib ibn xoja Tojiddinning «Matlab ut-tolibin» («Toliblar matlabi») kitobi, Badriddin Kashmiriyning «Ravzat ur-rizvon va xadikat ul-gilmon» («Jannat bogi va changalzor maxramlari»), XVII-XIX asrlarda yozilgan asarlardan Muxammad Kosimning «Nasimot ul-kuds» («Kudsiylikning mayin shabadasi»), Muxammad Avazning «Ziyo al-kulub» («Kalblar ziyosi»), xoja Xoshim Kishmiyning «Zubdat ul-makomot» («Makomotlar zubdasi»), Sayid Ali Zindaning «Samarot ul-mashoyix» («Mashoyixlar natijasi»), Muxammad Toxir ibn Muxammad Tayyib Xorazmiyning «Silsilati xojagoni Nakshbandiya» («Nakshbandiya xojalarining silsilasi») shular jumlasidandir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə