Тарихий манбашунослик


«Ravzat ur-rizvon va xadikat ul-gilmon»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə62/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Ravzat ur-rizvon va xadikat ul-gilmon» («Jannat bogi va changalzor maxramlari») asari Badriddin Kashmiriy kalamiga mansub bo`lib, unda XVI-XVII asrlarda O`zbekistonda va ko`shni mamlakatlar, Xuroson, Shimoliy Xindiston va Koshgarning ijtimoiy-siyosiy xayotida katta nufuzga ega bo`lgan Juybor xojalari, xususan xoja Muxammad Islom (1493-1563 yy.), xoja Sa`d (1531/32- 1589 yy.) va xoja Tojiddin Xasan (1574-1646 yy.)larning xayoti va faoliyati xakida xikoya kilinadi. Kitob XVII asrning birinchi yarmida yozib tamomlangan.
Asar muallifining to`la nomi Badruddin ibn Abdussalom ibn sayyid Ibroxim al-Xusayniy al-Kashmiriydir. Asar mukaddimasida o`zi keltirgan ma`lumotlarga karaganda, asli kashmirlik bo`lib, 1554 yili Buxoroyi sharifga ko`chib kelgan va xoja Muxammad Islomning shaxsiy kotibi sifatida xizmatiga kirgan. Uning vafotidan keyin o`gillari xoja Sa`d va xoja Tojiddin Xasanlarning xizmatida (uning faoliyatining boshida) bo`lgan.
Asar mazmuni, uslubi va unda turli mavzu bo`yicha to`plangan ma`oumotlardan ko`rinishicha, Badriddin Kashmiriy keng ma`lumotli, tarix, she`riyat, insho ilmlarini chukur egallagan kishi bo`lgan. U «Ravzat ar-rizvon»dan boshka «Sham`i dilafro`z» («Dilni ravshan kiluvchi chirog», 1568/69 yili yozilgan), “Me`roj ul-komilin” (“Komil kishilarning me`rojga ko`tarilishi”, 1573/74 yili yozib tamomlangan), “Ravzat ul-jamol” (“Go`zal bog”, 1575/76 y. yozib tamomlangan), “Baxr ul-avzon” (“Vaznlar o`lchovi”, 1583 y.) va “Rasulnoma” (1593 y.) kabi nazmiy va nasriy asarlar yozib koldirgan. So`nggi asarining to`rtinchi kismi “Zafarnoma” she`riy doston bo`lib, unda Shayboniy Abdullaxon soniyning tarixi bayon kilingan.
“Ravzat ur-rizvon” – katta 552 varakdan iborat asar bo`lib, mukaddima, xotima va etti bobdan tashkil topgan.
Mukaddimada xoja Muxammad Islomning avlod-ajdodi, xazrat eshonning xulk-atvori, xorik odatlari va olijanob fazilatlari xakida ma`lumotlar keltiriladi, Badriddin Kashmiriyning Buxoroga ko`chib kelish sabablari, mazkur asarning to`rt yil ichida yozib tamomlanganligi va buning evaziga xazrat eshondan 2.500 Abdullaxoniy kumush tanga va boshka in`omlar olgani xakida gap boradi.
Birinchi bobda Movarounnaxrning XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy xayoti, 1556 yili Buxoroning Abdullaxon soniy tarafidan ishgol etilishi, Abdullaxonning galabalari va bunda xoja Muxammad Islomning ishtiroki va o`rni xakida kimmatli, ko`p o`rinlarda tarixiy asarlarda uchratish kiyin bo`lgan ma`lumotlar mavjud.
Asarning ikkinchi bobi o`ta kimmatli. Unda Shayboniy sultonlar – Muxammad Amin sulton, Dinmuxammad sulton, Xisrav sulton, Abdukuddus sultonlarning xoja Muxammad Islom va xoja Sa`d nomiga yo`llagan arznomalari va Buxoro, Samarkand, Marv va Badaxshon shoirlari Mushfikiy, Maxramiy, Shuuriy, Vosifiy, Sabriy va boshkalarning xazrat eshon – xoja Muxammad Islom va xoja Sa`dlar sharafiga bitgan she`rlaridan namunalar keltirilgan. Bu erda keltirilgan arznomalar, shuningdek xon va sultonlarning farmonlari asosan uch masala; 1) Buxoro xonligining XVI asrdagi ichki axvoli, ya`ni markaziy xukumat bilan ulus, viloyat, o`lka xokimlari o`rtasidagi munosabat, 2)xonliklarning ijtimoiy-iktisodiy axvoli, 3) Buxoro xonligi bilan Eron, Shimoliy Xindiston va Koshgar o`rtasidagi munosabatlari masalasiga to`xtalingan. Arznomalar va she`rlar O`zbekistonning XVI asrdagi ijtimoiy-iktisodiy xayoti va madaniyatini o`rganishda katta axamiyatga ega.
Asarning uchinchi va to`rtinchi boblarida xoja Muxammad Islomning XVI asr 60-yillari boshidagi xayoti va faoliyati bilan boglik ma`lumotlar keltiriladi, shuningdek, Juybor xojalarining mamlakatning ijtimoiy-iktisodiy xayotidagi ishlari xakidagi ma`lumotlar o`rin olgan. Bu ma`lumotlarning ko`pchiligi xatto shu masalalarni maxsus o`rgangan tadkikotchilarga xam ma`lum bo`lmasa kerak.
“Ravzat ur-rizvon”ning beshinchi bobi xam yozishmalarga bagishlangan. Bu bobda Abdullaxonning xoja Muxammad Islom va xoja Sa`dga yo`llagan 100 dan ortik maktubining nusxalari, Shayboniy sultonlar, yirik olimlar va viloyat xokimlari, shuningdek, Xindiston, Eron va Koshgar xukmdorlarining Juybor xojalariga yo`llagan maktublarining nusxalari keltirilgan. Bular orasida xazrat xojalarga in`om etilgan mulklar, xazrat eshonning erlarini obod kilish yumushiga axolini majburiy safarbar kilish va dexkonlarni erga biriktirish xakidagi farmonlarning nusxalari keltirilgan.
Juyboriy xojalarga sher, kasidalar, masnaviylar, ta`rixlar bagishlagan shoirlar Mexriy Buxoriy, Raximiy Samarkandiy, Masixo, Foniy, Xofiz Xusayn, Mexriy, Xofiz Ibroxim va boshkalarga asarning oltinchi bobi bagishlangan. Tarixda Abdullaxon va Juyboriy shayxlar kurdirgan binolar xakida muxim dalil va ma`lumotlar keltirilgan.
Asarning so`nggi, ettinchi bobida Buxoro xonligining xoja Sa`d va Abdullaxon davridagi ijtimoiy-siyosiy axvoli xakida muxim, dikkat e`tiborga sazovor ma`lumotlar keltiriladi.
“Ravzat ur-rizvon”ning yaxshi va yagona ko`lyozmasi O`zR FA Sharkshunoslik insititutining xazinasida 2094 rakami ostida saklanmokda. Asar xali biron xorijiy tilgan tarjima kilinmagan. Uning to`grisida B.Axmedov va I.Saidaxmedov makolalari e`lon kilingan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə