Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə65/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Matlab ut-tolibin» («Xakikat izlovchilarning maksadi») Tojiddinning o`gli Abulabbos Muxammad Tolib tomonidan 1663/64 yili yozib tamomlangan. Unda mashxur Juyboriy xojalardan xoja Muxammad Islom, xoja Sa`d, xoja Tojiddin Xasan, xoja Abduraxim (1575-1629 yy.), Abdixoja (1577-1607 yy.) va Muxammad Yusufxoja (1595-1652 yy.)larning xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bayon etilgan.
«Matlab ut-tolibin» fakat biografik asar bo`lib kolmay, unda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iktisodiy axvoliga oid xamda Buxoro xonligi bilan Xindiston o`rtasida munosabatlarga tegishli o`ta muxim ma`lumotlar mavjud. Shuning uchun xam undan V.L.Vyatkin va P.P.Ivanov Juyboriy xojalarning kr-suvi va mol-mulkini tadkik etishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanishgan.
Muxammad Tolib xakida kuyidagilar ma`lum. Asarda uchragan ba`zi ma`lumotlarga karaganda, otasi 1608 yili vafot etganida u 39 yoshda bo`lgan. Shuni e`tiborga olinadigan bo`lsa, muallifning tugilgan yili 1569 yil bo`lib chikadi. U xoja Tojiddin Xasanning ikkinchi o`gli bo`lib, xamma vakt otasi bilan birga Buxoroda istikomat kilgan. 1623 yili ota-bola Balxga borganlar. Muxammad Tolibning xam xam xo`jaligi katta bo`lgan. Otasidan olgan ulushidan tashkari, 1632-1633 yillari bevarzand xolasining er-suvi va boshka mulki xam unga berilgan. Mulk otasi tirikligida 400 ming tangaga baxolangan.
«Matlab ut-tolibin» tarkibi an`anaga binoan mukaddima, xotima va sakkiz bobdan iborat.
Mukaddimada an`anaviy fotixa va xamdu sanolardan keyin, mazkur asarni yozishda muallif o`z oldiga ko`ygan vazifalar xakida so`z yuritiladi va asar mundarijasi keltiriladi.
Asarning eng kimmatli ma`lumotlar mavjud kismi uning IV-VIII boblaridir.
To`rtinchi bobda xoja Sa`dning karomatlari«Matlab ut-tolibin», mol-mulki va xizmatkorlari, XVI asrning 80-ymllarida mavjud siyosiy vaziyat xakida muxim ma`lumotlar keltiriladi. Aytishlaricha, xoja Sa`dning Buxoro, Miyonkol, Samarkand, Savron, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Xisor, Termiz, Kubodiyon, Balx, Badaxshon, Xirot, Marv, Murgob, Mexna, Mashxad, Chorjo`y va Andxud viloyatlarida katta mol-mulki, er-suvi, ko`p sonli mol-ko`ylari, do`konlari, xammomlari, sardobalari va kullari bo`lgan. Masalan, xazrat eshonning tilga olingan viloyatlarda 2000 juft gov ekin eri, 2500 bosh ko`yi, 1500 oti, 12 xammomi, 10ta sardobasi, ko`plab bozorlari, savdo do`konlari va ustaxonalari, 100 nafar kuli va boshka boyliklari bo`lgan. Uning xar bir viloyatda galla omborlari bo`lgan. Fakat Buxoroyi sharifning bir o`zida shunday omborlardan to`rttasi kurilgan bo`lib, ularning xar birida 100 mann galla saklangan. Xoja Sa`dning yillik daromadi 60.000 tangaga barobar bo`lgan. Xazrat xojaning mol-mulkini ko`p sonli va turli lavozimdagi sarkor, vakil, daftardor, soxibi xiroj, kerak yarok, bakovul, kozi, doruga, mirishkor kabi mansabdorlar boshkarib turganlar.
To`rtinchi bobda keltirilgan siyosiy vokealar ichida Abdullaxon soniyning Andijon va Xorazm ustiga XVI asr 80- yillarida kilgan xarbiy yurishlari, Abdullaxon bilan O`zbek sulton o`rtasidagi kelishmovchiliklar, Shayboniy ko`shinlarining Issikko`l viloyati ustiga kilgan xarbiy yurishi xakidagi ma`lumotlar o`ta muximdir.
Yana shu bobda bayon kilingan vokealar ichida Samarkand xokimi Shayboniyzoda Ibodulla Sulton, Abdullaxon soniyning inisining o`ldirilishi sabablari xakida aytilgan fikrlar zo`r axamiyatga egadir. «Abdullanoma» muallifining so`zlariga karaganda, Ibrluooa sultonning o`limiga uning shariat koidalarini buzganligi, ya`ni ramazonning birinchi kuni ro`za tutmay, ichkilik ichganligi sabab bo`lgan. Lekin, 1586 yili Buxoro va Samarkandda bo`lib o`tgan vokealarni chukurrok taxlil etadigan bo`lsak, bu fakat bir baxona, sababi esa tamoman boshkacha bo`lgan. Masalan, «Matlab ut-tolibin»da keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, XVI asrning 80-yillari boshida Shayboniy sultonlar, xususan Ibodulla sulton bilan Abdullaxon o`rtasida munosabatlar bir kadar buzilib kolgan. Bunga Abdullaxonning 1583 yili Andijon ustiga, Isfandiyor sultonga karshi ko`shin tortgani sabab bo`lgan. Asarda keltirilgan ma`lumotlarga karaganda, 1586 yilning 3 avgust kuni Toshkent xokimi Do`stim sulton, Andijon xokimi Isfandiyor sulton va Xisor xokimi O`zbekxon, va Samarkand xokimi Ibodulla sultonning elchilari Samarkandga to`planib kengash o`tkazganlar va gapni bir erga ko`yib Abdullaxon soniyga karshi xarbiy-siyosiy ittifok tuzganlar. Oradan ko`p vakt o`tmay, Ibodulla sulton Abdullaxonning yo`kligidan foydalanib, Samarkand tevaragidagi tumanlarni bosdi va talon-taroj kildi.
«Matlab ut-tolibin» muallifi yana kuyidagilarni yozadi; «(Ibodulla) sulton ramazon oyi boshlarida kattik ichib mast bo`lgani sababdan Mirzo Abduraxim kechasi maxfiy ravishda uning xonasiga kirdi va xanjar zarbi bilan uni o`ldirdi. O`sha kunlari xazrat eshon (xoja Sa`d) Xisori shodmonda edilar. Tun yarimlaganda din suyanchigi bo`lmish amir ul-umaro Kulbobo ko`kaltosh (xazrat eshonning xuzuriga) kirib keldi va Ibodulla sultonning o`ldirilganligini aytdi. Bundan sal avval xazrat eshon onasini tushida ko`rganligini va mulozimlariga «Yakin orada Ibodulla sulton bu dunyoni tark etsa kerak», deb aytgan. Asarda keltirilgan bu ma`lumotlarni dikkat bilan taxlil kilinganda Ibodulla sulton Abdullaxonning odamlari tomonidan o`ldirilganligi o`z-o`zidan ma`lum bo`ladi.
Yana shu bobda Abdullaxonning 1583 yili Andijon ustiga, Isfandiyor sultonga karshi, va sal keyinrok Xorazmga ko`shin tortgani xakida ma`lumotlar bor.
Asarning boshinchi bobi xoja Tojiddin Xasanning tugilgan kunidan to vafotigacha Movarounnaxrda kechgan vokealar xakida xikoya kilinadi. Bu erda keltirilgan ma`lumotlar orasida xokimiyatning Shayboniylardan Ashtarxoniylar sulolasi ko`liga o`tish vakti xakidagi ma`lumotlar kimmatlidir. Ma`lumki, ba`zi kitoblarda va xronologiyalarga oid asarlarda, masalan, S.Leynpul, e.Tsambaur kitoblarida, bu vokea xijriy 1006, melodiy 1598 yilda sodir bo`lgan deb kayd kilinadi. Lekin keyinrok atroflicha o`rganilgan «Baxr ul-asror», «Tarixi olamoroyi Abbosiy», «Silsilat us-salotin» asarlarida bu vokea xijriy 1009, melodiy 1601 yili sodir bo`lgani ochik aytilgan. «Matlab ut-tolibin»da shu fikr anik va ishonarli dalillar bilan e`tirof kilingan.
Yana shu bobda Abdullaxon soniy bilan uning o`gli va taxt vorisi Abdulmo``min sulton o`rtasida boshlangan ziddiyat xakidagi ma`lumotlar tariximizning yaxshi yoritilmagan masalalariga aniklik kiritishda muxim axamiyat kasb etadi. Bu jixatdan beshinchi bobda keltirilgan ma`lumotlar jikkatgan sazovordir.
Bulardan biri, Juyboriy xojalarning mol-mulki yil sayin ortib borishidir. Masalan, xoja Sa`dning vorisi xoja Tojiddin Xasanning mol-mulklari orasida yangilari, yangi kurilgan Xasanobod kishlogi, 50 nafar chorbog, 20 kator tuya va boshkalar xam bo`lgan. Shuni xam aytish kerakki, xoja Tojiddin fikx, xadis va tarixga oid kimmatli kitoblar yigishga xam e`tibor bergan. «Matlab ut-tolibin»da keltirilishicha, uning kutubxonasida 1000 jild kimmatli ko`lyozmalar saklangan. Ularning ayrimlari bezakli, tilla suvi berib yozilgan kitoblar bo`lgan.
Ikkinchisi Abdullaxon bilan uning o`gli va taxt vorisi, Balx xukmdori Abdulmo``min sulton o`rtasida XU1 asrning 80-yillaridan boshlab kuchayib ketgan ziddiyatlar va Abdullaxonning vafoti xususidadir. «Matlab ut-tolibin»da kuyidagilarni o`kiymiz; «Abdullaxon mamlakatni 44 yil idora kildi. Otasi Iskandarxon tirikligi chogida 28 yil uning nomidan, otasi vafot etgandan keyin 18 yil mustakil idora kildi. Saltanatning bir uchi Andijonda, bir uchi Xorazmda, uchinchi uchi Dashti kipchokda, to`rtinchisi Xuroson va Seistonda bo`lgan. Aytishlaricha, Abdumo``minxon Muxammad Bokibiy bilan til biriktirib, otasining ovkatiga zaxar ko`shdirib bergan va xon xijriy 1006 yili vafot etgan.
«Matlab ut-tolibin»ning oltinchi bobi Juyboriy xojalarning yana bir namoyondasi xoja Abduraximningxayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bagishlangan. B«Matlab ut-tolibin»u bobda yirik xo`jadiklarda kul mexnatidan foydalanish, er egaligining tanxox va suyurgol shakllari, kerak yarok lavozimi va uning vazifalari, Buxoro xonligi bilan Xindiston o`rtasidagi munosabatlar xakida kimmatli ma`lumotlar keltiriladi.
Kerak yarokchi xakida bu asarda, masalan, bunday deyiladi; «Mulla Mirmuxammad xoja (Abduraxim)ning xizmatkorlari jumlasidan edi. Uning zimmasiga kerak yarokchilik vazifasi yuklatilgandi. Uning zimmasiga xojaning xonadoni uchun kerak bo`lgan xarir matolar va boshka narsalarni topib keltirish majburiyati yuklatilgandi. Bir payt xisobchilar mulla Mirmuxammad kerak yarokchini taftish kilganlarida unga xojaning sarkorligidan berilgan nakd puldan tashkari, uning savdogarlar va boshka shaxarlardan 90 ming xoniy karz olganligi, lekin shu xakdagi tilxatlardan 1000 xoniy mablag tilxatlarda xoja (Abduraxim)ning muxri yo`kligi aniklandi. Shundan keyin xoja (Abduraxim) uni xuzuriga chakirib; «Nega aytilgan karz xakida o`z vaktida bizsha ma`lum kilmadingiz va tilxatlarni bizga ko`rsatmadingiz?», deb so`raganda, mulla Mirmuxammad (xojaga) bunday javob kilgan; «Biz sizning soxibi ximmatligingizga ishongan edik». Shundan keyin xoja mulla Xojibek devonbegi bilan mutavalliyni chakirtirib, mulla Mirmuxammadning barcha kogozlarini yo`k kilib yuborishni buyurgan.» Keltirilgan parchadan kerak yarokchining vazifalari va xukuklari, ortikcha izoxsiz xam ko`rinib turibti.
Asarning so`nggi, ettinchi bobi Abdixojaning xayoti, faoliyati va karomatlari bayoniga bagishlangan. Lekin tadkikotchi uchun o`ta zarur bo`lgan dalil va ma`lumotlar, masalan, Buxoro xonligining Abdullaxon soniy vafotidan, 1598 yildan keyingi ichki axvoli, Juyboriy xojalarning, masalan, Abdixojaning bundagi o`rni va vazifasi, Shayboniylar davlatining tuzilishi, xususan, devonbegi, miroxur, otalik, shigovul, yasovul, nakib, kozi, bakovul, kurchi boshi, dodxox, parvonachi, shayxulislom, ko`kaltosh, kadxudoyi daxa (daxaboshi), chirokchi, munshiy va boshka lavozimlar xakida, shuningdek, o`zbek xalkining etnik tarkibiga kirgan saroy, ko`ngirot, nayman, katagon, yuz, argin, kenagas va boshka kabilalar va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy xayotida tutgan o`rni xakida muxim ma`lumotlar keltirilgan.
Abdixojaning XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro xonligining mchkm axvoli va uning mamlakatning siyosiy xayotida tutgan o`rni va mavke`i xakida asarda kuyidagi ma`lumotlarni uchratamiz. So`nggi Shayboniy Pirmuxammad Soniy (1598-1601 yy.) davrida mamlakatning ichki axvoli bekarorlikka yuz tutdi. Shu payt Abdixoja Buxoroni tark etib Samarkandga bordi. Uning xokimi Ashtarxoniy Boki Muxammadning omadi yurishib, toj-taxtni egallaguday bo`lsa, ikkalari davlatni birgalashib boshkarishga axd kildilar. «Matlab ut-tolibin»da Boki Muxammadxonning mana bu so`zlari keltiriladi; «Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga muyassar bo`lsak, unda mamlakatni Siz, men va Vali Muxammad o`rtasida uchga taksimlaymiz...» Ertasi kuni ertalab, nonushta paytida Abdixoja Boki Muxammadxonga murojaat kildi; «Tabriklaymiz, ulug ajdodlarimiz Sizga poytaxt shaxar Buxoroni in`om kiladilar.» Boki Muxammadxon (ichiga sigmay) suyunib ketdi va singlisini Abzixojaga xotinlikka berdi. Abdixoja xammasi bo`lib Buxoroda bir yilga yakin istikomat kildi. Shundan keyin Abdixojaning nuvuzi ortti. Muxammad Tolib bu xakda mana bularni yozadi; «Xazrat xojaning ulugligi va kuch-kudrati shu darajaga borib etdiki, jinoyat sodir etgan kishi uning xuzuriga kochib borib, uning xizmatiga kirgudek bo`lsa, u jaxoga tortilmagan. Xojaning ta`siri barcha viloyatlarda shu kadar kuchli ediki, biron zot uning so`zini kaytarmas edi. Kayfiyati yo`k paytlarda Boki Muxammadxonni xam mensimas edi. Agar xon biror shaxsni ostonasidan kuvib yuborguday bo`lsa, xoja uni o`z ximoyasiga olar edi. Xoja tex-tez xonga o`zgalar oldida tanbex berar edi. Odamlar va xarbiylar fakat xojaga yordam so`rab murojaat kilar edilar. Xullasi kalom, yirik mansabdorlar, aslzodalar va sipoxiylar shurux-gurux bo`lib xazrat xojaning panoxiga kochib o`ta boshladilar. Ba`zi sipoxiylar xojaga; «Siz bizning pushti panoximizsiz. Biz Sizni podshox etib saflamokchimiz», deb murojaat kila boshladilar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə