Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə68/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Mir`ot ul-mamolik» («Mamlakatlar ko`zgusi») XVI asrda o`tgan turk admirali Seydi Ali Reis asaridir. Muallifning to`lik ismi Seydi Ali Xusayn o`gli, she`rlarini Kotibiy Rumiy taxallusi bilan yozgan.
Seydi Ali Reis keng ma`lumotli dengizchi bo`lib, sultonning Magrib dengizi, O`rta er dengizi da olib borgan barcha urushlarida, Xayruddin posho va Sinon posho raxbarligida ishtirok etgan. Ota-bobolari Galatiyadagi dorussaloxiyi omira, kurol-yarog omboriga boshchilik kilganlar.
Uning xavf-xatarlar bilan to`la sarguzashtlari 1554 yilning fevral oyida Suriyaning Basra shaxridan boshlanadi. Turli sarguzashtlarni boshdan kechirib, dengizchi o`z xamroxlari bilan Xindiston, Badaxshon, Movarounnaxr, Xorazm, Dashti kipchok, Xuroson va Iroki Ajam (Garbiy Eron)da bo`lgan. U o`z yurtiga 1556 yilda kaytib borguncha o`sha mamlakatlarda ko`rgan-bilganlarini bir kitobga jamlab uni «Mir`ot ul-mamolik» deb atadi.
Asarda muallifning ko`rgan-kechirganlari, o`zi bo`lgan mamlakatlarning XVI asr o`rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy axvoli va xalki xakida kimmatli ma`lumotlar uchratamiz.
Masalan, Seydi Ali Reis o`sha paytlarda Movarounnaxrni egallab turgan Navro`z Axmad Barokxon va Shayboniylar bilan Turkiya o`rtasidagi munosabatlar xakida mana bu ma`lumotlarni keltiradi; «Samarkandi bexishti monandga doxil bo`ldik. Bu erda Navro`z Axmadxon, ya`ni Barokxon bilan ko`rishib, unga keltirgan fakirona tortigimizni takdim etdik. Xon bu fakirga bitta ot, bosh-oyok sarupo marxamat kildi. Bundan avval saodatli podsho (Sulton Muxammad Fotix) shayx Abdullatif va Dodosh elchi orkali Barokxonga bir mikdor miltik otuvchilar va bir kancha kal`a to`plari yuborgan edi. Elchilar kelgan paytda Samarkand podshosi Abdullatifxon vafot etib, Barokxon Samarkandda xonlik taxtiga o`tirgan, Balxda Pirmuxammadxon, Buxoroda esa sayyid Burxon sulton o`z nomlariga xutba o`kitganlar. Barokxon shu ikki xonga karshi biror chora ko`rishga kodir bo`lmasa-da, keyinrok ularning o`zaro nizolaridan foydalangan. Avval Samarkandni olgach, keyin Shaxrisabzga borib u erda xam ko`p urishgan. Bu urushda rumlik(turk)larning bir kancha boshliklari o`lgan. Nixoyat, Shaxrisabz uning ko`liga o`tgan. Yana u erdan Buxoroga borib shaxarni bir necha vakt kamal kilgan. Buxoro xoni sayyid Burxon Barokxonsha bardosh berolmay, Korako`lni Balx xoni Pirmuxammadga bergan. Pirmuxammadxon o`z inilari yuborib, Korako`lni ko`lga kirgizgan. Oxiri sayyid Burxon dosh berolmay, Barokxondan omonlik tilab, o`rtada sulx tuzilgan. Barokxon Buxoroni yana sayyid Burxonga topshirib, o`zi Korako`l ustiga yurgan. Pirmuxammadxonning inilari Barokxondan omonlik tilab, Korako`lni unga topshirganlar. Barokxon uni xam sayyid Burxonga kaytarib, o`zi Samarkandga kaytgan... Barokxonning yonida atigi 150 ga yakin rumlik nayzaboz kolgan. Kolganlari uning o`gillari yonida kolgan». («Mir`ot ul-mamolik», 101-102- betlar).
Seydi Ali Reisning Kazvinda Eron podshosi shox Taxmosib (1524-1576 yy.) bilan uchrashuvi xakida keltirgan ma`lumotlar o`sha yillari Turkiya Shayboniylar davlati va Eron o`rtasidagi munosabatlarini tushunishda juda muximdir. Asarda xususan mana bularni o`kiymiz; «Shox (Shox Taxmosib) ning elchisi Sobit oga Tabriz yo`li orkali podshox xazratlari (Sulton Sulaymon soniy konuniy, 1520-1566 yy.) xuzuriga bizdan oldin jo`nab ketgan edi, shox (shu sababdan) bir necha oygacha bizga ketishga ruxsat bermay, bir necha marta chakirib, ko`p suxbatlashdi. Bir kun suxbat vaktida «Rum diyori Barokxonga yordam bkrish uchun 300 ta yanichar yuborilgan ekan»,- dedi. Men ular Barokxonga yordam berish uchun emas, balki shayx Abdullatif xazratlarini ko`riklab Rumga olib ketish uchun yuborilgan edi, chunki Ashtarxon (Astraxan) yo`lida xoja Axmad Yassaviyning avlodlari Bobo shayxni cherkas shaxid kilgani sababli, bu yo`llar yolgiz yurishga xatarli xisoblanib kolgan edi. Agar yordam uchun yuborilganda, fakat 300 tagina emas, balki bir necha ming askar yuborilar edi»,-deb javob berdim.» («Mir`ot ul-mamolik», 122-bet).
«Mir`ot ul-mamolik»da admiral va uning sheriklari bosib o`tgan mamlakat va shaxarlar , ularning osori atikalari xakida xam kimmatli maxlumotlar keltirilgan.
«Mir`ot ul-mamolik» matnini Axmad Javdod toshbosma usuli bilan 1895 yili Istanbulda chrp etgan. Uni G.Vamberi ingliz tiliga tarjima kilib 1899 yili Londonda chop etgan. Asar Sh.Zunnunov tomonidan o`zbek tiliga tarjima kilinib, 1963 yili Toshkentda nashr etilgan.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə