Тарихий манбашунослик



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə67/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Badoyi` ul-vakoyi`» («Nodir vokealar») nomli asar muallifi XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida o`tgan tanikli adib va olim Zayniddin Vosifiy yoki Zayniddin Maxmud ibn Abduljamildir. U 1485 yili Xirotda tugilgan. Otasi o`ziga tinch va ma`lumotli kishi bo`lib, Sulton Xusayn mirzo saroyida kichik lavozimlardan birida munshiy yoki vokeanavis bo`lgan.
Zayniddin Vosifiy yaxshi o`kida, iloxiyot, tarix, adabiyot va boshka ilmlarni puxta egalladi. 16 yoshida karindoshi va Xirotning tarikli zotlaridan biri bo`lgan amir Soxibdoroning yordami orkasida Aliger Navoiyning dikkat-e`tiborini kozonishga muyassar bo`ldi. U 1500-1502 yillari xirotlik nufuzli amir Shoxvali ko`kaltoshning xonadonida muallimlik kildi, 1502-1507 yillari Sulton Xusayn mirzoning o`gillaridan Faridun Xusaynning kutubxonasida kitobdor mansabida ishladi. 1507-1511 yillari Vosifiy Shoxrux mirzo madrasasida Xurosonda ko`zga ko`ringan iloxiyot olimi Imodiddin Ibroximdan ta`lim oldi.
Zayniddin Vosifiy 1511 yili Xurosonda Safaviylar xukmronligi o`rnatilishi va sunniy mazxabidagi musulmonlarni ta`kib etish kuchayganligi tufayli 1512 yilning 17 aprelida bir gurux ruxoniylar sayyid Shamsiddin Kurti, amir Xusayn va boshkalar bilan birga Movarounnaxrga keldi va umrining oxirigacha shu mamlakatda istikomat kildi. U Movarounnaxr va Turkistonning ko`pgina shaxarlari Samarkand, Buxoro, Yassi, Sabron, Shoxruxiya, Toshkent va boshkalarida istikomat kildi va mudarris, imom, tarbiyachi, masalan, Suyunchxojaning kenja o`gli Navruz Axmadxonning tarbiyachisi bo`lib xizmat kildi, Shoxruxiyada bo`lgan yillari esa Keldi Muxammadxon xukumatida kozi askar lavozimida turdi. Vosifiy 1551 yili Toshkentda vafot etdi va mukaddas manzilgoxlardan shayx Xovand Taxur mozoriga dafn kilindi.
Zayniddin Vosifiy o`zining «Badoyi` ul-vakoyi`» nomli tarixiy-memuar asari bilan shuxrat kozondi. Asarda 1512-1532 yillar orasida muallifning Xuroson va Movarounnaxrda ko`rgan-kechirganlari, o`sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat zo`r maxorat va yuksak san`at bilan bayon etiladi. «Badoyi` ul-vakoyi`»da Movarounnaxrning XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy xayotiga oid kimmatli ma`lumotlar ko`p. Asar 1538-1539 yillari yozib tamomlangan.
«Badoyi` ul-vakoyi`» asosan ikki kismdan iborat. Uning birinchi kismi II bob bo`lib, unda Vosifiyning Xirotdan 1521 yili kochib kelishidan to uning Shoxruxichga, Keldi Muxammadxon saroyiga 1518 yili kelguniga kadar Xuroson va Turkistonda bo`lib o`tgan vokealarni o`z ichiga oladi.
Ikkinchi kismda Vosifiyning mazkur xon saroyida tez-tez bo`lib turadigan adabiy yiginlar xakidagi esdaliklar joy olgan.
«Badoyi` ul-vakoyi`»ning ko`lyozma nusxalari keng tarkalgan. Birgina O`zR FA Sharkshunoslik instituti kutubxlnasida ushbu asarning o`ndan ortik nusxasi saklanmokda. Asarning tankidiy matni Sankt-Peterbkrglik olim A.N.Boldirev tomonidan 1961 yili ikki jild kilib chop etilgan. U Xorazmda 1826 va 1907 yillarda Dilovarxoja va Muxammad Amin to`ra tomonidan o`zbek tiliga tarjima kilingan. Ayrim parchalar rus tilida A.N.Boldirev va V.P.Yudin tarafidan e`lon kilingan. «Badoyi` ul-vakoyi`»ning ayrim kismlari N.Norkulov tomonidan tarjima kilinib, 1979 yili nashr etilgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə