Тарихий манбашунослик


«Nasimat ul-kuds min xadoyik al-uns»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə64/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

«Nasimat ul-kuds min xadoyik al-uns» («Avliyolik shabadasining yakinlik bogidan esishi» nomli asar Nakshbandiya tarikatining Xindistondagi goyaviy raxbarlardan bo`lgan Muxammad Xoshim Sirxindiy tarafidan 1622 yili yozilgan bo`lib, u Xusayn Voiz al-Koshifiyning «Rashaxot ayn ul-xayot» asarining davomi xisoblanadi. Kitob Movarounnaxr, Xuroson, Xindiston va Sharkiy Turkistonda XVI-XVII asrlarda faoliyat ko`rsatgan Nakshbandiya tarikati namoyondalari xayoti va faoliyatiga bagishlangan va 754 varakdan iborat. Muallif o`z asarini Nakshbandiya tarikatining Xindistondagi yirik namoyondalaridan biri Muxammad Bakr Sirxindiy (1563/64-1603/04 yy.)ning topshirigi bilan yozgan.
Asarda ayniksa biografik ma`lumotlar ko`p. Shulardan uchtasini keltiramiz. XVI asrda Koshgarning ijtimoiy-siyosiy xayotida birinchilik uchun kurashgan xoja Ubaydulla Axrorning avlodi xoja Xovand Maxmud bilan Maxdumi A`zam Kosoniyning o`gli xoja Isxok o`rtasidagi kurash, Koshgarda islom dinining targibotchilaridan biri bo`lmish xoja Tojiddin, xoja Muxammad Porsoning avlodi xakidagi ma`lumot dikkatga sazovor.
Xoja Xovand Maxmud Shoxibekxon (Shayboniyxon) o`ldirilganidan keyin Koshgarga ketib koldi. Sulton Sa`idxon uni xursandchilik bilan kutib oldi, iltifotlar ko`rsatdi va unga Koshgarda muridlar orttirishiga ko`maklashdi. Xoja Yusuf 1532 yilning 12 sentyabrida olamdan o`tdi.
«Tarixi Rashidiy» kitobining muallifi Mirza Muxammad Xaydar (1500-1551 yy.) yana bir kizik ma`lumotni keltiradi; «Xoja Xovand Maxmud (xakikiy ismi Shaxobiddin Maxmud, xoja Ubaydulla Axror nabirasi) muridlar orttirish uchun Koshgarga kelganda uning bilan xoja Yusuf oralarida rakobat boshlandi. Shunday bo`ldiki, bir kuni xoja Xovanl maxmudning oldiga borspm xuzurlarida xoja Muxammad Isxok o`ltirgan ekanlar. Ular nimalarnidir so`zlashib o`tirgan ekanlar. Xoja Xovand Maxmudning jaxli chikib dedi; «Xoja Isxok! Nima sabadan sen menga bunaka shaplarni aytib o`tiribsan? Agar sen otangning muroji bo`lsang, men xazrati oliylari (xoja Ubaydulla Axrorning muridiman. Bundan tashkari, sen yosh jixatdan menga o`gil o`rnidasan. Xoja Isxok javob kildi; «Men xam ul janobning marxamatiga tayanaman». Tortishuv tugugach, o`sha kuniyok xoja Xovand Maxmud Badaxshonga ketib koldilar. Oradan ikki-uch kun o`tgach, kimdur menga xoja Isxokning to`saddan o`sallab, vafot etganini xabar kildi.
Maxdumi A`zam Kosoniyning o`gli xoja Isxok xakida shunday ma`lumot bayon etilgan. Oliyjanob xoja (Samarkanddan) Koshgar va Xo`tanga jo`nab ketdilar. Koshgar va Xo`tan xalki ul janobning sa`y-xarakatlari chin dinni (islomni) kabul kildi. Koshgar xokimi Muxammadxon xojaning xakikiy va sofdil muridi bo`lib koldi. Xullas, mazkur xoja tufayli Nakshbandiya – Xojagon tarikati o`sha o`lkada yoyildi. So`ng o`rniga muridi Devoni Ashtarni ko`yib, o`z yurtiga kaytda va 1599-1600 yili vafot etdi. Dexbed yonidagi Safed kishlogidagi kabristonga dafn etildi. Otasidan keyin u shu kishlokda istikomat kilib turgan edi.
Xoja Muxammad Porsoning ulug ajdodi xoja Tojiddin xakida kuyidagicha ma`lumot bor. Xoja Tojuddin xoja Xofiziddin Buxoriyning ajdodi, xoja Rashididdinning o`glidir. Xoja Rashididdinning otasi xoja Shujo` Chingizxon xuruji vaktida Mo`gulistonga ketib kolgan va xoja Rashididdin o`sha erda tugilgan. Uning sa`y-xarakatlari bilan mo`gullar islom biniga kirganlar. Xoja Tojiddin xoja Ubaydulla davrida Movarounnaxrga kelgan va mavlono Irokiy Tusiydan ta`lim olgan. Mavlono Irokiy Tusiy janob xoja Axrorning do`stlaridan bo`lgani tufayli, xoja Tojiddin xazrat eshonning (xoja Ubaydulla Axror) kabul va suxbati sharafiga muyassar bo`lgan. U ko`p vakt uning ostonasini o`pish sharafiga va xayr-exsoniga muyassar bo`lgan. Shundan keyin Koshgar shaxarlaridan Turfon xokimi uning kelishini yaxshilikka yo`yib, o`zi va bolalariga izzat-xurmat ko`rsatgan. Ulardan ba`zilari xozirgi kungacha o`sha mamlakatning exsonlariga musharrafdurlar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə